Yangi MBA dasturining tanishtiruv videoanjumani bo’lib o’tdi

Aziz do'stlar! Kecha, 25 avgust kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetidagi Malayziyaning Putra biznes maktabi yangi MBA dasturining tanishtiruv videoanjumanida ishtirok etgan barchangizga minnatdorchilik bildiramiz! Anjumanda qatnasha olmagan qiziquvchilar uchun quyidagi havolani taqdim etamiz: https://youtu.be/-3v6DCN9Mbo Shuningdek, videoning ta'rifida dastur haqida batafsil ma'lumot ham berilgan. Arizalarni qabul qilish muddati joriy yilning 5 sentyabr kunigacha uzaytirildi!

Continue ReadingYangi MBA dasturining tanishtiruv videoanjumani bo’lib o’tdi

ERAMCAErasmus + loyihasi doirasida seminar-forum o’tkazilishi rejalashtirildi

(2020 yil 13-fevral, Turin shahri, Italiya, ERAMCA ERASMUS + loyihasi bo'yicha uchrashuv). Joriy yilning 15 sentyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida ERAMCA Erasmus + loyihasi doirasida ehtiyojlarni tahlil qilish, atrof-muhit xavfini baholash va ularning Markaziy Osiyodagi madaniy meros ob'ektlariga ta'sirini kamaytirish bo'yicha seminar-forum bo'lib o'tadi. Hamkor mamlakatlardan kelgan muhtaram ma'ruzachilar, tadqiqotchilar va ishtirokchilar universitet konferentsiya zalida yoki COVID-19 pandemiyasi tarqalishi sababli onlayn tarzda yig'ilish  o'tkazishadi. Agar siz ham vebinarda ishtirok etishni istasangiz, bonu.azizova@gmail.com ga murojaat qilishingiz mumkin. Batafsil ma'lumot: http://new.polito.uz/ru/obrazovanie/kafedry/6409-2/eramca-2/

Continue ReadingERAMCAErasmus + loyihasi doirasida seminar-forum o’tkazilishi rejalashtirildi