“QIZLAR DAVRASI-2020” ko‘rik-tanlovi

Ayollarni, qizlarni bahorga qiyoslashadi, bahorni ularga. Go‘zallik, nafosat, yangilanish bahor va ayol tushunchalarida uyg‘unlashib ketadi. Ayollarimizning oilada tutgan o‘rni beqiyos. Oqila, go‘zal ayollar o‘zlarining g‘amxo‘rligi, mehribonligi, qalbi daryoligi bilan oiladagi, qolaversa, butun jamiyatdagi muvozanatni, poklik, halollik, samimiyat va adolat muhitini saqlab turadilar. Mamlakatimiz xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, maʼnaviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, salomatligini mustahkamlash, oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish davlatimiz siyosatiga aylangan. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti ham talaba-qizlarni har sohada iqtidorini sinab ko‘rishi uchun imkoniyat yaratib “QIZLAR DAVRASI-2020” ko‘rik tanlovini tashkil qildi. Ko‘rik-tanlovni adolatli baholash uchun o‘z ishining ustalari, tegishli soha mutahasisslari - "Avtoradio" direktori - Kamola Ermatova…

Batafsil o'qing “QIZLAR DAVRASI-2020” ko‘rik-tanlovi