1

“Yangi O‘zbekistonda – yangi tahrirdagi Konstitutsiya”

Joriy yilning 18 va 20 aprel kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Yangi O‘zbekistonda – yangi tahrirdagi Konstitutsiya” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Olmazor Tumani 4-sonli IIB, profilaktika inspektori, leytenant Ismoilova A.F., podpolkovnik, Olmazor Tumani 4-sonli IIB katta inspektori – Yusupov Sh.N.- va universitet xodimlari ishtirok etdi.
Davra suhbatida yangi tahrirdagi Konstitutsiya yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi rivojiga xizmat qilishi, eng avvalo esa “Inson qadri uchun” gʻoyasini ustuvor yoʻnalish sifatida belgilashi qayd etildi.