1

“SHISHA: Ipak yo’li bo’ylab qumdan shisha keramikagacha” nomli yangi kitob

Qisqacha izoh

TTPUBir necha hafta oldin Italiyada CLUT (www.clut.it) tomonidan yangi ” SHISHA: Ipak yo’li bo’ylab qumdan shisha keramikagacha” kitobi nashr etildi. Kitobning hammuallifligi Turindagi Politexnika universiteti professori Massimo Tomalino va Toshkentdagi Turin politexnika universiteti professori Dilshat Tuly aganov tomonidan yaratilgan. Bu mualliflarning ikkinchi kitobidir, birinchi kitob esa “CHINNI: ruzgor buyumlardan  stomatologiya moddalarigacha” deb nomlangan bo’lib o’sha nashriyot tomonidan 2017 yilda chiqarilgan.

“SHISHA: Ipak yo’li bo’ylab qumdan shisha keramikagacha” kitobining birinchi qismi bir necha  ming yillar oldin birinchi shisha paydo bo’lgani, uning san’atdagi , arxitektura va fan tarixidagi ahamiyatiga bag’ishlangan. Shuningdek, kitobxonga Buyuk Ipak yo’li bo’ylab qiziqarli (virtual) sayohat taklif etiladi: bu munosabatda Evrosiyoning g’arbiy va sharqiy mamlakatlarida turli xil oynalardan foydalanish dunyoning turli qarashlari bilan chambarchas bog’liq. Shunday qilib, shisha  tarixi asrlar davomida  ijtimoiy hodisalari bilan uzviy bog’liqlikda taqdim etilgan.

 

TTPU

Ikkinchi qism shisha sohasidagi ilm-fan va texnologiyalarga bag’ishlangan bo’lib, unda shishaning tarkibiy nazariyalari asoslari, silikat shisha va shisha keramika ishlab chiqarish usullari, shuningdek tarkib- xususiyat -funktsiya munosabatlari tahliliga alohida e’tibor qaratilgan.

Tarix davomida shishaning rivojlanishi xronologiyasi kitobning oxirida berilgan bo’lib, unda shishaning evolyutsiyasidagi asosiy yutuqlar va insoniyatga ta’siri haqida batafsil xronologik jadval keltirilgan.

Ushbu kitob koplab kitobxonlar, shu jumladan talabalar va aspirantlar, olimlar, akademik va sanoat doiralari tadqiqotchilari, shuningdek, shunchaki shisha mavzusiga qiziqqan va bu haqda ko’proq bilishni istaganlar uchun foydali bo’lgan qimmatbaho, fanlararo, qat’iy, ammo tushunish oson bo’lgan sharhni taqdim etadi.

 

 




Koinot tizimlari va aloqa muhandisligi bo‘yicha yangi o‘quv dasturi

TTPUToshkent shahridagi turin politexnika universitetida yer sun’iy yo‘ldoshi bilan bog‘liq tadqiqotlar loyihasiga start berildi

2019 yil 15 noyabrdan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TTPU) Yevropaning Erasmus+ dasturi bo‘yicha xalqaro va mahalliy bir nechta universitetlar bilan hamkorlikda “Koinot tizimlari va aloqa muhandisligi bo‘yicha yangi o‘quv dasturi” (“New study program in space systems and communications engineering” – SPACECOM) loyihasini boshladi.

 

TTPULoyiha yuzasidan 20 noyabrda barcha hamkor universitet va tashkilotlar Toshkent axborot texnologiyalar universiteti (TATU) da uchrashdilar. Yevropadagi hamkorlardan Berlin texnika universiteti (Germaniya) va EXOLAUNCH (Germaniya) kompaniyasi qatnashdi. Uchrashuvda loyihaning asosiy vazifalari va muddatlari kelishib olindi.

Ushbu loyiha yuzasidan hamkorlar tomonidan 2020 yil 4 martda TATUda birinchi konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

 

 

 




GRBS jamoasi va Turin Рolitexnika Universitetining birinchi respublika tanlovidan fotoreportaj

Tanlovga kelgan barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz.

