Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!

Joriy yilning 23-oktabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetning yoshlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan ZOOM platformasida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida onlayn ma'naviy-ma'rifiy va madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbek Milliy Akademik drama teatrining ustoz san'atkori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra'no Yarasheva va O‘zbekiston Davlat Filarmoniyasining xonandasi Mansur Xo‘jaAhmad ishtirok etib, mavzuni yanada boyitishda, badiiy ijodiy salohiyatini oshirishda munosib hissa qo‘shdilar. Mehmon san'atkorlar tadbir ishtirokchilarining e'tiboriga nazm yo‘nalishdagi ijod mahsullarini havola etdilar.Talabalar tomonidan mavzu bo‘yicha tayyorlangan videorolik tomoshabin va mehmonlar uchun bayramona tuhfa bo‘ldi.

Batafsil o'qing Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!