Universitetda inson huquqlari himoyachisi Malala Yusufzoyning asari muhokama qilindi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 23 iyun kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida kitobsevarlar klubi a’zolarining navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvi o‘tkazildi. Aksariyat talabalar yozgi ta’tilga chiqib ketganliklari sababli uchrashuv Zoom platformasi orqali onlayn formatda bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda universitetimiz xotin-qizlar maslahat kengashi raisi F.Nabixanova tomonidan mutolaa qilish uchun tavsiya etilgan pokistonlik inson huquqlari himoyachisi Malala Yusufzoyning “Men Malalaman. Tik turib ta’lim olgan va tolibonlar tomonidan xo‘rlangan qizaloq” avtobiografik asari muhokama qilindi. Tadbir avvalida ishtirokchilarda Malala Yusufzoy to‘g‘risida atroflicha ma’lumot xosil bo‘lishi uchun uning hayoti va faoliyati haqidagi videorolik namoyish etildi. Klub uchrashuvining moderatori akademik guruhlar tyutori Faxriddin O‘rolovich Sattiyev asar muhokamasini boshlab berish uchun so‘zni…

Continue ReadingUniversitetda inson huquqlari himoyachisi Malala Yusufzoyning asari muhokama qilindi

TECNOVE kompaniyasi vakillari TTPUga tashrif buyurdi.

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 21-iyun kuni, Ispaniyaning TECNOVE kompaniyasining moliyaviy masalalar bo‘yicha direktori Guzman Martin boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Uchrashuvda TTPU va TECNOVE kompaniyalari, o‘z faoliyatlari to‘g‘risida o‘zaro ma’lumot almashdi. Hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida quyidagi yo‘nalishlarni muhokama qildilar. Xususan : • Turin politexnika universiteti va TECNOVE kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash; • TTPU Texnoparki bilan xalqaro hamkorlik: mashinasozlik yo‘nalishida, maxsus texnikalarga xizmat ko‘rsatish va foydalanish, biotibbiyot muhandisligi sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish va boshqa masalalar muhokama qilindi. Ma’lumot o‘rnida: TECNOVE kompaniyasi, 35 yillik tajribaga ega bo‘lib, Yevropa mamlakatlarida 10 dan ortiq o‘z markazlariga egadir,…

Continue ReadingTECNOVE kompaniyasi vakillari TTPUga tashrif buyurdi.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi Ph.D.22/01.02.2022. T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy seminar

  • Post category:E'lonlar

20-iyun kuni soat 14.00 da Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Ma’muriy binosining 2-qavat, MAJLISlar xonasida, 05.08.06 - G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi boʻyicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Ph.D.) ilmiy darajasiga talabgor Qambarov Ikrom Nigmatullaevichning "Avtomobil yig‘ish stansiyalariga robot manipulyator integratsiya qilish usulini ishlab chiqish" mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi uchun Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi Ph.D.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy seminar majlisi bo’lib o’tadi. Join Zoom Meeting Meeting ID: 854 7183 8945 Passcode: 1111 PhD.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy seminar raisi                                                                                      K.A. Sharipov

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi Ph.D.22/01.02.2022. T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy seminar

TTPUda suzish bo‘yicha “Rektor kubogi” va master-klass o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 30-may sanasida, Suv sport turlari Respublika Oliy Sport Mahorati Maktabi tomonidan universitet talaba-yoshlari o‘rtasida suzish bo‘yicha mahorat darsi (master klass) tashkil etildi. Tadbirda Oliy Sport Mahorati Maktabi murabbiysi Vangelis Divin xamda O‘zbekiston Milliy yoshlar terma jamoasi a’zolari Ma’sud Dilmurodov va Doniyor Salimovlar ishtirok etishdi. Unda talabalarga turli uslubda suzish bo‘yicha ma’lumot berilib, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga rioya qilishga chaqirildi.So‘ng talabalar o‘rtasida 50 metr masofaga suzish bo‘yicha "Rektor kubogi" musobaqasi o‘tkazildi.Musobaqa natijalari: 1 oʻrin - Ergashev Fozil2 o'rin - Muxammadjonov Ilyos;3 o‘rin - Аbdurasulov Dovud.Gʻolib va ishtirokchilar diplom va esdalik sovgalar bilan taqdirlandi.

