Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga Prezident maktabi va “Sehriyo” maktabi bitiruvchi sinf o’quvchilari tashrif buyurishdi.

  • Post category:Yangiliklar

Maktab o'quvchilari uchun kelajakdagi kasbni va ta’lim olishni davom ettirish uchun oliy o’quv dargohni tanlash oson qaror emas. Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti faoliyati bilan tanishish uchun maktab o'qituvchilari rahbarligida Prezident maktabi va "Sehriyo" maktabining o'quvchilari tashrif buyurishdi. Universitet bilan tanishtiruv ko'ngilli talabalar tomonidan universitet kampusi bo'ylab sayohatdan boshlandi. Ekskursiya davomida o’quvchilar universitetning barcha imkoniyatlari: ulkan kutubxona, ma'ruza zallari, laboratoriyalar, mexatronika markazi, texnopark va sport bloki bilan tanishishga muvaffaq bo'lishdi. So’ng, marketing bo'limi boshlig'i Jo'rayev O. ta’lim yo'nalishlari, bitiruvchilarning kelajak istiqbollari va qabul uchun qo'yiladigan talablar to'g'risida batafsil ma'lumot berdi. Universitet bilan tanishiv uchrashuvi ba'zi o’quvchilarga kelajakdagi kasbini va o’qishni…

Batafsil o'qing Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga Prezident maktabi va “Sehriyo” maktabi bitiruvchi sinf o’quvchilari tashrif buyurishdi.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida “Sport Day” (“Sport kuni”) o’tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Hech kimga sir emas, sog’lom turmush tarzining asosiy omili bu – sportdir. Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti "Sport Day" talabalar sport musobaqalari kunini bir necha sport turlari bo'yicha o'tkazdi: ▪️yugurish marafoni▪️stol tennisi▪️badminton▪️basketbol▪️frisbi▪️armrestling▪️skeytbord Bundan tashqari, uzoq kutilgan "Navruz Cup - 2021" futbol musobaqasi final uchrashuvi ham o'tkazildi. Final o'yini Turin United va Neajidenniki jamoalari o'rtasida bo'lib o'tdi. Ushbu shiddatli o'yinda, 2 : 2 hisobi qayt etilib, so'ngra penaltilar seriyasida 5 : 6 hisobida Neajidenniki jamoasi chempionga va kubog sovrindoriga aylandi. G'olib bo'lgan futbol jamoasi a'zolariga va barcha sport turlari bo'yicha g'oliblikni qo'lga kiritgan ishtirokchilarga sertifikat va sovg'alar taqdim etildi. https://youtu.be/97genDS4WyQ

Batafsil o'qing Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida “Sport Day” (“Sport kuni”) o’tkazildi

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti va Pittsburg Davlat Universitetining “2 + 2” dasturi bo’yicha konferensiya

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti talabalari uchun Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti (TTPU) va Pitsburg Davlat Universiteti (PSU), Kanzas, AQSh, o'rtasida imzolangan "2 + 2" dasturiga bag'ishlangan konferensiya bo'lib o'tdi. Yangi dastur TTPU talabalariga 2 akademik yil o'qish davomida to'plagan kredit soatlarini PSU ga o'tkazib, o'qishni u yerda davom ettirishga imkon beradi. Bundan tashqari, Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti AQSh ning STEM dasturining bir qismi bo'lganligi sababli, o'qish yakunlanganidan so'ng uch yil davomida talabalar Amerika Qo'shma Shtatlarida qonuniy ravishda qolib, ixtiyoriy o'qish va ishlash imkoniyatga ega bo'ladilar. Shuningdek, ular ushbu muddatdan sayohat, tadqiqot ishlarini amalga oshirish yoki magistrlik dasturlarida…

Batafsil o'qing Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti va Pittsburg Davlat Universitetining “2 + 2” dasturi bo’yicha konferensiya