Tanlov natijalari 10 kun ichida GRBS va TTPU rasmiy marosimida e’lon qilinadi.

Qo’shimcha savollar uchun bizning ofisimizga keling yoki quyidagi raqamlarga murojaat qiling.

📍Toshkent shahri, Mirzo Ulug’bek tumani, Mustaqillik shoh ko’chasi, Buyuk Ipak Yo’li ko’chasi 2, GRBS® xalqaro kampusi

+998 78 129 19 19

📲: +998 90 188 56 86

📬 info.tashkent@grbs.com

📱 Telegram: https://t.me/MyGRBS

📱 FB: https://www.fb.com/grbsuzbekistan

📱 Instagram: https://www.instagram.com/grbs_uzbekistan




Siz intellektual salohiyatingizni oshirmoqchimisiz?

Tengdoshlaringiz orasida eng ZO‘RI bo‘lmoqchimisiz? Do‘stlar davrasini kengaytirmoqchimisiz? qimmatbaho sovg‘alar sohibiga ega bo‘lmoqchimisiz? Unda bizning tanlovda ishtirok eting! Tanlov – sizga KATTA IMKON beradi.
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, ilk bora “Eng yaxshi kitobxon jamoa” tanlovini tashkil qiladi va yangi moxir hozirjavob kitobxonlarni kashf etadi. Siz ham o‘z iqtidoringizni namoyon qiling!
Arizalar 1 fevraldan 29 fevralga qadar qabul qilinadi.
Tanlov quyidagi shartlardan iborat:
1.” O‘zbek adabiyoti bilimdonlari”
2.” Jahon adabiyoti bilimdonlari”
3.” She’riyat”
4.“ Erkin sahna ko‘rinish”
“Eng yaxshi kitobxon jamoa” tanlovining 2020 yilgi mavsumi uchun saralab olingan kitoblar ro‘yhati haqida “Yoshlar bilan ishlash” bo‘limi (202xona)dan ma’lumot olishingiz mumkin.
Yuqori ballga ega bo‘lgan jamoalar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.




«2 + 2» dasturi – milliy ta’lim standartlarining Yevropa ta’limi bilan integratsiyalashuvi

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti tomonidan Andijon mashinasozlik instituti bilan birgalikda «2+2» ta’lim modelini ishlab chiqish va tashkil etish bo’yicha shartnoma imzolandi. Qo’shma dastur O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-iyuldagi PQ-4397-sonli «O’zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlanishiga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qaroriga binoan amalga oshirildi.

Qo’shma dasturning maqsadi ikki oliy o’quv yurti o’rtasida ilg’or o’quv resurslaridan foydalangan holda xalqaro ta’lim standartlarini joriy etish va iqtidorli o’qituvchilarni o’quv dasturlarga jalb qilishdir. Ushbu dastur mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega, zamonaviy global dunyoqarashning yuqori darajasiga, muhandislik fanida kuchli qobiliyat va qaror qabul qilishda muammolarning moxiyatini tez ilg’ab oladigan raqobatbardosh talabalarni tayyorlashga yordam beradi.

Dasturga muvofiq, Andijon muhandislik institutini akademik ko’rsatkichlari va ingliz tilini bilish darajasiga ko’ra, muvaffaqiyatli tamomlagan ikkinchi bosqich talabalari Toshkentdagi Turin politexnika universitetining uchinchi bosqichiga qabul qilinadi. Universitetni tamomlagach, har ikki ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan mezon va talablarga javob beradigan talabalar tegishli bakalavr darajalariga hamda Andijon mashinasozlik instituti va Toshkentdagi Turin politexnika universitetining diplomlariga ega bo’ladilar.

