1

Universitet ma’muriyati va talabalar “oltin” talabalik davri tarafdori!

Joriy yilning 21-iyul kuni Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rahbariyati va talabalar uyushmasi faollari o’rtasida Zoom platformasi orqali onlayn suhbat bo’lib o’tdi.

Ushbu konferentsiyada rektor vazifasini bajaruvchi Inoyatxo’jaev J.Sh., yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor Ashurov A.A., Yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i Allamova G.A., Matbuot kotibi Ibrohimzoda N.B va universitet talabalari nomidan qatnashgan talabalar uyushmasi faollari so’zga chiqdilar.

Suhbat davomida talabalarning o’qish jarayoni haqida, ijod va san’at xonasini johozlash, shuningdek yozgi ta’til paytida iqtidorlar tanlovlarini o’tkazish va talabalarni o’qish davrida akademik va akademik bo’lmagan yutuqlari bo’yicha rag’batlantirish tizimini ishlab chiqish bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi.

Ko’rib chiqilgan barcha masalalar yaqin orada amalga oshirilishi kutilmoqda. Universitet ma’muriyati va talabalarning birgalikdagi faoliyati universitetda unutilmas “oltin” talabalik davrini tashkil qilish uchun katta qadam bo’ladi degan umiddamiz.