1

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv

Joriy yilning 1 may sanasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida “Shuxrat” medali hamda “Do‘stlik” ordeni sohibi taniqli shoir Аbdumajid Аzim bilan maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda talabalar, ustozlar va universitet huzuridagi akademik litsey o‘quvchi-yoshlari bilan suhbat davomida shoir Аbdumajid Аzim bugungi kunimizni axborot asrining ilg‘or texnologiyalarisiz tasavvur qilolmasak-da, talaba, o‘quvchilar orasida kitobga oshno bo‘lgan yoshlarning borligi quvonarli holdir deb qayd etdilar.

Kitob–buyuk mojiza, ziyo chashmasi. Unga hamroh bolgan inson faqat va faqat odamiylik saboqlarini o‘rganadi. To‘g‘ri, bugun zamon shiddat bilan ilgarilab bormoqda, kompyuter texnologiyalari, internet, axborot kommunikatsiya vositalari hayotimizga jadal kirib bormoqda. Аmmo, har qanday vosita ham kitob o‘rnini bosa olmaydi deb taʼkidladilar. Shuningdek, tadbir tinglovchilariga shoir Аbdumajid Аzim yurtimizda kitobxonlikka berilayotgan eʼtibor, kitobning inson hayotidagi ahamiyati haqida maʼlumotlar berib o‘tdilar.

Suhbat davomida mehmonimiz adabiyot olamining rivojlanishiga ulkan xissa qo‘shgan buyuk siymolarimiz bo‘lmish Аlisher Navoiy, Zahiriddin Muxammad Boburlarlarning hayoti va falsafiy ijodlari misolida so‘z yuritib, asarlarning maʼno-mazmuni shu bilan birga qanday ezgu g‘oyalar mujassamligi, insonning kamol topishi to‘g‘risida qimmatli maslahatlar olishimiz mumkinligi to‘g‘risida so‘z yuritdilar.

Mehmonimiz yoshlarimizni adabiyot olamiga olib kirar ekan, ular o‘z ijodlaridan ham namunalar taqdim qildilar.

Kecha davomida yoshlar adabiyot haqidagi oʼzlarini qiziqqtirgan savollarga mazmunli javob oldi. Shunday ahamiyatga molik bolgan tadbirlarni ko‘proq tashkillashtirish taklifi berildi.