You are currently viewing <strong><em>Talaba-yoshlarining cholg‘u musiqa ijrochiligini rivojlantirish maqsadida universitetda musiqa to‘garagi faoliyat ko‘rsatmoqda<br> </em></strong>

Talaba-yoshlarining cholg‘u musiqa ijrochiligini rivojlantirish maqsadida universitetda musiqa to‘garagi faoliyat ko‘rsatmoqda
 

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusning Birinchi tashabbusi bo’lgan yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarish maqsadida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Estrada hamda milliy cholg‘u asboblari” bo‘yicha to‘garak tashkil etildi.

Universitetda talaba-yoshlarning qobiliyati rivojlantirish, bilim olishga va yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida shakllanishi, ularni hayotga har tomonlama tayyorlash, mamlakatimiz taraqqiyotida muhim o‘rin egallay oladigan yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan iste’dodli yoshlarning ilmiy-ijodiy salohiyatini oshirish va talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning amaliy-ijodiy qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlashda ushbu to‘garakning o‘rni beqiyos!

O’zbekiston Davlat Konservatoriyasi bitiruvchisi, O’zbekiston Davlat Filarmoniyasida ko’p yillar faoliyat yuritgan, tajribali mutahassis Saparbaev Mansur boshchiligida to’garakda 20 dan ziyod yoshlar o`z iste`dodlarini namoyon qilmoqda.

“Musiqa asboblarini chalishni o‘rganish, birinchi navbatda, hissiy intellekt, qo‘l, barmoq va oyoqlarda ishlash mahoratini rivojlantirishga yordam beradi. Bu esa, o‘z navbatida, insonning kognitiv qobiliyatlarni yaxshilaydi”, deydi to’garak rahbari Saparbaev Mansur

 Mazkur to‘garakda sanʼatsevar yoshlar rubob, gitara, fortopiano kabi cholg’u-asboblarni chalish hamda vokal darslarida o‘z ovoz tembrlarini sozlab, qo‘shiq kuylashni qunt bilan o‘rganib kelmoqdalar. Shu jumladan, iqtidorli faol talabalar tomonidan Jahon musiqa durdonalari yuksak estetik mahorat bilan ijro etilmoqda.

  2022-2023 o’quv yili mobaynida “Yoshlar bilan ishlash” bo ‘limi tomonidan tasdiqlangan yillik ish rejaga muvofiq o‘tkazib kelinayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarda to‘garak qatnashchilari faol ishtirok etib kelishmoqda.

566
image_pdfimage_print