Talabamiz “Rassom ustaxonasida mehmonda” onlayn-tanlovida qatnashmoqda

Universitetimizda iqtidorli talabalarimiz ko‘p! O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 5ta tashabbus chora-tadbirlari doirasida “Uyda qoling va ijod qiling!” shiori ostida oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida tasviriy va amaliy san'at hamda dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha “Rassom ustaxonasida mehmonda” onlayn-tanlovi loyihasida universitetimiz 1-bosqich talabasi Raximdjanova Nodiraxon o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etmoqda. Ushbu ijodiy ishlarni ko‘rib ko‘z quvonadi! Nodiraxonning ijodlariga muvafaqqiyat tilab, tanlovda omad yor bo‘lsin deb qolamiz!

Continue ReadingTalabamiz “Rassom ustaxonasida mehmonda” onlayn-tanlovida qatnashmoqda