TISS Inkubatsiya markazimizning ochilish marosimiga taklif etamiz!

TISS Inkubatsiya markazimizning ochilish marosimiga taklif etamiz!

Turinchilar, sizning orangizda o’z startapini ochishni istaganlar bormi?

Aynan sizlar uchun IT Park bilan birgalikda biz universitetimizda birinchi inkubatsiya markazini ishga tushirmoqdamiz.

23 oktyabr soat 11:00 da barchangizni inkubatsiya markazimizning onlayn ochilish marosimiga taklif etamiz!

Marosimda quyidagi insonlar ishtirok etadi:
Jamshid Inoyatxo’jaev, universitetimiz rektori;
Abdulahad Qoʻchqarov,IT Parkʼning startap ekosistemalarni rivojlantirish yoʻnalishibo’yicha direktor o’rinbosari;

Muslimbek Pirnazarov, TPUT qoshidagi inkubatsiya markazi direktori va Turin Invest Soft Solution asoschisi.

Shuningdek, tadbirimizning maxsus mehmoni – O’zbekistonda innovatsion rivojlanish vazirining o’rinbosari Olimjon To’ychiev, u O’zbekistondagi startaplarni rivojlantirish va bu boradagi shaxsiy tajribasi haqida gapirib beradi.

Markaz tadbirkorlikni dastlabki bosqichlarda qo’llab-quvvatlashga va loyihalarni ishlab chiqish uchun zarur resurslardan foydalanish imkoniyatini yaratishga qaratilgan inkubatsiya dasturlarini o’tkazadi.

Inkubatsiya dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga 10,000,000 so’m miqdorida pul mukofoti beriladi.

Qiziqdingizmi?
You Tube kanalimizga o’ting va qo’ng’iroqchani bosing:
https://www.youtube.com/channel/UCM-cCXdzsTitH6QS-BWQJAA

Tez orada ochilish marosimi bo’lib o’tadi!

The opening is coming soon!

🖥 Website Tiss – Incubation center
📍 Geolocation

Follow us on social medias:👇
Facebook | Instagram | YouTube| Telegram