TTPUJoriy 2019-2020 o’quv yilidan boshlab «2 + 2» dasturi bo’yicha mashinasozlik texnologiyasi yo’nalishi bo’yicha birinchi talabalar qabul qilindi. “«2 + 2» dasturi – bu davlat va xalqaro miqyosda bilim, tajriba va ikki tomonlama diplom olish uchun ajoyib imkoniyatdir. Men bunday imkoniyatning birinchi egalaridan biri bo’lganimdan xursandman”, – dedi Izzatullo Rahmonov, ushbu dasturda tahsil olayotgan uchinchi bosqich talabasi.

 

Kelgusida «2 + 2» dasturi bo’yicha boshqa sohalarda ham mutaxassislar tayyorash va bu loyihani kengaytirish ko’zda tutilgan. Umid qilamizki, universitetlar tomonidan tashkil etilgan bakalavr qo’shma dasturining ikki tomonlama diplom olish to’g’risidagi shartnomasi mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati salohiyatini rivojlantirish uchun yaxshi asos bo’ladi.




“Senga posbonmiz, Vatan!”

Ona yurtni sevish, uni ko‘z qorachig‘idek asrash, istiqloli va istiqboli, osoyishtaligi va farovonligi uchun kurashish, bu yo‘lda hatto o‘z jonini tikish, mohiyatan haqiqiy tinchlikparvarlik ruhida tarbiyalanish har bir o‘zbek o‘g‘lonining burchidir. Harbiylarimiz tun-u kun qo‘lni qo‘lga berib, hattoki jonlarini ham fido qilib, ona zaminlarini sarhadlarini dahlsizligini himoya qilib kelishmoqda.

“Vatan himoyachilari kuni” Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida keng nishonlandi. Tadbirda universitetning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A.Ashurov, O‘zbekiston Kinoarboblar Ijodiy uyushmasi raisi M.Matchonov va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist R.Aliev, universitet va akademik litsey professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.

Tadbirni Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A.Ashurov ochib berdi. U o‘z so‘zida bugungi kunda Vatanni himoya qilish yoshi, faoliyat sohasi va kasbidan qat’iy nazar har bir fuqaroning chinakam sharafli burchiligi, aynan shu sababli Respublikada Vatan himoyachilari kuni bayramini nishonlashga qaratilvotgan e’tibor, milliy armiya jamiyatimizning ajralmas qismiga hamda o‘sib kelayotgan yosh avlod va harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning faol hayotiy pozitsiyasini mustahkamlash, mamlakat kelajagi uchun fuqarolik ma’suliyati hissini oshirishga xizmat qiluvchi yetakchi institutga aylanayotgani xaqida gapirib o’tdi.

Universitet qoshidagi akademik lisey o‘quvchilari Vatan tuyg‘usi, yurt tinchligi, Ona Vatanga bo‘lgan muxabbat haqidagi she’rlari bilan tadbirning badiiy qismini ochib berdilar.Navbatdagi so‘z O‘zbekiston Kinoarboblar Ijodiy uyushmasi raisi M.Matchonovga va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist R.Alievga berildi. Ular tadbir so‘ngida namoyish etish uchun olib kelingan postanovkachi rejissyor Akbar Bekturdiev tomonidan tasvirga olingan vatanparvarlik haqidagi “Tinchlik ortida” fil’mining maqsadi, o‘ynagan rollari, epizodlari va o‘z ta’surotlari haqida gapirib berdilar. So‘ng talabalar e’tiboriga ta’sirchan, hayotiy va yorqin voqealar orqali hikoya qilingan “Tinchlik ortida” fil’mi namoish etildi.




O’qish uchun grant taqdim etuvchi tanlovga qabul boshlandi!

Toshkentdagi Buyuk Britaniyaning NCC Education Kampusi – GRBS®, Turin Politexnika Universiteti (TTPU) bilan hamkorlik shartnomasi asosida o’qish uchun grant taqdim qiluvchi O’zbekistondagi dastlabki o’quv tanlovini e’lon qiladi.

