1

“DMG MORI Russia” nemis-yapon stanok ishlab chiqarish konserni vakillari Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga tashrif buyurishdi.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti rektori J. SH. Inoyatxodjayev “DMG MORI Russia” akademiyasining direktori I. G. Tonkix boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

DMG MORI dastgohsozlik sanoatida birinchi o’rinni egallaydi va metallga ishlov berish texnologiyasini rivojlantirish bo’yicha dunyoda yetakchi sifatida tan olingan.

“DMG MORI Russia” delegatsiyasining tashrifi universitet kampusi va uning ilmiy-texnik bazasi bilan tanishishdan boshlandi. Tashrif davomida tomonlar mashinasozlik sohasidagi o’quv bazasini yanada takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar.

“DMG MORI Russia” akademiyasining direktori I. G. Tonkix talabalarga DMG MORI stanoklar bilan ishlash amaliyotini o’tkazish uchun laboratoriya yaratish taklifi bilan chiqdi. Bu talabalarga jahon standartidagi stanok ishlab chiqarish sohasida bilim va tajriba orttirishga, shuningdek, chet el muhandislari bilan raqobatbardoshligini oshirishga imkon beradi.