1

2024 YIL UCHUN MAGISTRATURAGA QABUL OCHILDI

Agar Siz Yevropa standartlariga javob beradigan bilim olishni istasangiz, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining magistratura bosqichiga o‘qishga kirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Bu yerda siz o‘z orzularingizni ro‘yobga chiqarib, muhandislik va biznesni boshqarish sohasida zamon talablariga mos mutaxassis bo‘lishingiz mumkin. TTPUda har bir bo‘lajak mutaxassis uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy bilimlarni egallash uchun barcha imkoniyatlar mavjuddir. 

Joriy oʻquv yilida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalarni quyidagi mutaxassisliklar boʻyicha magistraturada oʻqishni davom ettirishga chorlaydi:

  • “Axborot va aloqa muhandisligi” (Information and Communication Engineering): Kvota: 25

•    “Tarixiy obidalarni restavratsiya qilish va saqlash” (Restoration and Conservation of Historical Monuments): Kvota: 25 ta

•    “Biznesni boshqarish” (Master of Business Administration — MBA): Kvota: 100

Bo‘lajak magistrlar bakalavr diplomini va ingliz tilini kamida B1 darajasida bilish sertifikatini taqdim etishlari kerak. Magistraturani muvaffaqiyatli tamomlagan magistrlarga Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining diplomi beriladi.

Magistraturada o‘qishga talabgorlar 2024-yil 25-avgustga qadar Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti sayti (https://polito.uz/qabul/) orqali ro‘yxatdan o‘tishlari va saytda ko‘rsatib o‘tilgan tegishli hujjatlarni yuklashlari kerak.

Magistraturaga qabul tanlov asosida amalga oshiriladi.