1

“Juventus” futbol akademiyasi 3 yoshga to’ldi!

Kimlar uchun futbol shunchaki o’yin bo’lsa, kimdir uchun bu oddiy sport. Kimdir uchun esa futbol bu HAYOT!

Joriy yilning 7 may kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Markaziy Osiyodagi birinchi bo’lib ochilgan“Juventus”  professional futbol akademiyasining rasmiy ochilishining  3 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Akademiyaning yangi rahbari Mahamatxo‘jaev Toirxo‘ja ochib berdi. So’ng Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Jamshid Inoyatxo‘jaev tabrik so‘zi bilan chiqdi.

TTPU

Akademiya rahbari “Juventus”ning kelgusi rejalari, yosh futbolchilar uchun yozgi oromgoh shuningdek, futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilarining Turin (Italiya)shahrida bo‘lib o‘tadigan “Juventus Academy World Cup 2022” xalqaro turniridagi ishtirok etish imkoniyati haqida to’xtalib o’tdi.

TTPU

Yosh futbolchilarning ota-onalari bilan bir qatorda, shunday muhim tadbirda faxriy mehmonlar: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Qo‘ng‘iratbay Sharipov, O‘zbekiston professional ligasi klublarini rivojlantirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi Alisher Fayziev, O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, opera xonandasi Jenisbek Piyazov ishtirok etishdi. Mehmonlar o‘z chiqishlarida akademiyani yanada rivojlantirish ahamiyati haqida gapirib, ishtirokchilarni erishgan muvaffaqiyatlari bilan tabriklab, “Juventus” akademiyasiga kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladilar.

TTPU

Tadbir doirasida akademiya murabbiylari, yuqori natijalarga erishgan faol yosh futbolchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ovoz berish yo’li bilan jamoalarning munosib sardorlari tayinlandi.

Tadbir ishtirokchilari  nafaqat unutilmas tuyg’ularni, balki esda qolarli suratlarni ham olishdi.

Siz ham tadbir qanday bo’lganiga qiziqyapsizmi? Unda fotosuratlarni tomosha qiling)