1

“QIZLAR DAVRASI-2020” ko‘rik-tanlovi

Ayollarni, qizlarni bahorga qiyoslashadi, bahorni ularga. Go‘zallik, nafosat, yangilanish bahor va ayol tushunchalarida uyg‘unlashib ketadi. Ayollarimizning oilada tutgan o‘rni beqiyos. Oqila, go‘zal ayollar o‘zlarining g‘amxo‘rligi, mehribonligi, qalbi daryoligi bilan oiladagi, qolaversa, butun jamiyatdagi muvozanatni, poklik, halollik, samimiyat va adolat muhitini saqlab turadilar.

Mamlakatimiz xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, maʼnaviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, salomatligini mustahkamlash, oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish davlatimiz siyosatiga aylangan.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti ham talaba-qizlarni har sohada iqtidorini sinab ko‘rishi uchun imkoniyat yaratib “QIZLAR DAVRASI-2020” ko‘rik tanlovini tashkil qildi. Ko‘rik-tanlovni adolatli baholash uchun o‘z ishining ustalari, tegishli soha mutahasisslari
– “Avtoradio” direktori – Kamola Ermatova
– “Banquette hall” restorani direktori – Dilnoza Sharipova
– Innovasion rivojlanish vazirligi qoshidagi Innovasialarni joriy etish markazi bosh ilmiy xodimi- O‘lmas Zoirov
-“S-class” salonining stilistlari
– “Anor” brend asoschisi va bosh dizayneri, yosh dizaynerlar kengashi raisi – Dilnoza Umirzokovalar taklif qilindi.

Ishtirokchilar 5 ta shart bo‘yicha o‘z qobilyatlarini namoyon qilishdi.
– “Ko‘zgudagi men”
– “Pazandachilik sirlari”
– “Mening innovasion g‘oyam”
– “Men stilistman”
– “Men podiumda”

Universitet qizlarining eng faollari – epchilligu chaqqonlikda, pazandalikda, zukkolik va bilimda o‘zlarining boshqalardan ustun ekanliklarini bildirish maqsadida bellashdilar.

Ishtirokchilar xar bir shart bo‘yicha xakamlar xayati tomonidan baxolab borildi. Talabalar o’rtasidagi “QIZLAR DAVRASI-2020” musobaqasi natijalariga ko’ra birinchi o’rin birinchi kurs talabasi Ozodova Shaxrizodaga taqdim etildi. Har bir ishtirokchiga universitet tomonidan diplom va sovg‘alar taqdim etildi.

Bunday tadbirlar qizlarimizning har tomonlama barkamol, milliy urf-an’analarimizdan boxabar voyaga yetishlarida katta ahamiyatga ega. Qizlarimizning sharqona odobi, ibo-hayosi, momolar udumlaridan xabardorliklari ularning kelgusida yaxshi turmush o‘rtog‘i, oila bekasi, ona bo‘lib voyaga yetishlari, ular kelajak oila jamiyatimizning mustahkam poydevoriga munosib hissa qo‘shishidan darakdir.