1

TTPUda ayollar psixologiyasi mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida “Hayot go‘zal, chunki unda men borman!” mavzusida malakali psixologlar tomonidan kayfiyatni ko‘taruvchi motivatsion trening bo‘lib o‘tdi. Ushbu trening TTPUning Xotin-qizlar Kengashi tomonidan tashkil etilib, unda Universitetning talaba qizlari va ayol xodimlari ishtirok etishdi.

Seminar-treningda ayollar psixologiyasi, kundalik xayotdagi turli stress holatlarni oldini olish, o‘zini sevish, negativ fikrlardan ozod bo‘lish, kechirimli bo‘lish, ijobiy fikrlar oqimini yaratib, bugungi kun uchun minnatdorlik va shukr xissi bilan yashash kabi mavzularda mazmunli suxbat bo‘lib o‘tdi. Trening davomida ishtirokchilar guruxlarga bo‘linib, qiziqarli so‘rovnomalar, psixologik o‘yinlar uyushtirildi.




XALQARO HAMKORLIK YANADA KENGAYMOQDA

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti vakillari Erasmus Plus CBHEning: Markaziy Osiyoda katta hajmdagi ma’lumotlarning intellektual tahlili-ELBA loyihasi doirasida Primorska universiteti (Koper, Sloveniya) Matematika, tabiiy fanlar va axborot texnologiyalari fakultetida xalqaro malaka oshirish kurslarini oʻtayotganliklarini mamnuniyat bilan xabar beramiz.

      Loyiha modulli kurslarning ko’p tarmoqli paketini taklif qiladi, intizom “Intelligent Big Data Analysis” (IBDA) bo’yicha bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha yuqori malakali mutaxassis sifatida ishlaydi.

Loyiha doirasida Markaziy Osiyo universitetlarining IBDA texnologiyalari va tegishli dasturiy ta’minotini o‘qitish va qo‘llash sohasidagi akademik salohiyati yevropalik mutaxassislar tomonidan mustahkamlanmoqda.




Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida innovatsion onlayn ta’lim platformasi ishga tushirildi

Yurtimizda onlayn ta’lim sifatini yaxshilash hamda professor-o’qituvchi va talabalar o’rtasida o’zaro onlayn muloqot muhitini shakllantirish maqsadida innovatsion onlayn ta’lim platforma foydalanuvchilarga qulay (user-friendly) shaklda yaratildi. Tizimda ortiqcha funksiyalar kiritilmagan bo’lib asosan universitet ma’muriyati o’quv jarayonini avtomatik boshqarishi uchun dars jadvali, talabalarni o’zlashtirish ko’rsatkichlari, davomat hisoboti, diplom ilovalari tizimda avtomatik tarzda shakllantiriladi. Shuningdek, tizimda imtihonlarni shaffof tarzda o’tkazilishi uchun juda muhim funksiyalar integratsiya qilingan bo’lib, talabalarni video kuzatuv va mikrofon orqali barcha harakatlari avtomatik tarzda nazorat qilinadi, agar talaba tomonidan ko’chirmachilik yoki aldashga urinish bo’lsa, o’sha vaqtdagi video yozuvlar tizimda aks ettiriladi.

Ushbu platforma yordamida talabalar global Internet tarmog’iga ulanish imkoniyati bo’lmasa ham TAS-IX tarmog’ida onlayn tarzda darslarda ishtirok etishlari mumkin. Onlayn ta’lim platforma xavfsizlik nuqtai nazardan juda yaxshi ishlab chiqilgan bo’lib, faqatgina fanga ro’yhatdan o’tgan talabalarga ishtirok etishga ruhsat beradi, professor-o’qituvchiga talabalarni darslarda faol ishtirokini nazorat qilish imkoniyatini beradi. Platformaga kompyuter, telefon, planshet yordamida web interfeys orqali (qo’shimcha programmalarsiz) bog’lanish imkoniyati mavjud. Platformada o’tilgan darslarni avtomatik ravishda yozib olinadi va dars davomida o’zlashtira olmagan talabalar ixtiyoriy vaqtda qayta ko’rish imkoniyati mavjud bo’ladi.

Asosiysi ushbu platformani joriy etish orqali respublikamizda joriy etilgan onlayn ta’lim tizimi uchun TAS-IX tarmog’ida ma’lumotlar almashinuvi xisobiga global Internet tarmog’i uchun sarflanadigan tezlik va xarajatlar iqtisod qilinadi.




