1

Yangi Yilingiz bilan!

Azizlar!

Bu yil hammamiz uchun ham oson bo’lmadi … Ammo shu bilan birga baxtli lahzalar ham ko’p bo’ldi. Bu yil biz oilamizga ko’proq vaqt ajratishga, o’zimizning va barcha yaqinlarimizning sog’lig’iga ko’proq g’amxo’rlik qilishga muvaffaq bo’ldik! Ba’zi bir ishlarimizni to’xtatishga, ba’zilarini esa onlayn o’tkazishga to’g’ri keldi.

Ammo birlashish orqali biz koronavirus ustidan deyarli g’alabaga erishdik! Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bizning talabalarimiz hamda ishchi-xodimlarimiz ham mazkur muvafaqqiyatda o’pkani sun’iy ventilliyatsiya qilish apparati ixtirosi va Volkswagen tez tibbiy yordam mashinalarini barcha zaruriy jihozlar bilan jihozlash jarayonidagi ishtiroki bilan o’z hissalarini qo’shdilar. O’z loyihalari ustida ishlashda davom etib universitet nomidan turli tanlovlarda qatnashib, faxrli o’rinlarni egallagan iqtidorli talabalarni ham ta’kidlash lozim.

Shuningdek, professor-o’qituvchilar, bitiruvchilar va talabalar ilmiy va ta’lim sohalarida ko’plab yutuqlarga erishdilar. Bundan tashqari, innovatsion oromgoh yaratib, yosh bolalarga yangi ko’nikmalarni o’rgatish asnosida ularga katta quvonch baxsh etgan tashkilotchilarni ham alohida qayd etish joiz. Umuman olganda, orangizdagi ko’pchiligingiz sahovatpeshalik namunasini ko’rsatib, xayriya loyihasining bir qismi sifatida saraton kasalligiga chalingan qizning hayotida muhim rol o’ynadingiz. Shuningdek, Putra biznes maktabi va Pittsburg davlat universiteti kabi chet el oliy ta’lim muassassalari bilan memorandumlar imzolandi va qo’shma ta’lim dasturlari boshlandi.

Shu bilan birga, yaqinda universitet tomonidan olingan litsenziya ham bizning yutug’imizdir. Umuman olganda, birinchi kurs talabalari va talabalar sonining ko’payishi hamda qurilayotgan yangi o’quv binosi universitetning rivojlanayatganidan dalolat beradi. Bundan tashqari, universitet qoshida TISS inkubatsiya markazi va Polito Akademiyasining tayyorgarlik kurslari o’z faoliyatini boshladi. Erishilgan yutuqlar haqida gapiradigan bo’lsak, karantin cheklovlariga qaramasdan, otgan yil avvalgilaridan yomon emas, aksincha, boy, samarali va muvaffaqiyatli bo’lganligini ta’kidlash lozim.

Aziz do’stlar!
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti sizni chin qalbdan Yangi yil bilan tabriklaydi! 2021 yil barchamiz uchun yanada muvaffaqiyatli va omadli bo’lsin. Barcha yaqinlarimiz sog ‘ va salomat bo’lsinlar. Sizga va Universitetimizga katta yutuqlar hamroh bo’lsin!