1

Universitetda talaba-qizlar bilan shifokor ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (10/1-154 02.02.2023y.) voyaga yetmagan qizlarni erta turmushga berish, istalmagan homiladorlik holatlarini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi dasturining 4-bandida, umumtaʼlim maktablarining yuqori sinf oʻquvchilari hamda, akademik litseylar, professional taʼlim, oliy taʼlim muassasalari oʻquvchi- talabalari oʻrtasida erta nikoh va erta tugʻruq, yaqin qarindoshlar oʻrtasida nikohlarning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida targʻibot tadbirlari hamda fakultativ mashgʻulotlarni tashkil etish maqsadida, joriy yilning 22-fevral sanasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida talaba-qizlar bilan Olmazor tumani Talabalar shaharchasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika Bosh shifokor o’rinbosari D.Tursunova, shifokor-ginekolog Y.Rahimova hamda universitetga biriktirilgan terapevt-shifokor M.Sharapova ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

         Shuningdek, tadbirda universitet yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig‘i G.Allamova, universitet oila xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor masalaxatchisi, tyutor F.Nabixanova, yoshlar bilan ishlash bo‘limi metodisti X.Kamilovalar ham ishtirok etdilar.

Ushbu targ‘ibot tadbirini o‘tkazishdan maqsad: aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi, jismoniy va ma’naviy rivojlangan avlodni voyaga etkazish, erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini – sog‘lom oilani shakllantirish, talaba-qizlarning tibbiy madaniyatini oshirish, OIV/OITSni oldini olish asoslarini shakllantirish borasida tushuncha hosil qilishdan iboratdir.

         Tadbir davomida mutaxassislar mavzuga oid so‘zga chiqib, talaba-qizlarga ma’lumot berib o‘tdilar.      

         Tadbir so‘ngida talaba-qizlar o‘zlari qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan yetarlicha javoblar oldilar. Ushbu tibbiyot mutaxassislari bilan o‘tkazilgan targ‘ibot tadbiri orqali talaba-qizlarga davlatimiz tomonidan ayollarga ko’rsatilayotgan imtiyozlar, zarur tibbiy ma’lumotlar, shifokor maslahatiga muhtojlarga to‘g‘ri yo‘nalishlar, har qanday holatlarda ayol qizlar davlat himoyasida ekanliklari yana bir bor ta’kidlab o‘tildi.