1

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti o’z Sifat Boshqaruv Tizimi sertifikatini yangiladi

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti “O’zbek-Turk Test Markazi” MChJ QK davlat sertifikatlashtirish organi va IAF (International Accreditation Forum) Xalqaro Akkreditatsiya Forumi a’zosi bo’lgan Xalqaro boshqaruv tizimini sertifikatlashtirish organi TURKAK vakillari tomonidan ISO 9001:2015 xalqaro standarti talablariga muvofiq tashqi audit va qayta sertifikatlashdan muvaffaqiyatli o’tdi.

Audit natijalariga ko’ra, sertifikatlashtirish organi mutaxassislari Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti avtomobilsozlik, mashinasozlik va elektrotexnika sanoati, axborot texnologiyalari va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, sanoat va fuqarolik qurilishi korxonalari va tashkilotlari uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydigan oliy o’quv yurti sifatida ushbu sertifikat standarti talablariga javob berishini tasdiqladilar.

Takidlash joizki, 2015-yilda Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti O’zbekiston oliy o’quv yurtlari orasida birinchilardan bo’lib va ​​texnik universitetlar orasida birinchi bo’lib ISO 9001:2008 xalqaro sertifikatiga ega bo’lgan.

ISO 9001:2015 xalqaro standarti talablariga muvofiq, har yili mustaqil tashqi auditdan o’tadigan, ta’lim va xizmat ko’rsatish jarayonlarini yanada rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini ochib beradigan, ta’lim sohasida samarali sifat boshqaruvi tizimini ta’minlaydigan jarayonlar tashqi audit va xalqaro sertifikatni qayta sertifikatlash natijasi deb hisoblanadi.