1

International seminar on “Energy transition as a viable boost for sustainable economic development”

2021 yil 15 oktabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida, Italiya va Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonalari, Italiyaning Turin Politexnika universiteti bilan hamkorlikda, “Energy transition as a viable boost for the sustainable economic development” mavzuida halqaro ilmiy- texnik konferensiya o‘tkazilishi belgilangan.

Xalqaro konferensiyada xorijiy universitetlar The University of Strathclyde (Buyuk Britaniya), Politecnico di Torino (Italiya) va energetika sohasida faoliyat olib borayotgan Siemens Energy, Juru Energy kabi xorijiy kompaniyalarning energetika sohasidagi yetakchi mutaxassislari onlayn va oflayn tarzda ishtirok etadilar.

Xalqaro konferensiya davomida muqobil energetika sohasida faoliyat olib borayotgan mahalliy professor-o‘qituvchilar, katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar xorijiy mutaxassislar bilan tajriba almashish va hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga imkoniyat yaratadi.

“Energy transition as a viable boost for the sustainable economic development” mavzusidagi xalqaro seminar

DASTURI

15 oktyabr, 2021 yil

9:50-10:00 Seminar ishtirokchilarini ro‘yxatga olish.
10:00-11:00 Universitet laboratoriyalari va kutubxona bilan tanishtirish
11:00-11:15 Seminarni ochilish marosimi (Italiya Elchisi Agostino Pinna va Rektor nutqi)
11:15-11:30 Buyuk Britaniyaning regional elchisi David Moran ning nutqi
11:30-11:45 Italiya Tashqi ishlar vazirligi vakilining nutqi
11:45-12:15 Giovanni De Santi (Joint Research Centre, EU Science Hub) online taqdimoti David Chiaramonti (Politecnico di Torino, Italy) online taqdimoti
12:20-12:40 Ettore Bompard (Politecnico di Torino, Italy) online taqdimoti
12:40-13:00 Nilufar Avezova (Fizika-texnika instituti) taqdimoti
13:00-15:00 Tushlik
15:00-15:20 Strathclyde universitetining professori Stuart Galloway ning taqdimoti
15:20-15:40 Matchanov Nuriddin (Qayta tiklanuvchi Energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti direktori) taqdimoti
15:40-16:00 Danieli kompaniyasi vakili Lorenzo Mozetic ning taqdimoti
16:00-16:20 “Juru Energy” kompaniyasi boshqaruvchi direktori Botir Gafurov taqdimoti
16:20-16:40 “Siemens Energy” kompaniyasi vakili taqdimoti
16:40-17:00 Seminarni yopilish marosimi