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti bitiruvchisi PhD unvoniga ega bo’ldi.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti tadqiqotchisi Jalolliddin Yusupov Italiyaning yetakchi muhandis olimlaridan tashkil topgan ixtisoslashgan kengashda o‘z dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va Kompyuter muhandisligi bo‘yicha PhD ilmiy darajasiga loyiq deb topildi. Tadqiqotchining dissertasiyasi nusxalari Milan va Florensiya shaharlaridagi ilmiy kutubxonalariga joylashtirildi. Jalolliddin Yusupov 2013-yili Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti tomonidan Italiyaning Politecnico di Torino universitetiga yuborilgan edi. Uning ilmiy izlanishlari italiyalik olimlarda qiziqish uyg‘otganligi sababli, uning PhD dissertatsiyasi uchun Italiya davlat granti ajratilgan edi. Imzolangan kelishuv asosida dissertatsiyaga Politecnico di Torino (Italiya) universitetidan professor Rikkardo Sisto, Eurecom (Fransiya) institutidan Adlen Ksentini ilmiy rahbar sifatida tayinlanishgan. Hozirda, Jalolliddin Yusupov Toshkent shahridagi…

Batafsil o'qing Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti bitiruvchisi PhD unvoniga ega bo’ldi.

🌸Navro’z – bahor va yangilanish bayrami!🌸

  • Post category:E'lonlar

Ushbu go'zal va mehribon bayramda Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti Sizni ushbu ajoyib kun bilan samimiy muborakbod etadi va Sizga va yaqinlaringizga sog'lik-salomatlik va baxt, muvaffaqiyat va farovonlik tilaydi. Xonadoningizda har doim kulgu va quvnoq qo'shiqlar yangrasin! Bahorgi tengkunlik muborak bo'lsin, aziz do'stlar!Navro'z muborak bo'lsin! https://youtu.be/4hPIfFX6YCE

Batafsil o'qing 🌸Navro’z – bahor va yangilanish bayrami!🌸

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti va Jizzax politexnika instituti qo’shma fakultet ochish va keng hamkorlik aloqalarini o’rnatish bo’yicha kelishuv shartnomasi imzoladi.

  • Post category:Yangiliklar

2020 yil 25 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan mamlakatimiz yoshlari bilan o'tkazilgan O'zbekiston yoshlar forumining 100-sonli bayoni 42-bandiga va 2021-yilgi Davlat dasturiga muvofiq, Jizzax viloyatidagi avtomobilsozlik korxonalarini malakali mutaxassislar bilan ta'minlash maqsadida 2021-2022 o'quv yilidan boshlab Jizzax politexnika institut (JizPI) ga Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TTPU) bilan birgalikda qo'shma ta'lim dasturi asosida kadrlar tayyorlashni yo'lga qo'yish vazifasi belgilandi. Ushbu vazifani amalga oshirish uchun TTPU va JizPI o'rtasida qo'shma dastur bo'yicha shartnoma imzolandi. Shartnomaga muvofiq, 2021-2022 o'quv yilidan boshlab talabalar dastlabki 2 yil ichida JizPIda, keyingi 2 yil davomida TTPU da ta'lim olishadi va o'qishni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga Turin…

Batafsil o'qing Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti va Jizzax politexnika instituti qo’shma fakultet ochish va keng hamkorlik aloqalarini o’rnatish bo’yicha kelishuv shartnomasi imzoladi.

TTPU ning yangi o’quv binosi haqida

  • Post category:Yangiliklar

Kecha TTPU da qurilishi 6 oy davom etgan yangi o'quv binosining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Yangi binoning ochilishidan maqsad talabalar va abituriyentlar sonining ko'payib borayotgani sababli ma’ruzalar zali va o'quv xonalarini ko'paytirish hamda yangi laboratoriyalarni yaratish edi. Ushbu bino ulkan LED-ekran, interaktiv panel va eng so'nggi innovatsion uskunalar bilan jihozlangan, umumiy 500 o'ringa mo'ljallangan 3 ta auditoriyadan iborat. Shuningdek, binoda 2 ta laboratoriya – IT laboratoriyasi va materialshunoslik laboratoriyasi, hamda Akfa Class trening va seminarlar xonasi mavjud. Ushbu bino universitetning budjetdan tashqari mablag'lari hisobiga qurilgan. Ushbu binoning tashkil etilishi o'quv jarayonini osonlashtiradi va talabalarga o'z sohalarida munosib mutaxassis bo'lib yetishishlari…

