1

Toshkent shahridagi Turin poltexnika universiteti bitiruvchilarining amaliyot yakuni bo’yicha Maxsus komissiya imtihonlari o‘tkazildi

Ma’lumki, bugungi kunda oliy ta’lim tizimida kadrlar sifatini oshirish uchun talabalarning o‘quv jarayonida nazariy tomondan olgan bilimlarini yanada mustahkamlash, uni amaliyotda qo‘llash hamda ularni muhandislik sohasida ishlab chiqarishga tayyor malakali yetuk mutaxassis kadr qilib yuborish ta’limning asosiy qismiga aylangan.

Joriy yilning 11-13 iyun kunlari Toshkent shahridagi Turin poltexnika universiteti bitiruvchilarining amaliyot yakuni bo’yicha Maxsus komissiya imtihonlari o‘tkazildi.

Unda universitet kafedra professor-oʻqituvchilari, shuningdek Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi, Huawei kompaniyasi, Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot institutidan bir qator mutaxassis xodimlar ekspert sifatida ishtirok etdilar.

Mazkur imtihon davomida talaba amaliyot davrida erishgan bilim, ko‘nikma va malakalari hamda loyihalari aks etgan taqdimotini komissiya a’zolari oldida himoya qildi.

Maʼlumot uchun: aprel oyining ikkinchi haftasidan boshlab 500 taga yaqin bitiruvchi talabalar oʻquv rejasiga muvofiq 4-5 haftalik taʼlim yoʻnalishlari (mutaхassisliklar) boʻyicha shartnomalar asosida yurtimizning yetakchi ishlab chiqarish korxona va tashkilotlariga yuborildi. Ishlab chiqarish amaliyotini muvaffaqiyatli oʻtagan talabalar oʻqishni tugatgandan soʻng ushbu tashkilotlarda yoki ularning mintaqaviy boʻlinmalarida ishlash takliflarini olishga ham erishdilar.