Ph.D. POSTER KUNI 2021

23 dekabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika Universitetida yillik plakat (poster)- taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Universitetning “Mashinasozlik va aerokosmik muhandislik” hamda “Arxitektura-qurilish” kafedralarida tahsil olayotgan doktorantlar universitet professor-o‘qituvchilariga 2021-yildagi faoliyati yakunlari bo‘yicha o‘z hisobot taqdimotlarini taqdim etdilar. Bu doktorantlarning ikkinchi poster taqdimoti sanaladi. Bu yil taqdimotlar yuqori saviyada o‘tgani, doktorantlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi yuqoriligi, hamda o‘z ilmiy ishlariga oid savollarga ancha yaxshi javob bergani ta’kidlandi.




Harbiy sohada foydalaniladigan jihozlarga innovatsion moslama va qo‘shimchalar tayyorlanmoqda!

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti talabalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining maxsus bo‘limi qo‘shinlarida foydalaniladigan kaskaga qo‘shimcha funksiyalarni bajarishga qaratilgаn o‘zgartirishlar kiritilgan maket tayyorlandi. Ushbu maket tunda yorituvchi fonar, tungi ko‘rish vositasi, lazer qurilma va kameralar o‘rnatish imkonini beradi. Barcha qo‘shimcha vositalar 3D printer yordamida tayyorlandi.

Askar holatini o‘rganish maqsadida bronijiletga ko‘p funksiyali metamonitoring moslamasi ulandi. Natijada EKG moduliga ulangan qurilma yordamida askarning yurak urish pulsi va harorati aniqlanadi va GPS qurilmasi yordamida joylashgan lokatsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni monitoring qilish bazasiga yuborib turiladi.

Shuningdek, AK74 avtomatiga qo‘shimchalar kiritgan holda tyuning qilindi, plastmassani 3D printer yordamida quyilgan qo‘shima qulayliklar yaratuvchi moslamaga ulandi. Ushbu moslama yordamida lazer, fonar va binokl vositalarini o‘rnatish imkoniyati yaratildi. Shuningdek ushlashga qulay bo‘lishi uchun qo‘shimcha ushlash vositasi o‘rnatildi.




O‘zbekistonda Asnaro universitetini tashkil qilish konsepsiyasi taqdimoti bo’lib o’tdi

2021-yil 10 dekabr kuni Yaponiyaning “Yamanasi Gakuin” ta’lim korporatsiyasi va uning hamkorlaridan (DiDi Investments, ERC Institute, Kydon Learning System Institute va Alpha Energy Holdings) tashkil topgan delegatsiya Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Yaponiyaning “Yamanasi Gakuin” ta’lim korporatsiyasi delegatsiyasi tomonidan O‘zbekistonda Asnaro universitetini tashkil qilish konsepsiyasi taqdimoti bo’ldi. Shuningdek uchrashuv davomida hamkorlik masalasi muhokama qilindi va keying uchrashuvda hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish uchun qayta tashrif rejalashtirildi.  




Korrupsiya – rivojlanish uchun to’siq!

 Bosh qomusimiz qabul qilinganiga 29 yil to’lgani munosabati bilan va 9-dekabr Butun jahon Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan , joriy yilning 9-dekabr kuni universitetimiz konferensiyalar zalida “Prokuratura faoliyatidagi shaffoflik” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Tadbirimiz mehmonlari O’zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi boshqarma katta prokurorlari Qurbonova Mohira Jaylavovna, Mamarahimova Shahodat Yusupovnalar yoshlarimizga Konstitutsiyamizda shaxs, jamiyat va davlat oʻrtasidagi munosabatlarda oʻzaro huquq hamda majburiyatlari va ularning kafolatlari to’grisida, pandemiya davrida olib borilayotgan ijtimoiy himoyaga asoslangan islohotlar to’g’risida ma’lumotlar berdilar hamda Korrupsiya – har qanday jamiyatning taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan illat ekanligini hayotiy dalillar bilan asoslab berdilar. Tadbirning yana bir mehmoni Ta’lim muassasalaridagi Yoshlar bilan ishlash boshqarma boshlig’i o’rinbosari Eshqulov Mardonbek , Yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so’zlash bilan birgalikda talaba yoshlarni qiziqtirayotgan savollarga atroflicha javob va ko’rsatmalar berdilar. 




Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti tadqiqotchilari tomonidan bino va inshootlarning zilzilabardoshlilik darajasi o‘rganilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 -yil 30 -iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta‘minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘grisida”gi PQ-4794 sonli qarorining 7-bandiga asosan Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti qoshida “Bino va inshootlarni eksperimental tadqiq qilish ilmiy-texnik laboratoriyasi” tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinining “Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini baholash hamda elektron texnik pasportlarni shakllantirish tizimini joriy etish to‘g‘risida” gi qaroriga asosan 2021-yil 4-6-dekabr kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti  professor- o‘qituvchilari, tadqiqotchi va mutaxasislari tomonidan Andijon shahridagi Alisher Navoiy shox ko‘chasida joylashgan 13 qavatli binoning seysmik mustahkamligini baholash maqsadida maxsus uskunalar yordamida kerakli ma‘lumotlar yig‘ildi. Ushbu jarayonda binoning raqamli modelini hosil qilish uchun Germaniyada ishlab chiqarilgan Faro Focus M70 lazer skaneridan foydalanildi. Ushbu qurilma yordamida binoning uch o‘lchamli ma‘lumotlari olindi. Olingan ma‘lumotlar yordamida maxsus kompyuter dasturi (Lira SAPR) orqali binoning raqamli modeli yaratiladi va unga keraklik yuklar va parametrlar biriktirilgan xolda zilzilabardoshlilikni tahlil qilinadi.

Binoning tashqi tebranishlarga munosabatini aniqlash uchun har to‘rt qavatga uchta o‘q bo‘yicha seysmik tebranishlarni o‘lchovchi akselerometerlar o‘rnatib chiqildi. Bu usul bilan binoning xususiy tebranishi va tashqi dinamik tebranishlarga munosabatini o‘rganish maqsadida ma‘lumotlar yig‘ib olindi. Maxsus uskunalar (Metall detektor, Hummer Schimdt, Profometer) yordamida bino asoslarida ishlatilgan armatura qalinligi, beton asoslar qalinligi, beton markasi kabi ma‘lumotlar yig‘ib olindi.

Hozirda yig‘ib olingan ma‘lumotlar Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti qoshida tashkil etilgan “Bino va inshootlarni eksperimental tadqiq qilish ilmiy-texnik laboratoriyasi” professori va tadqiqotchilari tomonidan tahlil qilinib o‘rganilmoqda.




O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari boshchiligida 2021 yil 21 sentyabrda bo‘lib o‘tgan majlis 51-sonli Bayoniga muvofiq, universitetga biriktirilgan Olmazor tumani “Chimboy” va “Gulzor” mahalla fuqarolar yig‘inlari axolisi o‘rtasida joriy yilning 5 oktyabrdan 15 oktyabrgacha bo‘lib o‘tgan saylovoldi targ‘ibot-tashviqot ishlarida universitet xodimlari va professor- o‘qituvchilari faol ishtirok etishdi. Mazkur targ‘ibot-tashviqot ishlarida faol ishtirok etgan universitetning quyidagi xodim va professor- o‘qituvchilari moddiy rag‘batlantirildi:

1. Alibekov Doniyor Nurmamatovich

2. Mavlonov Otabek Anvarovich

3. Usmonov Saidislom Mannonovich

4. Azamatov Abdulaziz Irgashevich

5. Xoltursinov Erkin Berkinbayevich

6. Eshqobilov Olimjon Yusupovich

7. Yaxshilikov Jamshid Alisherovich

8. Sharipov Alisher Kalbayevich

9. Usmonov Umidjon Ravshan o‘g‘li

10. Nabixanova Fariza Sirajitdinovna

11. Allamova Gulbaxor Azatovna.




Jaholatga qarshi maʼrifat

Joriy yil 2 dekabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti konferentsiyalar zalida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida diniy qoʼmita vakillari bilan hamkorlikda, Din ishlari boʼyicha qoʼmita Toshkent shahar boshqarmasi bosh mutaxassisi Meliqoʼziev Jaxongir Valijonovich hamda Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi katta oʼqituvchisi Saidafzal Saudxanbalovich Saidjalolov ishtirokida davra suhbati boʼlib oʼtdi.




Kosmos – cheksizlikdan biznesgacha!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tomonidan 2021 yil 1 dekabrda Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida kosmik soha yutuqlarini keng yoritish maqsadida Anastasiya Stepanova hamda Vitaliy Yegorov kabi xorijiy ekspertlar ishtirokida “Kosmos – cheksizlikdan biznesgacha” mavzusidagi tadbir bo’lib o’tdi.