Batafsil o'qing TTPU ning yangi o’quv binosi haqida

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida yangi o’quv binosi ochildi

  • Post category:Yangiliklar

2021-yil 16-mart kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetining yangi zamonaviy innovatsion binosining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Ochilish marosimini rasmiy tarzda O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Musayev Behzod Anvarovich va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri Toshkulov Abduqodir Hamidovich talabalar va xodimlarni yangi binoning ochilishi munosabati bilan tabriklab, o'z nutq so’zlari bilan boshlab berdilar. "12 yil davomida mamlakat iqtisodiyotining turli sohalariga, avtosanoatimizning rivojlanishiga yetuk kadrlarni tayyorlashda juda yaxshi xizmat qilayotgan, bundan tashqari, yangi joriy qilinayotgan kredit-modul tizimini na’muna sifatida yo'lga qo'yib borayotgan, Italiyadagi bosh universitet bilan birgalikda doimiy asosda mustahkam hamkorlikni yo'lga qo'ygan Toshkent shahridagi Turin Politexnika…

Batafsil o'qing Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida yangi o’quv binosi ochildi

CONFINDUSTRIA UZBEKISTAN ochilish marosimi

  • Post category:Yangiliklar

Odatda, CONFINDUSTRIA nomi bilan mashhur bo'lgan Italiya sanoatining umumiy konfederatsiyasi - Italiya ish beruvchilar federatsiyasi va Milliy savdo palatasidir. Uning asosiy maqsadi - besh millionga yaqin jismoniy shaxslarga va yuz mingdan ziyod a'zo kompaniyalarga Yevropa qit'asida biznes yuritishda yordam berish orqali iqtisodiy o'sishni rivojlantirishdir. CONFINDUSTRIA ning Yevropa mamlakatlarida 15 vakili mavjud va O'zbekiston CONFINDUSTRIA UZBEKISTAN savdo belgisi bilan 16-o'rinni egallab turibdi. 2021-yil 11-mart kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti o'z kampusida CONFINDUSTRIA UZBEKISTAN ochilish marosimini o'tkazdi. Italiya Respublikasining O'zbekistondagi elchisi Agostino Pinna va Confindustria Uzbekistan prezidenti Luka Pikasso qizil tasmani kesib, CONFINDUSTRIA UZBEKISTAN ni ochiq deb e'lon qildilar. Universitetning anjumanlar…

Batafsil o'qing CONFINDUSTRIA UZBEKISTAN ochilish marosimi

TTPU da kurash sport turi bo’yicha “Rektor Kubogi” musobaqalari o’tkazildi.

  • Post category:Yangiliklar

🤼‍♂️Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti talabalari va TTPU xuzuridagi akademik litsey o'quvchilari o'rtasida kurash bo'yicha "Rektor Kubogi" musobaqalari bo'lib o'tdi. Musobaqa doirasida turli vazn toifasidagi 14 nafar ishtirokchilar bellashdilar. G'olib bo'lgan talaba-o'quvchilar universitet rektori tomonidan tantanali ravishda medal va sertifikatlar bilan taqdirlandilar. 🏆Endilikda, 2 nafar universitet talabalari - Shamsiddinov Xursav and Xalilov Sardorbek - bugun 10-mart kuni Toshkent Davlat Yuridik Universitetida bo’lib o’tadigan OTM lararo kurash musobaqasida universitet nomidan qatnashadilar. Keling ularni qo’llab-quvvatlaylik!✊✊✊ https://youtu.be/nHOHFdTchqM

Batafsil o'qing TTPU da kurash sport turi bo’yicha “Rektor Kubogi” musobaqalari o’tkazildi.
image_pdfimage_print