🗓Tanlov sanasi: 2020-yil 25-yanvar
🕛O’tkazilish vaqti: 12:00

‼️Ro’yxatdan o’tish: Ro’yxatdan o’tish (majburiy) 24-yanvar soat 17:00da tugaydi

Onlayn ro’yxatdan o’tish: bit.ly/GRBS-Turin-Grantlar

Tanlovda ishtirok etish BEPUL

📍Tanlov o’tkazilish manzili: 100077, Toshkent shahri, Mirzo Ulug’bek tumani, Buyuk Ipak Yo’li ko’chasi, 2, GRBS® Tashkent – Xalqaro Kampusi

❗️Tanlovda quyidagi talablarga javob beradigan barcha talabgorlar ishtirok etishlari mumkin:
♦️Talabgor oliy ma’lumotga ega bo’lmasligi kerak
♦️Talabgor biron bir oliy o’quv yurtining talabasi bo’lmasligi kerak

📚Tanlov quyidagi fanlar bo’yicha o’tkaziladi:
Ingliz tili
Matematika
Fizika

Qo’shimcha ma’lumot uchun murojaat qiling:
📞 +998 78 129 19 19
📲: +998 90 188 56 86
📬 info.tashkent@grbs.com
📱 Facebook (https://www.fb.com/grbsuzbekistan)
📱 Instagram (https://www.instagram.com/grbs_uzbekistan/)
📱 Telegram (https://t.me/MyGRBS)




O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar muzeyiga ekskursiya

1992 yil 14 yanvar kuni mustaqil davlatimiz hududidagi barcha harbiy qism va bo‘linmalarni O‘zbekiston tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganligi, milliy armiyamizni isloh qilishning uzoq muddatli dasturini ishlab chiqilganligi munisabati bilan, talaba-yoshlarni O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarixi va hozirgi yutuqlari bilan tanishtirish maqsadida, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari uchun O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Davlat muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.

Ekskursiya davomida talabalar nafaqat O’zbekistonda tashkil topgan Qurolli kuchlari tarixini o’rganishga, balki muzeyning boy va keng ko’lamga ega bo’lgan Markaziy Osiyo va O’zbekiston xalqining rivojlangan harbiy san’ati tarixi ekspozitsiyalari bilan ham tanishishga muyassar bo’ldilar. Universitet talabalari muzeydagi eksponatlar bilan tanishar ekanlar, o‘tmishga xayolan sayohat qilib, qadim zamonlarda yashab o‘tgan insonlar, ularning turmush tarzi, mudofaa va qurolsozlikning rivojlanishi, o‘zlari yashab turgan hududlarni himoyalashda foydalanilgan harbiy anjomlar va qurol-yarog‘lar haqida, hamda buyuk ajdodlarimiz bo‘lmish Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mirzo Ulug‘bekka tegishli bo‘lgan eksponat va ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Muzeyga kirishda qad ko‘targan, el yurtimizning sodiq farzandi timsolini aks ettirgan “Vatanga qasamyod” haykali ham hechkimni befarq qoldirmadi.

O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Davlat muzeyiga ekskursiya talaba-yoshlarning Vatanga bo’lgan muhabbati, sadoqati, tariximizga bo’lgan hurmati va tushunchasini oshirishda yana bir qadam bo’ldi.




“Roboland” konstruktori

“Roboland” – bu elektronika va dasturlash yo’nalishi bo’yicha yoshlarga ta’lim berish maqsadida ishlab chiqilgan konstruktor bo’lib unda 200 dan ortiq elektron qurilmalar mavjud. Bu qurilmalar orqali 44 ta amaliy loyihalarni amlaga oshirsa bo’ladi. Masalan, biz kundalik hayotimizda foydalanayotgan ko’plab turdagi texnikalar, telefon, turniket tizimi, aqlli termometrlar, aqlli chiroqlar, uylar, issiqxonalar loyihalarining elektronika va dasturlash qismlarini bajarsa bo’ladi. Bundan tashqari ushbu konstruktorda o’zbek tilida yozilgan qo’llanma kitob mavjud bo’lib bu orqali o’quvchilar dastrulash va elektronika asoslarini mustaqil ravishda ham o’rganish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Eslatib o’tish kerakki ushbu qo’llanma kitob robototexnika bo’yicha o’zbek tilida yozilgan ilk adabiyot hisoblanadi.

