TTPU-PoliTo TALABALAR ALMASHINUVI DASTURI

  • Post category:E'lonlar

TTPU-PoliTo TALABALAR ALMASHINUVI DASTURI2021-yil sentabrgacha 3- va 4- kurs ME, ICT, CIE talabalari uchun mavjud! Universitet: Turin Politexnika Universiteti, Italiya Programmaning boshlanish vaqti: 2021-yil sentabr (4-kurs talabalari uchun programma faqat kuzgi semestrda bo'ladi) ECTS: 3-kursga yozilish uchun kamida 30 ECTS / 4-kursga — 70 ECTS Talabalar soni: 3-bosqich uchun 12 ta talaba / 4-bosqich uchun faqat 3 ta talaba tanlanadi O'quv to'lovi: TTPU bilan tuzilgan shartnoma bo'yicha talabaning qarzi programma boshlanishidan oldin to'lanishi kerak Dastur xarajatlari: (ya'ni: sayohat / turar joy) talabalar tomonidan qoplanishi lozim Hujjat topshirish muddati: So'rovnomada qatnashib, transkriptni 2021-yil 28-maygacha yuklang! So'rovnoma

Batafsil o'qing TTPU-PoliTo TALABALAR ALMASHINUVI DASTURI

Kirish imtihonlari (1-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

  • Post category:Yangiliklar

Hurmatli abituriyentlar! 2021-2022 o'quv yili uchunKIRISH IMTIHONLARINIDAN MUVAFFAQIYATLI O'TGANINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ! Ushbu rasmiy e'longa alohida e'tibor berishingizni so’raymiz! 21-may kuni bo'lib o'tgan kirish imtihonlariga ko'ra natijalar besh toifaga bo'linadi: Birinchi toifa: To'liq 60.00 ball va undan yuqori ball to'plaganlar nafaqat First Level (ikkinchi kurs) ga o'qishga qabul qilinadi, balki stipendiya taqdim etish uchun ham ko'rib chiqiladi (Grant olish tartibi to'g'risida aniq e'lon barcha Qabul sinovlaridan so'ng amalga oshiriladi). Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega bo'lmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) 2021-yil avgust oyining oxiriga qadar topshirishlari shart *. Bir o'quv yili uchun to’lov 28 500 000…

Batafsil o'qing Kirish imtihonlari (1-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti o’z Sifat Boshqaruv Tizimi sertifikatini yangiladi

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti “O'zbek-Turk Test Markazi” MChJ QK davlat sertifikatlashtirish organi va IAF (International Accreditation Forum) Xalqaro Akkreditatsiya Forumi a'zosi bo'lgan Xalqaro boshqaruv tizimini sertifikatlashtirish organi TURKAK vakillari tomonidan ISO 9001:2015 xalqaro standarti talablariga muvofiq tashqi audit va qayta sertifikatlashdan muvaffaqiyatli o'tdi. Audit natijalariga ko'ra, sertifikatlashtirish organi mutaxassislari Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti avtomobilsozlik, mashinasozlik va elektrotexnika sanoati, axborot texnologiyalari va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, sanoat va fuqarolik qurilishi korxonalari va tashkilotlari uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydigan oliy o'quv yurti sifatida ushbu sertifikat standarti talablariga javob berishini tasdiqladilar. Takidlash joizki, 2015-yilda Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti O'zbekiston oliy o'quv…

Batafsil o'qing Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti o’z Sifat Boshqaruv Tizimi sertifikatini yangiladi

1-bosqich kirish imtihoni abituriyentlari ro’yxati

  • Post category:E'lonlar

HURMATLI ABITURIYENTLAR, Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga (1-bosqich) qabul imtihonlarida qatnashadigan abituriyentlar ro'yxati va imtihon vaqtini shu yerdan topishingiz mumkin ⬇️: List_of_Applicants_May_21-2021Download Imtihonlar ertaga, 2021-yil 21-may kuni, universitet kutubxonasida bo'lib o'tadi! Abituriyentlarning ota-onalarini ham universitet kampusi bo'ylab sayohat qilishlari, kofe tanaffusdan baxramand bo'lishlari va imtihon jarayonini tomosha qilishlari uchun taklif qilib qolamiz. Nomzodlar o'z pasporti (asl nusxasi / nusxasi), shuningdek, karantin qoidalariga rioya qilgan holda maska va qo'lqoplariga ega bo'lishlari kerak. IMTIHONDA OMAD YOR BO'LSIN!!!