Continue ReadingTTPUda suzish bo‘yicha “Rektor kubogi” va master-klass o‘tkazildi

Gitara ishqibozlari uchun master-klass va tanlov o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 29-may sanasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi katta o‘qituvchisi Jo‘rabek Madraimov tomonidan musiqa ishqivozlari va gitara cholg‘u asbobida o‘z bilimlarini oshirmoqchi bo‘lgan talabalarga mahorat darsi (master klass) o‘tkazildi.Tadbir davomida musiqa to‘garagi rahbari M.Saparbayev boshchiligida Havaskor gitarachilar tanlovi ham bo‘lib o‘tdi. Unda musiqa to‘garagi a’zolari hamda gitara cholg‘u asbobida o‘ynashni bilgan universitet talabalari va akademik litsey o‘quvchilari bellashdilar. Tanlov natijasiga ko‘ra; 1-o‘rin: Hasanov Shohruh2-o‘rin: Akbaraliyev Habibulloh3-o‘rin: Irgashev Fozil egalladi.Tadbir so‘ngida har bir ishtirokchi sertifikatlar va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.

Continue ReadingGitara ishqibozlari uchun master-klass va tanlov o‘tkazildi

TTPU rektorining Saudiya Arabistonga xizmat safari.

  • Post category:E'lonlar

2023-yil 29-may sanasidan 1-iyun sanasiga qadar, Saudiya Arabistonning Qirol Abdulloh fan va texnologiyalar universitetida tashkil etiladian “Times Higher Education” tashkilotining “Global Sustainable Development Congress” tadbirida ishtirik etish maqsadida, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori J.Sh.Inoyatxodjayev, Moliya-iqtisodiyot va innovatsiya ishlari bo‘yicha prorektor J.A.Abdujalilov bilan birga Saudiya Arabistonning Thuval shahriga xizmat safariga jo‘nab ketadi.

Continue ReadingTTPU rektorining Saudiya Arabistonga xizmat safari.

2023-YIL BITIRUV DIPLOMLARINI TANTANALI TAQDIM ETISH MAROSIMI🎓

  • Post category:Yangiliklar

2023-yil 24-may kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida bitiruvchilarga tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.Marosimda «Mashinasozlik texnologiyasi», «Аxborot texnologiyalari», «Sanoatda xoʼjalik qurilishi va arxitektura», «Аvtomobil muhandisligi» yo‘nalishlarini tamomlagan 200 dan ortiq bitiruvchilar taqdirlandi.Diplomlarni Italiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi – Agostino Pinna, Turin politexnika universiteti rektori (Italiya) – Guido Sarakko va Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektori – Jamshid Inoyatxodjayevlar topshirdi. Bitiruvchilarimizni chin yurakdan tabriklaymiz va o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish yo'lida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Continue Reading2023-YIL BITIRUV DIPLOMLARINI TANTANALI TAQDIM ETISH MAROSIMI🎓

Biznes Menejment yo`nalishikirish imtihoni (1bosqich)natijalari e’lon qilindi!

  • Post category:Yangiliklar

Hurmatli abituriyentlar, 2023-2024 oʻquv yili uchun KIRISH IMTIHONLARIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTGANINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ! Ushbu rasmiy e’longa alohida e’tibor berishingizni soʻraymiz! 2023-yil 20-may da bo`lib o`tgan kirish imtihoni natijalari bilan tanishing. Yuklab oling Bundan tashqari, 20-May oyidagi qabul testiga ko'ra, natijalar to'rt toifaga bo'linadi: BIRINCHI TOIFA: 40 va undan yuqori toʻplaganlar, birinchi kursga qabul qilinadilar va O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi tomonidan TOʻLIQ GRANT ajratiladi. Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega boʻlmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) 2023-yil dekabr oyining oxiriga qadar topshirishlari shart *. IKKINCHI TOIFA: 35 va undan yuqori, ammo 40.00 dan past…

Continue ReadingBiznes Menejment yo`nalishikirish imtihoni (1bosqich)natijalari e’lon qilindi!

