Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Yaponiyaning Xiroshima universiteti va Balcom kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4553 son qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida, 2020 yil 18-21 yanvar kunlari Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti rektori U.Salomov va universitet Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i J.Abdujalilov Yaponiyaning Xiroshima shahriga tashrif buyurdi. 2020-yil 19-fevral kuni Xiroshima universiteti prezidenti Mitsuo Ochi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda hamkorlik aloqalarini o‘rntaish bo‘yicha Akademik va ta'lim almashinuv Shartnomasi imzolandi. Xiroshima universiteti vise-prezidenti Yasushi Maruyama va Muhandislik fakul'teti dekani Professor Atsushi Sugeta, Xalqaro ishlar qo‘mitasi boshlig‘i Professor Toru Takashina bilan uchrashuvda Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti talabalari Xiroshima…

Batafsil o'qing Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Yaponiyaning Xiroshima universiteti va Balcom kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi.

Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q!

Mamlakatimizda muqaddas dinimiz sofligini saqlash, islom madaniyatini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ allomalarning ilmiy merosini o‘rganish, yangi masjid-madrasalar barpo etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda, afsuski, turli qarama-qarshilik va ziddiyatlarni keltirib chiqarish yo‘li bilan o‘z maqsadlariga erishishni ko‘zlaydigan kuchlar bor ekan, sun'iy ravishda nizoli vaziyatlarni vujudga keltirishga qaratilgan harakatlar ham to‘xtamaydi. Zero, g‘oyalar kurashi avj olgan XXI asrda ham tinchlik ne'mati ko‘plab mamlakatlar uchun hamon orzu bo‘lib qolmoqda. Bunga 2011-2016 yillarda ba'zi arab mamlakatlarida ro‘y bergan va hamon davom etayotgan siyosiy inqirozlar oqibatida yuzaga kelgan qonli to‘qnashuvlar misol bo‘la oladi. Mazkur davlatlarda bo‘lib o‘tgan xunrezliklar, go‘yoki «arab…

Batafsil o'qing Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q!

Buyuk shoirlarni xotirlab…

Yurtimizda fevral oyida  tavallud topgan ikki buyuk bobakalonimiz she'riyat mulkining sultoni, o‘zbek mumtoz adabiyotining asoschisi Hazrat Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hamda buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi  barcha ilm dargohlarida  keng nishonlanmoqda. Jumladan, joriy yilning 13 fevral kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida ham “Buyuk shoirlarni xotirlab” nomli ijodiy kecha o‘tkazildi. Tadbirga o‘zbek dublyaj san'atiga katta hissa qo‘shgan, 1000 dan ortiq filmga ovoz bergan, O‘zbekiston xalq artisti, taniqli notiq Afzal Rafiqov mehmon sifatida taklif etilgan. Shu bilan birga Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi akademik lisey o‘qituvchi va o‘quvchilari, universitet xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi. Tadbirni “O‘quv…

Batafsil o'qing Buyuk shoirlarni xotirlab…

Toshkent shahridagi “Botanika bog‘i”dagi yoshlar ommaviy tadbiri

Joriy yilning 8-fevral kuni Toshkent shahridagi “Botanika bog‘i”da yoshlar bilan ommaviy tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirda Toshkent shahridagi barcha Oliy ta'lim muassasalari tomonidan o‘z soha va yo‘nalishlariga oid maxorat darslari, chiqishlar, musobaqalar, ko‘rgazmalar namoish etildi. Tadbirda Toshkentdagi Turin politexnika universiteti talabalari tomonidan robototexnika yo‘nalishidagi ishlanmalari xamda texnik loyixalari namoyish etildi. Shu jumladan, talabalar 3D-printer, Odamsimon robot hamda avtomatik ravishda boshqariladigan uchish apparatlarini namoyish etdilar. Bundan tashqari, universitetimizga qiziqqan ko’plab yoshlarga universitetda o'qish haqida, beriladigan imkoniyatlar va kirish imtihonlari haqida ma’lumot berildi hamda tarqatma materiallar taqdim etildi.

Batafsil o'qing Toshkent shahridagi “Botanika bog‘i”dagi yoshlar ommaviy tadbiri

«DUBAI EXPO – 2020» startap loyihalar va g’oyalar tanlovi e’lon qilindi!

Startap loyihalar va g’oyalar tanlovi e'lon qilindi! Agar siz yosh, ijodkor va gʻayratli boʻlsangiz, unda oʻzingizning innovatsion gʻoyalaringiz va loyihalaringiz bilan "Dubai Expo 2020" xalqaro koʻrgazmasida ishtirok etish imkoniyatiga egasiz. Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining "Biznes-inkubator"i tomonidan quyidagi yoʻnalishlarda oʻtkazilayotgan innovatsion startap- loyihalar tanlovida ishtirok eting: 1. “Avtomobilsozlik va mashinasozlik”; 2. “Energetika”; 3. “Informatsion texnologiyalar”; 4.”Arxitektura va qurilish”; 5.“Qishloq xoʻjaligi”; 6.“Yengil sanoat”; 7.“Dizayn”; 8.“Tibbiyot va farmatsevtika”; 9.“Sport va jismoniy tarbiya”. Har bir innovatsion loyiha toʻgʻridan-toʻgʻri loyiha muallifi ishtirokida koʻrib chiqilib, ularning eng yaxshilari universitetning "Biznes-inkubator"i tomonidan moliyalashtiriladi va u "Dubai Expo - 2020" xalqaro koʻrgazmasida qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi. Tanlovda…

Batafsil o'qing «DUBAI EXPO – 2020» startap loyihalar va g’oyalar tanlovi e’lon qilindi!

