1

TTPU Litsenziyaga ega bo’ldi.

Hukumat tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar bilan ruxsat beruvchi hujjatlarni olish tartibi sifat jihatidan yangi darajaga ko’tarildi. Tizimlarni raqamlashtirish esa ruhsatnoma olish jarayonini soddalashtirilishiga, keraksiz hujjatlarning talab qilinishini minimallashtirishga va eng asosiysi sarflanadigan vaqt va pulning tejalishiga imkon berdi.

Bugungi kunga qadar o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-apreldagi PQ-1106-sonli qarori asosida amalga oshirib kelayotgan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti boshqa nodavlat ta’lim muassasalari qatorida oliy ta’lim sohasida ta’lim faoliyatini olib borish uchun Litsenziyaga ega bo’ldi.

Vakolatli davlat organi tomonidan berilgan ushbu hujjat Universitetning mashinasozlik, avtomobilsozlik, axborot tizimlari, qurilish va arxitektura sohalarida oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash bo’yicha faoliyatni amalga oshirish huquqini yana bir bor tasdiqladi.