1

TOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETINING 2022/2023 O‘QUV YILIDA BAKALAVRIAT BOSQICHI BIZNES BOSHQARUV – MENEJMENT YO‘NALISHIGA QABUL QILISH TO‘G‘RISIDAGI NIZOM

          Online Ariza Sana
·  25-Mart (Juma), 9:00 – 11-May (Chorshanba), 18:00 2022-yil (Birinchi qabul)
·  16-May (Dushanba), 9:00 – 8-Iyul (Juma), 18:00 2022-yil (Ikkinchi qabul)
·  25-Iyul (Dushanba), 9:00 – 5-Sentyabr (Dushanba), 18:00 2022-yil (Uchinchi qabul)
 
Sizning arizangiz – Qabul komissiyasidan tasdiqlovchi elektron xat olganingizdan so‘ng “to‘liq” deb hisoblanadi. Arizangiz qabul qilingandan so‘ng, Siz – Qabul dasturini bekor qila olmaysiz yoki o‘zgartira olmaysiz.
                Imtihon sanasi 2022/2023 o‘quv yili uchun uchta qabul imtihoni o‘tkaziladi:
Uchinchi bosqichi 8 sentyabrda mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da boʻlib oʻtadi.
Qabul kvotasi 200
Ta’lim tili Ingliz
O‘qish to‘lovi 28 500 000 soums  
Diplom O‘zbek va AQSH* Pitsburg davlat universitetining “2+2” dasturiga o‘tish kerak (AQSH)
          Qabul imtihoni LMS (Matematika, Ingliz tili, Mantiq)
Matematika: 18 ta savol (vaqt: 66 daqiqa)
Ingliz tili: 6 ta savol (vaqt: 12 daqiqa)
Mantiq: 6 ta savol (vaqt: 12 daqiqa)
To‘liq onlayn imtihon 30 ta savoldan iborat bo‘lib, 90 daqiqa davom etadi. Har bir savolda 5 ta variant mavjud, ammo ulardan faqat bittasi to‘g‘ri.
Tanlangan javoblar quyidagicha baholanadi:
1 ball – agar javob to‘g‘ri bo‘lsa
0 ball – agar javob noto‘g‘ri bo‘lsa
Barcha savollar ingliz tilida bo‘ladi!
Qabul qilinuvchi sertifikatlar (qabul imtihonini topshirmaslik uchun):
IELTS 6.0; SAT; GMAT; GRE.
IELTS 7.5 = imtihonsiz qabul + o‘qish toloviga 50% chegirma (faqat 2022/2023 o‘quv yili uchun)
IELTS 8.0 = imtihonsiz qabul + o‘qish toloviga 75% chegirma (faqat 2022/2023 o‘quv yili uchun)
Sertifikat ariza topshirilgan sanada amal qilishi kerak.
  Imtihon natijalari Abituriyentlar o‘z natijalarini onlayn imtihon yakunida bilib oladi. Nomzodlarning toʻliq roʻyxati imtihon natijalaridan keyin bir hafta ichida eʼlon qilinadi.
            Hujjatlarni topshirish Imtihon natijalari e’lon qilingandan so‘ng, kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar  Qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari shart:
 
•  pasport (asli va nusxa) – hujjatning asli qaytarib beriladi ;
• 3×4 oʻlchamdagi 4 ta rangli fotosurat;
• oʻrta va oʻrta maxsus ta’lim haqidagi hujjat – attestat, diplom va ilovasi;
• IELTS sertifikati 5,5 yoki undan yuqori bal.
Manzil Qabul imtihonlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida bo‘lib o‘tadi: 100095, O‘zbekiston, Toshkent,  Kichik xalqa yo‘li ko‘chasi, 17 (Mo‘ljal: Talabalar shaharchasi, sobiq “Nukus” kinoteatri, “Asia.uz” supermarketi).