Toshkent shaxridagi Turin Politexnika universiteti va «O’ZAGROTEXSANOATXOLDING» aksiyadorlik jamiyati o‘zaro hamkorlik ishlari olib borishmoqda.

Toshkent shaxridagi Turin Politexnika universiteti (TTPU) ning «O’ZAGROTEXSANOATXOLDING» aksiyadorlik jamiyati «Toshkent qishloq xo‘jalik texnikasi» zavodining “Qishloq xo‘jalik texnikalari konstruktorlik-texnologik markazi” hududida «Mashinasozlik texnologiyasi va aviakosmik injiniring» kafedrasining filiali tashkil qilindi. Ma'ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib borish uchun 1 ta o‘quv xonasi ajratilib, stol-stul, doska, videoproektor, ko‘rgazma materiallar bilan jihozlab berildi. Soha bo‘yicha 80 dan ortiq zamonaviy o‘quv va ilmiy adabiyotlar ro‘yxati shakllantirildi, sotib olish uchun buyurtmalar berildi. TTPUning Mashinasozlik texnologiyasi ta'lim yo‘nalishining 4-kursdagi talabalari (jami 40 nafar) uchun 2019-2020 o‘quv yilidagi «Testing of agricultural techniques and technologies» (Qishloq xo’jalik texnika va texnologiyalarini sinash) fani bo‘yicha o‘quv jarayoni grafigi tasdiqlanib,…

Batafsil o'qing Toshkent shaxridagi Turin Politexnika universiteti va «O’ZAGROTEXSANOATXOLDING» aksiyadorlik jamiyati o‘zaro hamkorlik ishlari olib borishmoqda.

Oila – jamiyat tayanchi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarni ixcham va tartibli o‘tkazilishi to‘g‘risida” va “Erta ajrimlar” mavzularida talabalar bilan davra suhbati o‘tkazildi. Birinchi masala bo‘yicha, universitet xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi F.Nabixanova so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda xalqimizning uzoq yillik qadriyatlari va an'analarini o‘zida aks ettirgan to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar o‘tkazishda shuhratparastlik, o‘zini ko‘z-ko‘z qilish, boshqalarning ijtimoiy ahvolini inobatga olmaslik, isrofgarchilik, xalqimizning urf-odatlari va an'analarini mensimaslik kabi illatlar to‘g‘risida va 14 sentabr kuni Oliy Majlis Senati Kengashi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining qo‘shma majlisida mamlakatda to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar borasida qaror qabul qilingani…

Batafsil o'qing Oila – jamiyat tayanchi

“SHISHA: Ipak yo’li bo’ylab qumdan shisha keramikagacha” nomli yangi kitob

Qisqacha izoh Bir necha hafta oldin Italiyada CLUT (www.clut.it) tomonidan yangi " SHISHA: Ipak yo'li bo'ylab qumdan shisha keramikagacha" kitobi nashr etildi. Kitobning hammuallifligi Turindagi Politexnika universiteti professori Massimo Tomalino va Toshkentdagi Turin politexnika universiteti professori Dilshat Tuly aganov tomonidan yaratilgan. Bu mualliflarning ikkinchi kitobidir, birinchi kitob esa "CHINNI: ruzgor buyumlardan  stomatologiya moddalarigacha" deb nomlangan bo’lib o'sha nashriyot tomonidan 2017 yilda chiqarilgan. "SHISHA: Ipak yo'li bo'ylab qumdan shisha keramikagacha" kitobining birinchi qismi bir necha  ming yillar oldin birinchi shisha paydo bo'lgani, uning san'atdagi , arxitektura va fan tarixidagi ahamiyatiga bag'ishlangan. Shuningdek, kitobxonga Buyuk Ipak yo'li bo'ylab qiziqarli (virtual) sayohat taklif…

Batafsil o'qing “SHISHA: Ipak yo’li bo’ylab qumdan shisha keramikagacha” nomli yangi kitob

Koinot tizimlari va aloqa muhandisligi bo‘yicha yangi o‘quv dasturi

Toshkent shahridagi turin politexnika universitetida yer sun'iy yo‘ldoshi bilan bog‘liq tadqiqotlar loyihasiga start berildi 2019 yil 15 noyabrdan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TTPU) Yevropaning Erasmus+ dasturi bo‘yicha xalqaro va mahalliy bir nechta universitetlar bilan hamkorlikda “Koinot tizimlari va aloqa muhandisligi bo‘yicha yangi o‘quv dasturi” ("New study program in space systems and communications engineering" - SPACECOM) loyihasini boshladi.   Loyiha yuzasidan 20 noyabrda barcha hamkor universitet va tashkilotlar Toshkent axborot texnologiyalar universiteti (TATU) da uchrashdilar. Yevropadagi hamkorlardan Berlin texnika universiteti (Germaniya) va EXOLAUNCH (Germaniya) kompaniyasi qatnashdi. Uchrashuvda loyihaning asosiy vazifalari va muddatlari kelishib olindi. Ushbu loyiha yuzasidan hamkorlar tomonidan 2020…

Batafsil o'qing Koinot tizimlari va aloqa muhandisligi bo‘yicha yangi o‘quv dasturi