1

Kirish imtihonlari (1-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

Hurmatli abituriyentlar,

2022-2023 oʻquv yili uchun

KIRISH IMTIHONLARIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTGANINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ!

Ushbu rasmiy e’longa alohida e’tibor berishingizni soʻraymiz!

2022-yil 13-mayda boʻlib oʻtgan kirish imtihoni natijalariga koʻra, abituriyentlar beshta toifaga boʻlingan:

BIRINCHI TOIFA:

80,00 va undan yuqori ball toʻplaganlar nafaqat ikkinchi kurs (First Level)ga oʻqishga kiradilar, balki GRANT ham olishadi. Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega boʻlmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) 2022-yil dekabr oyining oxiriga qadar topshirishlari kerak *. Ushbu toifada oʻqish toʻlovi mavjud emas.

IKKINCHI TOIFA:

70.00 va undan yuqori, ammo 80.00 dan past ball toʻplaganlar, toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi kurs (First Level)ga qabul qilinadi va kirish imtihonlarining iyul oyidagi ikkinchi bosqichi natijalariga koʻra GRANT uchun koʻrib chiqiladi. Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega boʻlmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) 2022-yil dekabr oyining oxiriga qadar topshirishlari shart *. Bir oʻquv yili uchun oʻqish toʻlovi 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) soʻmni tashkil qiladi.

UCHINCHI TOIFA:

50.00 va undan yuqori, ammo 70.00 dan past ball toʻplaganlar, toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi kurs (First Level)ga qabul qilinadi. Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega boʻlmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) 2022-yil dekabr oyining oxiriga qadar topshirishlari shart *. Bir oʻquv yili uchun oʻqish toʻlovi 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) soʻmni tashkil qiladi.

* Agar abituriyent IELTS sertifikatini oʻz vaqtida taqdim etmasa, u avtomatik ravishda birinchi kurs (Preparatory Year)ga oʻtadi.

TOʻRTINCHI TOIFA:

10.00 va undan yuqori, ammo 50.00 dan past ball toʻplaganlar, IELTS sertifikatining mavjudligidan yoki mavjud emasligidan qat’i nazar, birinchi kurs (Preparatory Year)ga qabul qilinadi. Bir oʻquv yili uchun oʻqish toʻlovi 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) soʻmni tashkil qiladi. Ushbu toifaga IELTS (kamida 5,5 ball) sertifikatini berish muddati – oʻquv yili soʻngiga qadar.

BESHINCHI TOIFA:

10 balldan kam ball toʻplaganlar belgilangan qabul chegarasidan oʻta olmaganlari sabab kutish roʻyxatida turibdilar va oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi qaror iyul oyida boʻlib oʻtuvchi kirish imtihonining ikkinchi bosqichidan soʻng qabul qilinadi.

Abituriyentlar uchun ajoyib imkoniyat!

10-iyungacha TO‘LOV UCHUN SHARTNOMANI TO‘LIQ to‘lagan abituriyentlar shartnoma summasidan 10% chegirmaga ega bo‘ladilar.

Shartnomalarni rasmiylashtirish Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti binosida 2022-yil 18-may soat 09:00 dan boshlab amalga oshiriladi.

Iyul oyidagi kirish imtihonlari (2-bosqich) qoidalari tez orada e’lon qilinadi.


Qabul komissiyasining ishi uchun mas’ul shaxslar:

Rektor – Inoyatxodjayev Jamshid Shuxratullaevich

Dekan – Abdullayev Farhod Bahramovich

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti ma’muriyati ushbu roʻyxatdan tashqari shaxslarning faoliyati uchun javobgar emas.

Kerakli hujjatlar roʻyxati:
Ariza beruvchi pasportining asl nusxasi;
Ariza beruvchining ota-onasining pasport nusxasi.

Barcha savollar boʻyicha raqamlar:
71 246-80-51 / 52,
71 246 63 48

Elektron pochta: admission@polito.uz

Manzil: Kichik Kichik Halqa Yoʻli koʻchasi 17, Olmazor tumani, Toshkent 100095, Oʻzbekiston