2019 yil 27-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo’nalishiga oid fanlarni chuqur o’rganish bo’yicha ixtisoslashtirilgan maktabning yangi binosining ochilish marosimida Robototexnika musobaqalarida 2 karra Respublika chempionligini qo’lga kiritgan Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining 4-bosqich talabasi Javoxir Rahimov o’zining “Roboland” deb nomlangan konstruktori bilan tanishtirdi va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevdan konstruktorni ishlab chiqarish va yurtimizdagi barcha maktablarga tadbiq qilish bo’yicha topshiriq oldi.




❗️ABITIRUENTLAR DIQQATIGA!❗️

✅2019-yil sentyabr oyida oliy ta’lim muassasalariga kira olmagan barcha abituriyentlar uchun 🇮🇹 Toshkent Turin Politexnika Universitetidan (TTPU) ajoyib imkoniyat!

🎗Yevropaning eng nufuzli universitetlaridan birining filiali – 🇮🇹Toshkent Turin Politexnika Universiteti hamda 🇬🇧 Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi NCC Education kampusi – GRBS® (O’zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish agentligi litsenziyasi № KMO 0418) o’zaro hamkorlik shartnomasi asosida, 2020-yil kuz oyidan 🇮🇹 TTPU’da ikkinchi kursdan o’qishni boshlashni istaganlar uchun ajoyib imkoniyat taqdim etmoqda.

🇬🇧OFQUAL, UCAS, Department for Business Innovation and Skills, E-Skills UK, Council for Administration kabi Buyuk Britaniya hukumati organlari tomonidan boshqariladigan “Level 3 International Foundation Diploma for Higher Education Studies” xalqaro dasturi asosida 🇬🇧Buyuk Britaniya NCC Education kampusi – GRBS®da 2020-yil yanvar oyidan o’qishni boshlagan talabalar, 2020-yil kuzidan quyidagi yo’nalishlar bo’yicha kafolatli qabul qilinadilar:

🔷Avtomobil muhandisligi;

🔷Mashinasozlik texnologiyasi;

🔷Axborot texnologiyalari va sanoatda ABT;

🔷Qurilish va arxitektura sanoati.

⚠️Diqqat! Joylar soni qat’iy cheklangan.

Kirish testlaridan o’ting, hujjatlarni 2020-yil 31-yanvargacha topshiring va bunday noyob imkoniyatni boy bermang.

Onlayn ro’yxatdan o’tish uchun quyidagi havolani bosing:⤵️

bit.ly/Turin-January-2020

Sizni quyidagi manzilda kutamiz:

📍100077, Toshkent shahri, Mirzo Ulug’bek tumani, Mustaqillik shoh ko’chasi, Buyuk Ipak Yo’li ko’chasi 2, GRBS® Tashkent xalqaro kampusi.

🗺http://bit.ly/grbs-new

❔Qo’shimcha savollar uchun, quyidagilar orqali murojaat qiling:

📞 +998 78 129 19 19

📲: +998 90 188 56 86

📬 info.tashkent@grbs.com

📱Instagram https://www.instagram.com/grbs_uzbekistan/

📱 Telegram: https://t.me/MyGRBS

📱 FB: https://www.fb.com/grbsuzbekistan




“STEM Camp” qishki oromgohi

Tоshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab ko’magida joriy yilning 6 yanvaridan boshlab 6 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun STEM Camp qishki oromgohini ochishdi.

O’tgan yilning 24-dekabrida bolalar va ularning ota-onalari uchun robototexnika bo’yicha dastlabki mahorat darslari bo’lib o’tdi. Unda ishtirokchilar robototexnika bo’yicha asosiy bilimlar, oromgohning imkoniyatlari va bolalarga elektronika asoslarini o’rgatish va “Superqahramon” maxsus o’quv-ko’ngilochar Arduino o’quv dasturlari bilan tanishish imkoniga ega bo’ldilar.

