1

🏆O’zbekiston Xalqaro Taqsimlangan Fizika Olimpiadasida bronza medalini qo’lga kiritdi.

📚7-15 dekabr kunlari Xalqaro ttaqsimlangan Fizika Olimpiadasi (The International Distributed Physics Olympiad, IdPhO) masofaviy tarzda bo‘lib o‘tdi. Jahonning 57 ta mamlakatidan 285 nafar o‘quvchi ishtirok etgan mazkur olimpiadada IPHO-2020 uchun saralangan milliy terma jamoa a’zolari ishtirok etdilar.

đŸ‘šâ€đŸ«Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti o‘qituvchisi Doniyor Babajanov terma jamoa rahbari sifatida o‘quvchilar bilan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil qilib, ularni mazkur xalqaro olimpiadaga tayyorladi.

đŸ„‰Mazkur olimpiadada O‘zbekiston sharafini besh nafar iqtidorli o‘quvchi himoya qildi. Jamoamiz a’zosi Rail Xashaev faxrli 3-o’rinni egallab, bronza medali sohibi bo’ldi.

Bronza medali O’zbekiston ahliga muborak bo’lsin!