Toshkentdagi Turin politexnika universiteti talabalari tomonidan O’zbekistonda birinchi robot-yordamchisi ishlab chiqildi.
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari tomonidan yaratilgan universal NovAssistant roboti Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Innovatsion ishlanmalarni amalga oshirish ilmiy-amaliy markazi ko’magida ishlab chiqildi.
Ushbu loyiha jamoasi a’zolari Daler Mardonov (loyiha rahbari), Saidakbarxon Po’latov (dasturchi), Saidazizxon Saidaloyev (dizayner), Saidaloxon Ergashxojazoda (mexanik).
Ushbu robotni yaratishdan maqsad tibbiyot, tadbirkorlik, ta’lim, turizm kabi sohalarda kundalik ishlarni osonlashtirish, shuningdek, nogironlaga yordam berishdir.
Ushbu robotning qobiliyatlari nafaqat aloqa va hissiyotlarni ifoda etishdan iborat, balki korxona yoki uy ishlariga yordam berishni ham o’z ichiga oladi. Buyurtmachining iltimosiga ko’ra qo’shimcha funktsiyalarni ishlab chiqish ham mumkin, masalan, sun’iy intellekt, yuzni aniqlash va bino ichida boshqarish funktsiyasi. Robot ovozli signal yoki dastur orqali boshqariladi.
Chet elda robot yordamchilarining o’rtacha narxi 180 million so’mni tashkil etadi. Mahalliy robot yordamchilarining narxi konfiguratsiyasiga qarab taxminan 25-45 million so’mni tashkil etadi.