TTPUda “XOTIN-QIZLAR O`RTASIDA TAZYIQ VA ZO`RAVONLIKLARNI OLDINI OLISH” MAVZUSIDAGI TADBIR BO‘LIB O‘TDI.
2023-yil 01-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalariga “Xotin-qizlar o‘rtasida tazyiq va zo‘ravonliklarni oldini olish” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Dastlab kirish so‘zini universitet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi F.Nabixanova boshlab berdi. So‘zida ayollarning huquqlari davlat tomonidan, yangi ishlab chiqilgan Konstitutsiyada ham o`z tasdig`ini topganligi ayollarga nisbatan qo`llanilayotgan zo‘ravonliklarga nisbatan qat’iy chora-tadbirlar qo`llanilayotganligi to‘g‘risida aytib o‘tdi.
Olmazor tumani IIO FMB 4-son IIB XQMBI katta leytenent O.Ismoilova 2019-yil 2-sentyabr kuni qabul qilingan O‘RQ 562-son “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar to‘g‘risida”gi, xuddi shu kuni qabul qilingan 561-sonli “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlarining mazmun-mohiyatlari tushuntirib o‘tildi. Bundan tashqari himoya orderi nima ekanligi, undan qay tartibda foydalanish mumkinligi, himoya orderi shartlari buziladigan bo‘lsa qanday javobgarlik masalalari borligi bo’yicha talabalarga tushuntirish ishlari berib o’tildi.
4-son IIB HPB katta profilaktika inspektori podpolkovnik Sh.N.Yusupov o‘quvchi-talabalarga universitet ichki tartib-qoidalariga amal qilib yurishlari lozimligi, turli xil huquqbuzarlik holatlarini sodir etmasliklari kerakligi to‘g‘risida ogohlantirib o`tdilar.
Ma’ruza so‘nggida tyutorlar ichki tartib-qoidalarga barcha talabalar bo‘ysunishi kerakligini aytib yig‘ilishga yakun yasaldi.