Batafsil o'qing 1-bosqich kirish imtihoni abituriyentlari ro’yxati

Qozog’istondagi eng yaxshi texnik universitetlardan birining vakillari Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga tashrif buyurishdi

  • Post category:Yangiliklar

Qozog'iston-Britaniya Texnika Universiteti (KBTU) o'quv ishlari bo'yicha prorektori A.Jumasseitova boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga (TTPU) tashrif buyurdi. Tashrif davomida, mehmonlarni universitetning barcha imkoniyatlari bilan tanishtirish maqsadida, TTPU ma'muriyati ular uchun kampus bo’ylab ekskursiya o'tkazdi. Universitetning mexatronika va inkubatsiya markazlari mehmonlarda katta qiziqish uyg’otdi. Tashrifning asosiy qismi o'zaro hamkorlik shartlarini muhokama qilishga bag'ishlandi. Universitetlar o'rtasida quyidagi yo'nalishlarda hamkorlik qilish to'g'risida kelishuvga erishildi: o'qituvchilar va talabalar uchun almashinuv dasturini joriy etish;xalqaro tizimlar bo'yicha tajriba almashish;qo'shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish va maqolalarni nashr etish;xalqaro grantlarda hamkorlikda ishtirok etish;hamkorlikda yozgi ta'lim maktabini yaratish. Hamkorlikni rivojlantirish uchun axborot texnologiyalari sohasida professor-o'qituvchilar almashinuvini boshlash…

Batafsil o'qing Qozog’istondagi eng yaxshi texnik universitetlardan birining vakillari Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga tashrif buyurishdi

Ramazon hayiti muborak bo’lsin!

  • Post category:E'lonlar

Aziz yurtdoshlar!👏 Barchangizni, mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – muborak Ramazon hayiti bilan Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti jamoasi nomidan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! 🌙 Alloh bu oyda qilgan ibodatlarimizni, jumladan tutgan ro'zalarimizni, qilgan sadaqayu-ehsonlarimizni, bajargan xayrli amallarimizni dargohida qabul qilsin! 🤲 Ushbu ulug‘ ayyom kunlarida yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni samimiy qutlab, ularga tinchlik, taraqqiyot va farovonlik tilab qolamiz! Hurmat bilan,TTPU matbuot xizmati

Batafsil o'qing Ramazon hayiti muborak bo’lsin!

Buyuk muhandis bo’lib tug’ilishmaydi, balki ularga Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida aylanishadi!

  • Post category:E'lonlar

Diqqat!!! Hurmatli abituriyentlar! Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga birinchi faza kirish imtihonlariga ro'yxatdan o'tish davom etmoqda! Onlayn ro'yxatdan o'tish muddati 2021-yil 16-maygacha, oflayn ro'yxatdan o'tish esa 2021-yil 18-mayga qadar uzaytirildi.IMTIHONLAR 2021-YIL 21-MAY KUNI UNIVERSITET BINOSIDA BO'LIB O'TADI. Batafsil ma'lumotni ushbu havola orqali topishingiz mumkin:https://polito.uz/uz/qabul-2021-2022/ 📩 Elektron pochta manzilimiz: admission@polito.uz📞 Bizning telefonlarimiz: +99871 246-80-51, +99871 246-80-52📍Manzilimiz: Kichik Halqa Yoʻli koʻchasi 17, Olmazor tumani, Toshkent 100095, O'zbekiston (Moʻljal: Talabalar shaharchasi, oldingi Nukus Kinoteatri, “Asia.uz” savdo markazi). https://youtu.be/1RiQK98rtZk

Batafsil o'qing Buyuk muhandis bo’lib tug’ilishmaydi, balki ularga Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida aylanishadi!

