1 sentabr – Mustaqillik kuni bilan muborakbod etamiz!

  • Post category:E'lonlar

Aziz vatandoshlar! Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti barchangizni O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining            29 yilligi bilan chin qalbdan muborakbod etadi! Sizga va yaqinlaringizga sog'lik salomatlik, totuvlik va farovonlik, kelajagingiz va buyuk Vatanimiz ravnaqi yo'lidagi xayrli ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz! Biz o'z vatanimiz bilan faxrlanamiz va kelajagimizga ishonch bilan qaraymiz! Shuning uchun ham biz yorqin bayramimiz – Mustaqillik kunini o'zgacha ishtiyoq va quvonch bilan nishonlaymiz. Yurtimizda doimo tinchlik va osoyishtalik hukm sursin, osmonimiz doimo musaffo bo'lsin! Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!

Continue Reading1 sentabr – Mustaqillik kuni bilan muborakbod etamiz!

Yangi MBA dasturining tanishtiruv videoanjumani bo’lib o’tdi

Aziz do'stlar! Kecha, 25 avgust kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetidagi Malayziyaning Putra biznes maktabi yangi MBA dasturining tanishtiruv videoanjumanida ishtirok etgan barchangizga minnatdorchilik bildiramiz! Anjumanda qatnasha olmagan qiziquvchilar uchun quyidagi havolani taqdim etamiz: https://youtu.be/-3v6DCN9Mbo Shuningdek, videoning ta'rifida dastur haqida batafsil ma'lumot ham berilgan. Arizalarni qabul qilish muddati joriy yilning 5 sentyabr kunigacha uzaytirildi!

Continue ReadingYangi MBA dasturining tanishtiruv videoanjumani bo’lib o’tdi

ERAMCAErasmus + loyihasi doirasida seminar-forum o’tkazilishi rejalashtirildi

(2020 yil 13-fevral, Turin shahri, Italiya, ERAMCA ERASMUS + loyihasi bo'yicha uchrashuv). Joriy yilning 15 sentyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida ERAMCA Erasmus + loyihasi doirasida ehtiyojlarni tahlil qilish, atrof-muhit xavfini baholash va ularning Markaziy Osiyodagi madaniy meros ob'ektlariga ta'sirini kamaytirish bo'yicha seminar-forum bo'lib o'tadi. Hamkor mamlakatlardan kelgan muhtaram ma'ruzachilar, tadqiqotchilar va ishtirokchilar universitet konferentsiya zalida yoki COVID-19 pandemiyasi tarqalishi sababli onlayn tarzda yig'ilish  o'tkazishadi. Agar siz ham vebinarda ishtirok etishni istasangiz, bonu.azizova@gmail.com ga murojaat qilishingiz mumkin. Batafsil ma'lumot: http://new.polito.uz/ru/obrazovanie/kafedry/6409-2/eramca-2/

Continue ReadingERAMCAErasmus + loyihasi doirasida seminar-forum o’tkazilishi rejalashtirildi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TTPU) va Kembrij xalqaro kolleji (CIC) o’rtasidagi hamkorlik

Bugun, 2020 yil 24 avgust kuni Toshkent shahdagi Turin politexnika universiteti (TPUT) va Kembrij xalqaro kolleji (CIC) o'rtasida hamkorlik to'g'risida memorandum imzolandi. Kelishuvning maqsadi - ta'lim, tadbirkorlikni birgalikda rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash uchun ekotizimni yaratish va istiqbolli start-up loyihalarini amalga oshirishdir. Hamkorlikning asosiy yo'nalishlari: 1. Kollej filiallarida universitet talabalari uchun amaliyot va malaka oshirish ishlarini tashkil etish, malakali mutaxassislarni birgalikda tayyorlash; 2. Ilmiy hamkorlikni yo'lga qo'yish; 3. Abiturientlarni TTPUga qabul qilish uchun tayyorlov kurslarini birgalikda tashkil etish ; 4. Mehmon ma'ruzalari va mahorat darslarini tashkil qilish; 5. Axborot platformalarida birgalikda promo-kampaniyalarini tashkil etish; 6. Forumlar, seminarlar, konferentsiyalar va brifinglar…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TTPU) va Kembrij xalqaro kolleji (CIC) o’rtasidagi hamkorlik

QABUL – UCHINCHI BOSQICH

AJOYIB IMKONIYAT Toʻgʻridan toʻgʻri IKKINCHI BOSQICHGA qabul qilinish mumkinmi? Siz bunga MUMKIN EMAS deb javob berasiz. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti esa bunga MUMKIN deydi. Endi sizda UCH YIL ichida oliy ma’lumotli boʻlish imkoniyati mavjud. Turin universiteti Oʻzbekistonda Yevropa andozalariga mos, texnika yoʻnalishida ta’lim olishni istovchilar uchun shunday imkoniyat berayotgan yagona universitetdir. BUNDAN TASHQARI, JORIY YILDA TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETINING BARCHA OʻQUV YO’NALISHLARI BO’YICHA QOʻSHIMCHA DASTUR (MASOFAVIY+SIRTQI) OCHILMOQDA. MEHNAT FAOLIYATINGIZNI TOʻXTATMAGAN HOLDA SIFATLI YEVROPA TA’LIMINI QO’LGA KIRITISH IMKONIYATINI BOY BERMENG. TOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSI-TETINING 2020/2021 O‘QUV YILI BAKALAVRIATIGA UCHINCHI BOSQICH QABUL –QOIDALARI VA HUJJAT TOPSHIRISH MUDDATI BIRINCHI BOSQICH QOIDALARIGA MOS…

Continue ReadingQABUL – UCHINCHI BOSQICH