Universitet xronologiyasi

Universitet xronologiyasi

2008 yil ohirlarida “Uzavtosanoat” aktsiyadorlik kompaniyasi, “General Motors” korparatsiyasi va Evropaning yirik texnik universitetlaridan biri bo‘lgan Turin politexnika universiteti (Italiya) o‘rtasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Universitetning rasmiy tashkil etilgan kuni 2009 yil 27 aprelьda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilingan kuni hisoblanadi.

Universitetning strategik rivojlantirish rejasiga asosan universitet nafaqat avtomobilsozlik, balki qurilish va arxitektura, energetika va axborot texnologiyalari sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasasiga aylanishi nazarda tutilgan. Bu borada har yili bakalavriyatning 4 ta “Mashinasozlik texnoligiyasi”, “Aviakosmik injiniring”, ”Sanoat qurilish va arxitektura” hamda “Axborot texnologiyalari va sanoatda ABT” yo‘nalishlariga shuningdek magistraturaning “Mashinasozlik texnologiyasi” va “Mexatronika” mutaxassisliklariga qabul amalga oshiriladi.

2009 yil

2009 yilning aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» gi karori qabul qilindi.
Universitetning strategik rivojlantirish rejasiga asosan universitet nafaqat avtomobilsozlik, balki qurilish va arxitektura, energetika va axborot texnologiyalari sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasasiga aylanishi nazarda tutilgan. Bu borada har yili bakalavriyatning 4 ta “Mashinasozlik texnoligiyasi”, “Aviakosmik injiniring”, ”Sanoat qurilish va arxitektura” hamda “Axborot texnologiyalari va sanoatda ABT” yo‘nalishlariga shuningdek magistraturaning “Mashinasozlik texnologiyasi” va “Mexatronika” mutaxassisliklariga qabul amalga oshiriladi.

2009 yil iyul oyida – universitetga ilk bor 200 nafar talaba qabul qilindi.

2010 yil mart oyi – 3 nafar universitet xodimi Turin politexnika universitetiga PhD yo‘nalishi bo‘yicha taxsil olishga jo‘natildi (bugungi kunga kelib PhD yo‘nalishi bo‘yicha 15 nafar universitet xodimlari taxsil olib kelishdi)

2010 yil

2010 yil may oyi – Universitet xuzurida aniq fanlarga ixtisoslashgan akademik litsey tashkil etildi.

2010 yil iyun oyi – Hexagon metrology S.P.A. kompaniyasi (Italiya) bilan amaliy metrologiya soxasida bitim imzolandi.

2010 yil avgust oyi – O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimovning tashrifi, universitetning zamonaviy ma’muriy, o‘quv binolarining rasmiy ochilish va foydalanishga topshirilishi.

2010 yil noyabr oyi – universitet talabalari ishtirokida ilk bor «Fan xaftasi» konferentsiyasi o‘tkazildi.

2010 yil dekabr oyi – Germaniyaning GTZ Regional Program loyixasi bilan ta’lim, ilmiy izlanishlar va tajriba almashish yo‘nalishlari faoliyatni yuritish bo‘yicha aloqalar o‘rnatildi.

2011 yil

2011 yil faevral oyi – Koreya politexnika universiteti bilan avtomobilьsozlik va biznesni rivojlantirish soxalarida aloqalarni rivojlantirish borasida ikkit tomonlama bitim imzolandi.

2011 yil sentyabr oyi – 450 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan akademik litsiey binosi qurib foydalanishga topshirildi.

2011 yil sentyabr oyi – 2010/2011 o‘quv yilida 6 nafar universitet o‘qituvchilari Turin politexnika universitetining PhD yo‘nalishida taxsil olish uchun jo‘natildi.

2011 yil sentyabr oyi – “Ideal PLM CIS” Company Limited kompaniyasi bilan aloqa o‘rnatilib, Siemens PLM texnologiyasini avtomobilsozlik korxonalariga joriy etish yo‘lga qo‘yildi.

2011 yil oktyabr oyi – universitetning 9 nafar injener xodimi Italiyaning Hexagon va Germaniyaning Festo didactic kompaniyalari o‘quv markazlariga o‘qishga yuborilib, shulardan 4 nafari 3D-modellashtirish, Unigraphics (NX) & Cimatron dasturlari bo‘yicha o‘qitish huquqini beruvchi sertifikatlarga ega bo‘lishdi.
2 nafar universitet hodimi “Axborot texnologiyalar” yo‘nalishi bo‘yicha dars berishni Janubiy Koreya ta’lim muassasalarida o‘rganib qatishdi.

