1

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bitiruvchisi «Innovasion g‘oyalar yetakchisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Joriy yil respublika miqyosida 428 ta loyihalar bir nechta bosqichda ko‘rib chiqilgan bo‘lib, yakunida Respublika Komissiyasi a’zolari tomonidan har bir hududdan eng munosib 14 nafar nomzodlar «Innovasion g‘oyalar yetakchisi» ko‘krak nishoni g‘olibi deb topildi.

G‘oliblar safida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining bakalavr va PhD doktorantura bitiruvchisi Mirzaliev Sanjar Maxamatjon o‘g‘li ham bor.

6 noyabr’ kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi binosida g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. G‘oliblarni O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vaziri Ibroxim Yulchievich Abdurahmonov va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi raisining birinchi o‘rinbosari Akmal Muradovich Jumaboev tabrikladilar.

Marosimda bitiruvchimiz Mirzaliev Sanjar so‘zga chiqib, berilgan ushbu yuksak ishonchni kelgusidagi ishlar bilan davom ettirishga oid o‘z fiklari bilan o‘rtoqlashdi.

Bitiruvchilarimiz, sizlar bilan fahrlanamiz va sizlarning kelgusi ishlaringizda ulkan muvaffaqqiyatlar tilab qolamiz!