«2 + 2» dasturi – milliy ta’lim standartlarining Yevropa ta’limi bilan integratsiyalashuvi

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti tomonidan Andijon mashinasozlik instituti bilan birgalikda «2+2» ta’lim modelini ishlab chiqish va tashkil etish bo'yicha shartnoma imzolandi. Qo'shma dastur O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-iyuldagi PQ-4397-sonli «O’zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlanishiga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qaroriga binoan amalga oshirildi. Qo'shma dasturning maqsadi ikki oliy o'quv yurti o'rtasida ilg'or o'quv resurslaridan foydalangan holda xalqaro ta'lim standartlarini joriy etish va iqtidorli o'qituvchilarni o'quv dasturlarga jalb qilishdir. Ushbu dastur mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega, zamonaviy global dunyoqarashning yuqori darajasiga, muhandislik fanida kuchli qobiliyat va qaror qabul qilishda muammolarning moxiyatini tez ilg’ab oladigan raqobatbardosh talabalarni tayyorlashga yordam beradi. Dasturga muvofiq,…

Continue Reading«2 + 2» dasturi – milliy ta’lim standartlarining Yevropa ta’limi bilan integratsiyalashuvi

“Senga posbonmiz, Vatan!”

Ona yurtni sevish, uni ko‘z qorachig‘idek asrash, istiqloli va istiqboli, osoyishtaligi va farovonligi uchun kurashish, bu yo‘lda hatto o‘z jonini tikish, mohiyatan haqiqiy tinchlikparvarlik ruhida tarbiyalanish har bir o‘zbek o‘g‘lonining burchidir. Harbiylarimiz tun-u kun qo‘lni qo‘lga berib, hattoki jonlarini ham fido qilib, ona zaminlarini sarhadlarini dahlsizligini himoya qilib kelishmoqda. “Vatan himoyachilari kuni” Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida keng nishonlandi. Tadbirda universitetning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A.Ashurov, O‘zbekiston Kinoarboblar Ijodiy uyushmasi raisi M.Matchonov va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist R.Aliev, universitet va akademik litsey professor-o'qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar. Tadbirni Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A.Ashurov ochib berdi. U o‘z so‘zida…

Continue Reading“Senga posbonmiz, Vatan!”