2011 yil oktyabr oyi – universitetda Italiyaning «Hexagon Metrology» S.P.A. kompaniyasi hamkorligida Metrologiya markazi tashkil etildi.

2011 yil oktyabr oyi – “TERSID (TEMPUS) – sanoat rivojlantirishda resurstejamkorlik” ta’lim loyixasi boshlandi.

2011 yil noyabr oyi – “Djeneral Motors Pauertreyn” AJ va germaniyaning «Festo» kompaniyasi xamkorligida “Mexatronika” markazi ochildi.

2011 yil dekabr oyi – «CAD / CAM / CAE» markazi tashkil etildi

2012 yil

2012 yil avgust oyi – Seul milliy universiteti bilan xamkorlik bitimi imzolandi.

2012 yil oktyabr oyi – Germaniyaning “GURING oHG” kompaniyasi bilan xamkorlik bitimi imzolandi. Keyinchalik ushbu kompaniya va “O‘zavtosanoat” kompaniyasi hamkorligida zamonaviy ishlab chiqarish korxonasi tashkil etildi.

2013 yil

2013 yil may oyi – o‘zi xarakatlanadigan va so‘zlarni talaffus qilish imkoniyatiga ega “Robotjon – 3” uchinchi pokolenie roboti ishlab chiqildi.

2013 yil iyul oyi – seysmologiya soxasida Germaniyaning “Bauhaus-Universität Weimar” universiteti bilan xamorlik bitimi imzolandi.

2013 yil oktyabr oyi – universitetda «GURING» o‘quv markazi faoliyat boshladi

2013 yil oktyabr oyi – germaniyaning «CLAAS» kompaniyasi bilan xamkorlik bitimi imzolandi.

2013 yil oktyabr oyi – universitetda «CLAAS» kompaniyasi hamda “Uz CLAAS Agro” korxonasi xamkorligida o‘quv markazi tashkil etildi.

2013 yil oktyabr oyi – universitetda Siemens PLM Soft ware (OOO «Ideal PLM SiAyEs») kompaniyasi xamkorligida «SIMENS» o‘quv markazi tashkil etildi.

2013 yil dekabr oyi – mexatronika yo‘nalishi bo‘yicha magistratura va doktora uchun dastur va o‘quv kurslarini ishlab chiqish bo‘yicha TEMPUS yangi loyixasi ish boshladi.

2014 yil

2014 yil mart oyi – MAN Truck & Bus AG, SP OOO «JV MAN Auto-UZBEKISTAN” kompaniyalari hamkorligida MAN o‘quv markazi tashkil etildi.

2014 yil mart oyi – Janubiy Koreya Respublikasining Xanьyang universi bilan hamkorlik bitimi imzolandi.

2014 yil mart oyi – univrsitetning 15 nafar ilk bitiruvchilari Turin politexnika universitetiga magistratura yo‘nalishida taxsil olish uchun yuborildi.

2014 yil iyun oyi – Yaponiyaning Gifu National College of Technology” universiteti bilan ta’lim va ilmiy izlanishlar borasida hamkorlikni amalga oshirishga qartilgan hamkorlik bitimi imzolandi.

2014 yil sentyabr oyi – universitet talaba va muxandislari tomonidan modernizatsiya qilingan PTM (paxta terish mashinasi) apparati paxta dalalarida sinovdan muvaffaqqiyatli o‘tdi.

2014 yil dekabr oyi – universitet talabasi Shuxrat medaliga sozovor bo‘ldi.

2015 yil

2015 yil fevral oyi – Frantsiya respublikasining Eks Marselь (MADIREL) universiteti bilan xamkorlik shartnomasi imzolandi.

2015 yil sentyabr oyi – magistratura yo‘nalishining “Mexatronika” mutaxassisligiga ilk qabul amalga oshirildi.

2015 yil sentyabr oyi – Erasmus plyus loyixasi doirasida xisoblash markazlari tashkil etish va magistraturaning matematik injiniring mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv dasturlarini yaratish bo‘yicha ESSUM loyixasi boshlandi

2015 yil dekabr oyi – universitet talabasi “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

2015 yil dekabr oyi – universitet O‘zbekistonda texnika oliygoxlari o‘rtasida birinchilar qatorida ta’lim soxasida ISO 9001:2008 xalqaro sertifikatiga ega bo‘ldi.

