1

TTPU va Kyungil universiteti o’rtasidagi o’zaro hamkorlik mustahkamlandi

Bugun, 2-4-oktabr kunlari Inno innovatsion ishlab chiqarish texnoparkida bo’lib o’tayotgan Koreya-O’zbekiston sanoat – akademiya, innovatsiyalar haftaligi doirasida “Ajin Group” kompaniyasi raisi Sea Jungho va Kyungil universiteti prezidenti Hyun-Tae Chung boshchiligidagi Janubiy Koreya delegatsiyasi Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida, TTPU rektori Olimjon To’ychiyev mehmonlarga universitet bo’ylab ekskursiya tashkil etib, universitet talabalari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, TTPUning o’quv va ilmiy yutuqlari bilan tanishtirdi.

Mazkur uchrashuv doirasida avtomobilsozlik, muhandislik sohalarida 2+2 ta’lim dasturini tashkil etish, qo’shma ilmiy tadqiqotlarni olib borish va talabalarni stajirovkaga yuborish bo’yicha masalalar muhokama qilinib, ushbu yo’nalishlar bo’yicha Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Kyungil universiteti o’rtasida o’zaro hamkorlik anglashuv memorandumi imzolandi.