Anastasiya Stepanova – “Mars-160” va “SIRIUS-19” xalqaro kosmik loyihalari ekipaji aʼzosi.

Mazkur tadbirda xorijiy ekspertlar tomonidan kosmik soha bilan tanishtiruv, ekspertlarning sohadagi shaxsiy hayotiy tajribalari, hozirda sohada xususiy sektor vakillari uchun keng imkoniyatlar mavjudligi to‘g‘risidagi mavzularga bag‘ishlangan taqdimot-maʼruza bo’lib o’tdi




O’ZBEKISTONDA TEXNOLOGIK RIVOJLANISH MARAFONI

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalar va texnologiyalar transferi milliy boshqarmasida Yoshlar masalalari agentligi, Toshkent shahar hokimligi va Uzkard bilan hamkorlikda 2021-yil 15-24-noyabr kunlari texnologik taraqqiyot marafoni – TECHNOWAYS bo’lib o’tdi.
Ushbu marafon iqtidorli yoshlarning loyihalarini har tomonlama rivojlantirish va ularning texnologik bilimlarini boyitishga qaratilgan. Marafonda butun O‘zbekistondan 300 dan ortiq loyiha ishtirok etdi.
Talabamiz Asadbek O‘runov TECHNOWAYS marafonida g‘olib chiqdi va Dubayda bo‘lib o‘tadigan Expo 2020 ko‘rgazmasiga yo‘llanma oldi. Hammamiz uni tabriklaymiz.




Yong’in xavfsizlik qoidalari o’quv-mashg’uloti

Joriy yilning 28-oktabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida talabalarga yong’in xavfsizlik qoidalarini o’rgatuvchi o’quv mashg’uloti bo’lib o’tdi. Mashg’ulot davomida yong’in xavfsizlik xodimlari talabalarga yong’in paytida qanday qilib o’zini tutish, olovni tez o’chirish yo’llarini o’rgatib talabalar bilan birgalikda interaktiv topshiriqlar bajarishdi.




Tasodifiy tanlov yo’li bilan g’olib bo’lgan talabamiz Yo’ldoshev Davronbek bugun o’z sovrini – noutbuk oldi!

Talabalarning Prezident saylovida faol ishtirokini ta’minlash maqsadida ko‘plab ishtirokchilar o‘rtasida tanlov o‘tkazildi. Tasodifiy tanlov yo’li bilan g’olib bo’lgan talabamiz Yo’ldoshev Davronbek bugun o’z sovrini – noutbuk oldi! TABRIKLAYMIZ!
Agar bu safar g’alaba qozona olmagan bo’lsangiz, xavotir olmang, tanlovlarimiz yanada ajoyib sovg’alar bilan davom etmoqda!
Nimaga Turinni tanlaganingiz haqida bir daqiqalik videorolik tayyorlang va universitetimiz ijtimoiy tarmoqlarida eng ko‘p layk to‘plang:
1-o’rin: Noutbuk
2-o’rin: Planshet (10 dyum)
3-o’rin: Planshet (7 dyum)




AQSHga xizmat safari amalga oshirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4397-son qarorida avtomobil sanoatida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha belgilangan toshiriqlarni bajarish maqsadida Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Amerika Qo‘shma Shtatlarining Pitsburg davlat universiteti bilan hamkorlikda Avtomobilsozlik sohasida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha 2+2 qo‘shma ta’lim dasturini joriy etish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti rektori J.Sh.Inoyatxodjayev, birinchi prorektor A.A.Karimov va strategik rivojlantirish bo‘lim boshlig‘i J.A.Abdujalilov Pitsburg davlat universiteti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qilish va Avtomobilsozlik texnologiyasi yo‘nalishida qo‘shma ta’lim dasturining kelishuv shartnomasini imzolash maqsadida 2021 yil 31 oktabr – 7 noyabr kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlarining Pitsburg shahriga xizmat safariga borishi rejalashtirildi.

Xizmat safari bilan bog‘liq barcha harajatlar universitetning hisobidan amalga oshirilishi belgilandi.




UzAuto kompaniyasi o‘z tarkibida loyihalshtirgan ko‘chma tibbiyot markazlarini Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshirdi

Respublika rahbari tashabbusiga binoan “O‘zavtosanoat” tomonidan chekka hududlar aholisining kasalliklarini tashxislash va oldini olishga mo‘ljallangan tor yo‘nalishdagi uch turdagi ko‘chma tibbiyot markazlari loyihalashtirildi va ishlab chiqarildi.

