1

Loyiha tashkilotlari o’rtasida tanlov

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi, Shifonur koʼchasi 75-А uy manzili boʼyicha joylashgan talabalar yotoqxonasi binosini kapital taʼmirlash va rekonstruktsiya qilish boʼyicha loyiha-smeta xujjatlarini ishlab chiqish boʼyicha tanlov eʼlon qiladi.

Tanlov ishtirokchilaridan kelib tushgan takliflar quyidagi mezonlar boʼyicha baholanadi:

Tartib raqam № Talablarning nomlanishi Ball
1 Obyektni oʻrganganligi va ishlarni oʻz vaqtida topshirish toʻgʻrisida kafolat xati (obyekt mavjud holati va bajarilishi lozim boʻlgan ishga loyiha taklifidan fotosuratlar ilova qilinsin) 20
2 Tanlov ishtirokchilari tomonidan korrupsiya koʻrinishlariga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha kafolat xatining mavjudligi 5
3 Tashkilotda faoliyat yurituvchi xodimlar soni 10 va undan yuqoriligi (F.I.Sh., lavozimi hamda ish tajribasi (yil) haqida toʻliq maʼlumot, QR kodi bilan. 10
4 Loyiha ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan asbob-anjomlar va kompyuter texnikalari mavjudligi 10
5 Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligining ⅡI va undan yuqori toifadagi qurilish obyektlarini mukammal va joriy ta`mirlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun litsenziya mavjudligi 10
6 Tashkilotning Davlat idoralari roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma mavjudligi 5
7 Loyiha – qidiruv ishlarini olib borish muddati (asoslovchi hujjatlar bilan) 10
8 Bankdan kartoteka mavjud emasligi haqida asl nusxada malumotnoma 5
9 Soliq organidan soliq va boshqa majburiy toʻlovlardan qarzdorligi mavjud emasligi toʻgʻrisida ma’lumotnoma mavjudligi 5

Tanlovga takliflar topshirish muddati joriy yil 3 – apreldan 17 – aprelgacha. Takliflar ilovadagi texnik topshiriq boʼyicha.