Batafsil ma’lumotlarni STEM Camp rasmiy telegram kanali (https://t.me/stemcamp)da topishingiz mumkin.

‌Biz faol va iqtidorli talabalarimiz bilan faxrlanamiz va ularga reja va maqsadlarini amalga oshirishda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!




O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi stependiati

O’zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi mamlakatimiz ravnaqiga hissa qo’shgan munosib ishchilar va yosh faollarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga va rag’batlantirishga, ularning mehnatiy va ijtimoiy huquqlarini himoya qilishga, yosh mutaxassislarning iste’dodi va qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga, shuningdek xodimlarning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan qator ijtimoiy loyihalarni amalga oshiradi.

Joriy yilning 25 dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta opera va balet teatrida O’zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan “Yurt taraqqiyoti yo’lida birlashaylik!” shiori ostida 2019 yil yakunlari e’lon qilindi. Unda tantanali ravishda bir nechta toifalarda taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. “Eng faol yosh ishchi kasb egasi”, “Eng namunali boshlang’ich tashkilot”, “Kasaba uyushmalari federatsiyasi stipendiyasi sohibi” va boshqa nominatsiyalar bo’yicha g’oliblarga maxsus sovg’alar topshirildi.

Bu yil mamlakatimiz viloyatlari va Toshkent shahridagi oliy o’quv yurtlarining 14 ta faol va iqtidorli talabalari “Kasaba uyushmalari federatsiyasi stipendianti” nominatsiyasida g’olib bo’lishdilar.
Tanlov natijalariga ko’ra Kasaba uyushmalari Federatsiyasi stipendiatlaridan biri Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining 3-kurs talabasi Ishmuxamedov Xurshid bo’ldi. Laureat har oyda olinadigan O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi nomidan maxsus stipendiya bilan taqdirlanadi.

Laureatimiz Ishmuxamedov Xurshidni tabriklaymiz va unga o’qishlarida va oldiga qo’ygan maqsadlariga yetishishda muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!




“Deviser” konstruktorining taqdimoti

Joriy yilning 19-dekabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti ko’magi bilan startap ekotizimini yoshlar o’rtasida ommalashtirish, ularning e’tiborini fan va robototexnika sohasiga jalb qilish, shuningdek yosh ixtirochilarning loyihalarini qo’llab-quvvatlash maqsadida “Deviser” elektron dizayneri taqdim etildi.

Taqdimot davomida amaliy fizikani elektronikadan foydalangan holda o’qitishning yangi usuli – Deviser konstruktori tanishtirildi. Dizayner uch tilda (o’zbek, rus, ingliz) yo’riqnomalar va ishlanmalardan iborat bo’lib, u nozik motorli ko’nikmalarni rivojlantirishga hissa qo’shadigan holda va yosh muhandislarning robototexnika sohasiga qiziqishini oshiradigan holda ishonchli va innovatsion echimlarni namoyish etadi.

Tadbirda Innovatsion rivojlanish vazirining o’rinbosari Olimjon To’ychiev, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Alisher Sa’dullayev, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining birinchi prorektori Jamshid Inoyatxodjayev ishtirok etdilar.

Eslatib o’tamiz, “Deviser” elektron konstruktori muallifi, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabasi Ozodov Abdulhafiz, 2019 yil iyun oyida O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan startap tanlovida g’olib chiqdi va o’z loyihasini rivojlantirish uchun grant yutdi.

Taqdimot natijalariga ko’ra, maktab va maktabgacha yoshdagi bolalarning robototexnika va elektronika sohasidagi g’oyalarini qo’llab-quvvatlash maqsadida Deviser konstruktori respublikaning texnika va texnologiyalariga ixtisoslashgan o’quv muassasalariga qabul qilindi.