1

TTPU da radioefirga start berildi

2022 yil 21 oktabr kuni o‘zbek tili bayrami munosabati bilan, universitet talabalari tashabbusi bilan TTPUda “Nazm va navo” nomli radio efirinining birinchi soniga start berildi.
Efir davomida o’zbek tilining tarixi, uning rivoji uchun hissa qo’shgan buyuk arboblarimiz Alisher Navoiyning „Muhokamat-ul-lug‘atayn“, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Muhammad Solihning “Shayboniynoma”, Gulxaniyning “Zarbulmasal”, Fazliyning “Majmuatush shuaro” kabi asarlari, shuningdek zamonamiz o’zbek adabiyoti durdonalaridan na’munalar (she’r va g’azallar) talabalar va ustoz-murabbiylar tomonidan ifodali o’qib berildi.Shuningdek, musiqa to’garagi rahbari Mansur Saparbaev tomonidan o’zbek mumtoz kuy-qo’shiqlari va universitetga bag’ishlangan qo’shiqlar ijro etildi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, O’zbek tili va umuman olganda til haqida qancha gapirsak ham oz. Haqiqatan, millatning qiyofasi uning til boyligi bilan namoyon bo‘ladi. So’z o’rnida buyuk maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy yozganidek: «Har bir millatning dunyoda borligʻini koʻrsatadurgʻon oyinai hayoti tili va adabiyotidur. Milliy tilni yoʻqotmak millatning ruhini yoʻqotmakdur» degan so’zlarini ta’kidlash mukin.
Bayramona kayfiyatda o’tgan efir orqali, bugungi kunning mazmun mohiyati, qadr-qimmati to’g’risida ma’lumotlar berilib, talaba-yoshlarda sof ona tilimizga, nazm va navoga qiziqish uyg’otishga erishildi degan umiddamiz.