1

“Senga posbonmiz, Vatan!”

Ona yurtni sevish, uni ko‘z qorachig‘idek asrash, istiqloli va istiqboli, osoyishtaligi va farovonligi uchun kurashish, bu yo‘lda hatto o‘z jonini tikish, mohiyatan haqiqiy tinchlikparvarlik ruhida tarbiyalanish har bir o‘zbek o‘g‘lonining burchidir. Harbiylarimiz tun-u kun qo‘lni qo‘lga berib, hattoki jonlarini ham fido qilib, ona zaminlarini sarhadlarini dahlsizligini himoya qilib kelishmoqda.

“Vatan himoyachilari kuni” Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida keng nishonlandi. Tadbirda universitetning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A.Ashurov, O‘zbekiston Kinoarboblar Ijodiy uyushmasi raisi M.Matchonov va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist R.Aliev, universitet va akademik litsey professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.

Tadbirni Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A.Ashurov ochib berdi. U o‘z so‘zida bugungi kunda Vatanni himoya qilish yoshi, faoliyat sohasi va kasbidan qat’iy nazar har bir fuqaroning chinakam sharafli burchiligi, aynan shu sababli Respublikada Vatan himoyachilari kuni bayramini nishonlashga qaratilvotgan e’tibor, milliy armiya jamiyatimizning ajralmas qismiga hamda o‘sib kelayotgan yosh avlod va harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning faol hayotiy pozitsiyasini mustahkamlash, mamlakat kelajagi uchun fuqarolik ma’suliyati hissini oshirishga xizmat qiluvchi yetakchi institutga aylanayotgani xaqida gapirib o’tdi.

Universitet qoshidagi akademik lisey o‘quvchilari Vatan tuyg‘usi, yurt tinchligi, Ona Vatanga bo‘lgan muxabbat haqidagi she’rlari bilan tadbirning badiiy qismini ochib berdilar.Navbatdagi so‘z O‘zbekiston Kinoarboblar Ijodiy uyushmasi raisi M.Matchonovga va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist R.Alievga berildi. Ular tadbir so‘ngida namoyish etish uchun olib kelingan postanovkachi rejissyor Akbar Bekturdiev tomonidan tasvirga olingan vatanparvarlik haqidagi “Tinchlik ortida” fil’mining maqsadi, o‘ynagan rollari, epizodlari va o‘z ta’surotlari haqida gapirib berdilar. So‘ng talabalar e’tiboriga ta’sirchan, hayotiy va yorqin voqealar orqali hikoya qilingan “Tinchlik ortida” fil’mi namoish etildi.