Xotira – muqaddas!

G'alaba kuni muborak bo'lsin! 9-may hayotimizdagi unutilmas kun. Dahshatli urush ustidan g'alaba qozongan kunimiz, ozodligimiz va tinch hayotimiz uchun kurashganlarni xotirlash kuni. Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti ma'muriyati va talabalari G'alaba bog'iga ekskursiya o'tkazdilar, faxriylar bilan davra suhbati tashkil etdilar, shuningdek urush qatnashchilarining uylariga tashrif buyurdilar. G'alaba bog'iga sayohat barcha tashrif buyuruvchilar uchun juda qiziqarli o'tdi. Barcha shafqatsiz urush muhitini, uning azoblari va qo'rqinchili damlarini his etishga muvaffaq bo'ldi. Ikkinchi jahon urushi faxriylari bilan uchrashuv Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida karantin tufayli onlayn tarzda o'tkazildi. Mehmonlar o'sha qiyin davr haqidagi xotiralari bilan o'rtoqlashdilar. Bundan…

Batafsil o'qing Xotira – muqaddas!

Buyuk G’alaba Kuni muborak!

  • Post category:E'lonlar

Aziz vatandoshlar! Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti rahbariyati va xodimlari sizlarni chin yurakdan bugungi bayram 9-may – Xotira va qadrlash kuni, Buyuk G'alaba kuni bilan muborakbod etadi! Shafqatsiz va mashaqqatli urushning og'ir yo'llarini bosib o'tgan ota-bobolarimiz tomonidan urushdan keyingi avlodlarga in’om etilgan TINCHLIK va OZODLIK hozirgi kunda bizning mamlakatimiz hayotining asosidir. Yillar o'tgan sari, avlodlar almashadi, lekin Buyuk G'alaba xalqimizning milliy g'ururi, harbiy shon-sharafi va uning jasurligi ramzi sifatida qalbimizda qoladi. Faxriylar safi tobora kamayib bormoqda, ammo ularning ismlari va ko’rsatgan jasoratlari bizning xotiramizda abadiy qoladi. Sizlarga, oilangiz va yaqinlaringizga chin dildan sog'lik va farovonlik, tinchlik va barqarorlik, vatanparvarlik va…

Batafsil o'qing Buyuk G’alaba Kuni muborak!

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti va Pitsburg Davlat Universiteti “2 + 2” dasturiga talabalarni qabul qilishni boshladi.

4-may kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti rektori Inoyatxodjaev J.Sh. va Pitsburg Davlat Universiteti prezidenti Skott S.A. o'rtasida Zoom onlayn platformasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv PDU va TTPUning "Mashinasozlik" yo'nalishida bakalavriat "2 + 2" dasturiga talabalarni qabul qilish boshlanganiga bag'ishlangan o'zaro tabrik so'zlari bilan boshlandi. Suhbat davomida tomonlar magistrlik dasturini yo'lga qo'yish rejalari haqida muhokama qildilar. Shuningdek, "Qurilish va arxitektura" yo'nalishi bo'yicha ham "2+2" dasturini ishlab chiqish taklifi muhokama qilindi. "Universitetimizning eng muhim jihatlaridan biri shundaki, bizning talabalarimiz endi nafaqat Italiya, balki Amerika ta'limini ham olishlari mumkin", - deydi TTPU marketing bo'limi boshlig'i Oybek Djuraev.

Batafsil o'qing Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti va Pitsburg Davlat Universiteti “2 + 2” dasturiga talabalarni qabul qilishni boshladi.
image_pdfimage_print