1

Respublikamizda Xalqaro taqsimlangan fizika olimpiadasi – “International Distributed Physics Olympiad-2020” uchun tanlov qay tarzda o‘tkazildi?

❗️Xalqaro taqsimlangan fizika olimpiadasi-2020 da qatnashish uchun O‘zbekiston jamoasini shakllantirish maqsadida tanlov 3 bosqichda o‘tkazildi.

1️⃣– bosqichda barcha fizika yo‘nalishida o‘z bilimini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan 16 yoshdan-18 yosh oralig‘idagi ishtirokchilar onlayn test topshirdilar. Natijalarga ko‘ra ishtirokchilar ichidan 20 nafari saralab olinib 2 va 3 – bosqichga taklif etildi.

2️⃣-bosqich oflayn shaklda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti binosida bo‘lib o‘tdi. Barcha ishtirokchilarga bilimlarini ko‘rsatish uchun masalalar va laboratoriya ishi berildi. Ushbu bosqich so‘ngida har bir ishtirokchi universitet tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi. “Ushbu sertifikat Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga kirish imtixonlarida abiturientlarga imtiyoz kuchiga ega bo‘ladi”,- dedi universitet rektori J. Sh. Inoyatxodjaev.

3️⃣-bosqich esa oflayn shaklda Prezident maktabida bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar ichidan eng yuqori ball to‘plagan besh nafari saralab olindi va ularga Xalqaro taqsimlangan fizika olimpiadasida O‘zbekiston jamoasi nomidan qatnashishga yo‘llanma berildi.

🎓Ular ichida Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti 1-bosqich talabasi Yusufov Meronshoh ham bor (saralash bosqichida 3-o‘rin).

📚Xozirgi paytda ishtirokchilarni bilimlarini yanada oshirish maqsadida sohadagi professor-o‘qituvchilar tomonidan nazariy va laboratoriya darslari olib borilmoqda.

📝Xalqaro taqsimlangan olimpiada-2020 7-15 dekabr’ kunlari Toshkent shahridagi prezident maktabida oflayn tarzda bo‘lib o‘tadi. Bu yili olimpiadada 80 dan ortiq davlat jamoalari o‘z mamlakatidan turib ishtirok etadi va tashkilotchi Moskva fizika-texnika instituti (MFTI) tashabbuskorligi va onlayn nazorati ostida o‘tkaziladi. Yakuniy Xalqaro bosqich ikki bosqichda o‘tkazilib, birinchi bosqichda ishtirokchilarga 3ta masala yechish uchun 5 soat vaqt, ikkinchi bosqichda eksperimental masala, ya’ni laboratoriya ishi uchun 4 soat vaqt beriladi.

👍🏻Talabamizga va barcha O‘zbekiston nomidan qatnashayotgan ishtirokchilarga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!