You are currently viewing TTPU rektori talabalarga ma’ruza o’qidi

TTPU rektori talabalarga ma’ruza o’qidi

12 may kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori, t.f.d. Inoyatxodjayev Jamshid Shuxratullayevich talabalarga “O‘zbekistonda elektromobillarni rivojlantirish istiqbollari: muammolar va yechimlar” mavzusida ma’ruza o‘qidi.

Ma’ruzada, “yashil iqtisodiyot” ga o‘tish sharoitida elektomobillardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari, afzallik va kamchiliklari, mamlakatimizda elektromobillarning rivojlanish dinamikasi, quvvatlash stansiyalarining dunyo bo‘ylab hamda mamalakatimizdagi infratuzilmasi tahlil qilinib, tinglovchilarga mavzuga oid foydali va qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi.
Ma’ruza ingliz tilida o‘tkazilib, xohlovchilar tegishli ilova orqali onlayn ravishda qatnashish imkoniga ham ega bo‘lishdi.

Ma’ruza yakunida, tinglovchilar rektorga o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarini berib, ularga atroflicha javob oldilar.

416
image_pdfimage_print