2016 yil

2016 yil fevral oyi – Germaniyaning Braunshvayg texnika universiteti bilan hamkorlik bitimi imzolandi.

2016 yil avgust oyi – universitetning 10 nafar xodimi “O‘zbekiston mustaqilligiga 25 yil” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

2016 yil oktyabr oyi – Erazmus plyus RENES loyixasi doirasida yangi magistraturaning “Qayta tiklanuvchi energiya manbaalari va atrof muxit” dasturi ustida ish boshlandi.

2016 yil noyabr oyi – universitet magistraturasining ilk bitiruvchisi grant asosida Turin politexnika universitetining (PhD) doktoranturasiga o‘qishga kirdi.

2016 yil noyabr oyi – universitet va Axmet Baytursinov nomidagi Kostanay davlat universiteti (Qozog‘iston) o‘rtasida avtomobilьsozlik sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik bitimi imzolandi.

2016 yil dekabr oyi – universitetda tayanch doktarantura maktabi (katta ilmiy xodimlar instituti) o‘z faoliyatini boshladi.

2017 yil

2017 yil mart oyi – universitetning 8 nafar bitiruvchilari Turin politexnika universiteti (Italiya) magistraturasini muvaffaqiyatli tamomlab, universitet tayanch doktoranturasiga qabul qilindi.

2017 yil may oyi – universitetning 8 nafar talabasi Evropaning etakchi oliy ta’lim muassasalarida magistraturada o‘qish uchun Islom Karimov jamg‘armasi grantini qo‘lga kiritishdi.(Jami 12 ta grant ajratilgan).

2017 yil may oyi – universitetda matematika fani bo‘yicha respublika konferentsiya bo‘lib utdi.

2017 yil iyun-sentyabr oylari – universitetning bir gurux talabalari O‘zbekiston rasmiy delegatsiyasi qatorida Astana shahrida (Kozog‘iston Respublikasi) bo‘lib o‘tgan “EKSPO-2017” halqaro ko‘rgazmasida o‘z ishlanmalari bilan qatnashishdi.

2017 yil iyul oyi – universitet “Moskovskiy tsentr strukturnыx preobrazovaniy v promыshlennosti” nodavlat tashkiloti (Moskva, Rossiya Federatsiyasi) bilan hamkorlik bitimini imzoladi.

2017 yil iyul oyi – universitet bitiruvchisi O‘zbekiston respublikasi fan-texnika agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

2017 yil sentyabr oyi – universtitet xodimi “ Mehnat shuhrat “ ordeniga sazovor bo‘ldi.

2017 yil oktyabr oyi – universitet va Qirg‘iziston respublikasi I.Razzoqov nomli Qirg‘iziston davlat texnika universtiteti bilan akademik va ilmiy sohada hamkorlik kelishuvi imzolandi.

2017 yil oktyabr oyida – universitet va Qirg‘iziston respublikasi M.M.Adishov nomli Osh texnika universtiteti bilan akademik va ilmiy sohada hamkorlik kelishuvi imzolandi.

2017 yil oktyabr oyi – Karamay shahridagi (Xitoy) Pekin neftь universiteti bilan o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi.

2017 yil oktyabr oyi – bir guruh universitet talabalari Sochi shahrida (Rossiya federatsiyasi) bo‘lib o‘tgan halqaro yoshlar festivalida O‘zbekiston nomidan ishtirok etishdi

2017 yil noyabr oyi – avtomobillardan chiqayotgan zaharli tutunlar natijasida atrof muhit ifloslanishini oldini olish va nazorat qilish hamda zamonaviy evropa standartlari emissiyasi va yonilg‘i iste’mol qilish bo‘yicha o‘zaro tadqiqotlar olib borish haqida «AVL List GmbH» ilmiy tadqiqot kompaniyasi bilan o‘zaro angashuv Memorandum imzolandi.

2018 yil

2018 yil fevral – bakalavriatning «Mashinasozlik texnologiyasi» yo‘nalishi negizida yangi «Aviokosmik injiniring» yo‘nalishi ochildi. Ushbu yo‘nalishda «O‘zbekiston havo yo‘llari“ milliy aviakompaniyasi uchun muhandislar tayyorlash amalga oshiriladi.