1

Kirish imtihonlari (1-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

Hurmatli abituriyentlar,

2023-2024 oʻquv yili uchun

KIRISH IMTIHONLARIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTGANINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ!

Ushbu rasmiy e’longa alohida e’tibor berishingizni soʻraymiz!

2023-yil 13-martda boʻlib oʻtgan kirish imtihoni natijalariga koʻra, abituriyentlar beshta toifaga boʻlingan:

BIRINCHI TOIFA:

Quyidagi abituriyentlar to`g`ridan to`g`ri ikkinchi kurs (First level) ga oʻqishga qabul qilinadilar,hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi tomonidan quyidagi yo`nalishlar bo`yicha TOʻLIQ GRANT ajratiladi. Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega boʻlmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) 2023-yil dekabr oyining oxiriga qadar topshirishlari kerak *. Ushbu toifa uchun shartnoma toʻlovi mavjud emas.

T/r Familiya Ism Fakultet
1 Zulunova Nasiba Avtomatik boshqaruv va kompyuter muhandisligi
2 Hikmatullayev Shamshod Avtomatik boshqaruv va kompyuter muhandisligi
3 Mirsaidov Rashid Avtomatik boshqaruv va kompyuter muhandisligi
4 Ishanxanov Ayyubxon Avtomatik boshqaruv va kompyuter muhandisligi
5 Xaitov Javohir Avtomatik boshqaruv va kompyuter muhandisligi
6 Isroilov Abdulahad Avtomatik boshqaruv va kompyuter muhandisligi
7 Sherikbayev Ibroxim Mashinasozlik muhandisligi
8 Xojimurodov Og`abek Sanoatda xoʻjalik qurilishi va arxitektura
9 Sodikova Samirabonu Sanoatda xoʻjalik qurilishi va arxitektura

IKKINCHI TOIFA:

50.00 va undan yuqori toʻplaganlar, toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi kurs (First Level) ga qabul qilinadilar va kelasi kirish imtihonlarining may va iyul oylaridagi natijalariga koʻra TOʻLIQ GRANT uchun koʻrib chiqiladi. Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega boʻlmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) 2023-yil dekabr oyining oxiriga qadar topshirishlari shart *. Bir oʻquv yili uchun oʻqish toʻlovi 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) soʻmni tashkil qiladi.

UCHINCHI TOIFA:

20.00 va undan yuqori, ammo 50.00 dan past ball toʻplaganlar, toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi kurs (First Level) ga qabul qilinadilar. Agar ular aprel-iyul oylarida tashkillashtiriladigan pullik intensiv kurslarni muvaffaqiyat tamomlasalar. Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega boʻlmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) 2022-yil dekabr oyining oxiriga qadar topshirishlari shart *. Bir oʻquv yili uchun oʻqish toʻlovi 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) soʻmni tashkil qiladi.

* Agar abituriyent IELTS sertifikatini oʻz vaqtida taqdim etmasa, u avtomatik ravishda birinchi kurs (Preparatory Year) ga tushirib yuboriladi.

TOʻRTINCHI TOIFA:

10.00 va undan yuqori, ammo 20.00 dan past ball toʻplaganlar, IELTS sertifikatining mavjud yoki mavjud emasligidan qat’iy nazar, 2023-2024 oʻquv yilida birinchi kurs (Preparatory Year)ga qabul qilinadilar. Bir oʻquv yili uchun oʻqish toʻlovi 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) soʻmni tashkil qiladi. Ushbu toifaga IELTS (kamida 5,5 ball) sertifikatini berish muddati – oʻquv yili soʻngiga qadar.

BESHINCHI TOIFA:

10 balldan kam ball toʻplaganlar belgilangan qabul chegarasidan oʻta olmaganlari sabab universitetga qabul qilinmadilar.

Shartnomalarni rasmiylashtirish Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti binosida 2023-yil 27-may soat 09:00 dan boshlab amalga oshiriladi.

May oyidagi kirish imtihonlari (2-bosqich) qoidalari tez orada e’lon qilinadi.


Qabul komissiyasining ishi uchun mas’ul shaxslar:

Rektor – Inoyatxodjayev Jamshid Shuxratullaevich

Prorektor – Fulvio Rinaudo

Dekan – Abdullayev Farhod Bahramovich

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti ma’muriyati ushbu roʻyxatdan tashqari shaxslarning faoliyati uchun javobgar emas.

Kerakli hujjatlar roʻyxati:
Ariza beruvchi pasportining asl nusxasi;
Ariza beruvchining ota-onasining pasport nusxasi.

Barcha savollar boʻyicha raqamlar:
71 246-80-51 / 52,
71 246 63 48

Elektron pochta: admission@polito.uzManzil: Kichik Kichik Halqa Yoʻli koʻchasi 17, Olmazor tumani, Toshkent 100095, Oʻzbekiston