Ginekologik, urologik va umumiy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan zamonaviy ko‘chma tibbiyot markazlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti mutaxassislari tomonidan “KAMAZ” rusumli avtomashina va “Isuzu” avtobusi negizida yaratildi.

Tibbiyot markazlarida mammologik, ultratovush va boshqa tekshiruvlar uchun zamonaviy uskunalarning o‘rnatilishi O‘zbekistonning eng chekka hududlarida tor mutaxassislar tomonidan sifatli va o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini yaratadi.

Hozirgi vaqtda O’zbekistonda tibbiy xizmat ko’rsatish darajasini yaxshilash va mamlakatning chekka hududlarida yashovchi aholining hayot sifatini yaxshilash bo’yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda va UzAvto bu dasturda bevosita ishtirok etmoqda. Shunday qilib, 2021-yilning sentyabr oyida Isuzu avtobusiga asoslangan mobil klinika va Volkswagen Caddy bazasida tez tibbiy yordam mashinalarining birinchi partiyasi Sog’liqni saqlash vazirligiga topshirildi. Bundan tashqari, 2020-yil iyul oyida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida UzAuto tomonidan Volkswagen Caddy, ISUZU D-Max va Chevrolet Damas rusumli avtomashinalar bazasida maxsus jihozlangan tez tibbiy yordam mashinalari taqdim etildi.

“UzAuto” korxonalarida ishlab chiqarilayotgan barcha maxsus tibbiy yo’nalishdagi tehnikalar zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlab kelmoqda.




Xalqaro aloqalar rivojlanmoqda

Joriy yilning 21-oktabr kuni Yaponiyaning Aychi Prefektura Universiteti vitse-prezidenti, direktori va professori Hiroaki KAWABATA O’zbekiston Respublikasi Prezident sayloviga kuzatuvchi sifatida kelgan safari davomida Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga ham tashrif buyurdi. Tashrif davomida Mr.KAWABATA universitet kampusi faoliyati bilan yaqindan tanishib kelgusidagi birgalikda hamkorliklar haqida kelishib olindi. Uchrashuv davomida professor-o’qituvchilarning ilmiy hamkorligini yo’lga qo’yish va “Axborot texnologiyalari” yo’nalishi talabalari uchun talaba almashinuv dasturini amalga oshirish haqidagi kelishuvga erishildi.




21-Oktabr

O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

Til millatning boyligi va bebaho mulki




“Kadrlar boshqaruvi, Xodimlarni boshqarish” malaka oshirish kursi.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi ikki haftalik “Kadrlar menejmenti, Kadrlar boshqaruvi” malaka oshirish kursini o’tkazdi. Kursda Ozbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Ozbekiston Respublikasi Davlat zaxiralari qo`mitasi kadrlar xizmati xodimlari ishtirok etdilar. Trening davomida xodimlarni boshqarishning zamonaviy yondashuvlari va kontseptsiyalari, mehnat qonunchiligining asoslari, mehnat shartnomasini tuzish va bekor qilish masalalari, ishga qabul qilishda psixodiagnostika va boshqalar kabi mavzularga to’xtalib o’tildi. Tinglovchilar kursni tashkillashtirganliklari uchun minnatdorchiliklarini bildirib, ijobiy fikrlar qoldirishdi.




“Energy exchange is an important factor for sustainable economic development” mavzusida xalqaro seminar

2021 yil 15 oktabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Italiya va Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonalari, Italiyaning Turin Politexnika universiteti bilan hamkorlikda “Energy transition as a viable boost for the sustainable economic development” mavzuida halqaro ilmiy- texnik konferensiya o‘tkazildi.
Xalqaro konferensiyada xorijiy universitetlar The University of Strathclyde (Buyuk Britaniya), Politecnico di Torino (Italiya) va energetika sohasida faoliyat olib borayotgan Siemens Energy, Juru Energy kabi xorijiy kompaniyalarning energetika sohasidagi yetakchi mutaxassislari onlayn va oflayn tarzda ishtirok etdilar.
Xalqaro konferensiya davomida muqobil energetika sohasida faoliyat olib borayotgan mahalliy professor-o‘qituvchilar, katta ilmiy xodimlar va mustaqil izlanuvchilar xorijiy mutaxassislar bilan tajriba almashdilar va hamkorlik aloqalarini o’rnatdilar.