Rektor tabrigi

Rektor tabrigi

Hurmatli hamkasblar, qadrli do‘stlar!

Yosh avlod Vatan tayanchi, kelajak vorislari hisoblanadi. Ana shu bois yurtimizda Mustaqillikning ilk yillaridanoq har tomonlama yetuk avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Farzandlarimizning puxta bilim olishlari, el-yurt koriga yaraydigan kasb-hunarlarni egallashlari, turli jabhalarda o‘z ijodiy va intellektual salohiyatlarini namoyon etib, buyuk ajdodlarimizning munosib izdoshlariga aylanishlari uchun qanday shart-sharoitlar zarur bo‘lsa, barchasi bekamu-ko‘st muhayyo etildi. Ayniqsa, ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, yangi-yangi ilm muassasalarini ochish, ularning o‘quv va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida asrlarga tatigulik ishlar amalga oshirildi.

2009 yil Italiyaning Turin politexnika universiteti bilan o‘zaro hamkorlikda tashkil topgan universitetimiz, yosh bo‘lishiga qaramasdan, mamlakatimiz oliy ta’lim tizimiga munosib hissa qo‘shish bilan birgalikda, O‘zbekiston yoshlari orasida katta qiziqish uyg‘otish bilan chegaralanib qolmay, qo‘shni mamlakatlarga ham dovrug‘i etib bordi.

Ushbu tarixiy muvaffaqiyat qozonishimizda Turin politexnika universiteti proffessor-o‘qituvchilariga, farzandi ilm o‘rganib, el-yurt faxriga aylanishini istagan va undagan fidoyi ota-onalarga va yillar davomida berilgan ishonchni oqlamoqni o‘ziga shior qilib, mashaqqatlarga bardosh berib, tun-u, kun bilim olishga intilgan talabalarga o‘zimning cheksiz minnatdorchiligimni bildiraman.

Universitetimizning asosiy kuchi bo‘lmish professor-o‘qituvchilarimiz yuksak harakati, peshona teri natijasida etuk darajaga erishib, Vatanparvarlik ruhida ulg‘ayib, xar tomonlama mukammal, yurtimiz porloq kelajagini yuksaltirishga shaylangan yoshlarimizni ko‘rib ko‘zimiz quvnaydi.

Ular orasidan 4 yil davomida to‘plagan bilimlarini amalda qo‘llagan holda, ona Vatanimiz sha’nini ko‘klarga ko‘tarib, xalq manfaati yo‘lida, odamzod manfaati yo‘lida, insoniyat va tabiat uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan yangiliklarni tadbiq eta oladigan olim-u, kashfiyotchilar etishib chiqishiga astoyidil ishonaman.

Xar qanday uzoq sayoxat birinchi qadamdan boshlanadi! Shunday ekan, Sizlarga katta hayot uzra sayoxatda katta yutuqlarga erishishingizda zafarlar tilayman!

Umid qilamanki, O‘zbekistonimiz yorqin kelajagini barpo etishda bir tan-u, bir jon bo‘lib birgalikda olg‘a ildam qadam tashlaymiz va bundanda buyuk marralarni zabt etamiz!

Sharipov Kongratbay Avezimbetovich
TTPU Rektori