TTPUda stol tennisi bo‘yicha master klass o’tkazildi.

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 19 may kuni, Oʼzbekiston stol tennisi Federatsiyasi tomonidan universitet talaba-yoshlari oʼrtasida ston tennisi boʼyicha maxorat darslari (master klass) tashkil etildi. Tadbirda Xalqaro Olimpiya oʼyinlariga tayyorlash boshqarma boshligʼi Burxonxoʼjaeva Nodira Saidikramovna, Toshkent shahar stol tennisi boʼlimi ijrochi direktori Melikuziev Аkbar hamda Oʼzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya instituti talabalari - bir qator xalqaro va respublika musobaqa gʼoliblari ishtirok etishdi. N.Burxonxoʼjaeva yoshlar oʼrtasida stol tennisni ommalashtirishda Oʼzbekiston Federatsiyasining oʼrni va rivojlanishi toʼgʼrisida soʼz yuritib talabalarni stol tennisi bilan kuproq shugʼullanishga chorladi. Yosh sportchilar universitet talabalariga maxorat darslarini oʼtkazib turli oʼyin uslublarini qoʼllashni taqdim etdilar hamda ular bilan oʼzaro bellashdilar. Oʼtkazilgan maxorat darslari…

Continue ReadingTTPUda stol tennisi bo‘yicha master klass o’tkazildi.

“G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” mutaxassisligi bo‘yicha doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun malakaviy imtihon bo‘lib o‘tadi.

  • Post category:E'lonlar

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida 2023-yil 25-may soat 14:00 da 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” mutaxassisligi bo‘yicha doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun malakaviy imtihon bo‘lib o‘tadi. Malakaviy imtihon topshirish uchun nomzodlar: - Mavlonov Jamshid Ro’ziboyevich - Abdukarimov Nurmuxammad Abdunabi o’g’li

Continue Reading“G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” mutaxassisligi bo‘yicha doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun malakaviy imtihon bo‘lib o‘tadi.

Kirish imtihonlari (1-2-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

  • Post category:Yangiliklar

Hurmatli abituriyentlar, 2023-2024 oʻquv yili uchun KIRISH IMTIHONLARIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTGANINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ! Ushbu rasmiy e’longa alohida e’tibor berishingizni soʻraymiz! 2023-yil 18-may da bo`lib o`tgan kirish imtihoni natijalari bilan tarnishing. To'liq jadvalni yuklab oling 2023-yil 13-Mart va 2023-yil 18-May kunlari boʻlib oʻtgan kirish imtihoni natijalariga koʻra, 2023-2024 o`quv yili uchun toʻliq va kutilayotgan grant nomzodlari bilan tarnishing: FAKULTETLAR BO`YICHA TO`LIQ GRANTLAR(1-2-BOSQICH): 1. Avtomatik boshqaruv va kompyutermuhandisligi – 60.00 va undan yuqori to`plagan abituriyentlarga O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi tomonidan TOʻLIQ GRANT ajratiladi. 55.00 dan yuqori to`plagan abituriyentlar Iyul oyidagi kirish imtihon natijasiga koʻra TOʻLIQ GRANT uchun koʻrib chiqiladi…

Continue ReadingKirish imtihonlari (1-2-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishdi

  • Post category:Yangiliklar

Bugun, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Abdurahmonov Ibrohim Yulchiyevich Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida bo‘lib, talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Tashrif doirasida Ibrohim Yulchiyevich universitetning o‘quv auditoriyalari, sport kompleksi, texnopark, laboratoriya va startap loyihalari bilan yaqindan tanishdi. Universitet rektori, texnika fanlari doktori Inoyatxodjayev Jamshid Shuxratullayevich vazirga universitet faoliyaitni tanishtirar ekan, so‘nggi yillarda ko‘p sohalar qatorida avtomobilsozlik va bu yo‘nalishda kadrlar tayyorlash borasida salmoqli ishlar qilinayotgani ta’kidlab, universitetning hozirgi holati va rivojlanish strategiyasiga (universitet ta’lim yo‘nalishlari, energiyatejamkor quyosh panellarini o‘rnatish borasidagi ishlar, spin-off kompaniyalari faoliyati, xalqaro a’loqalari va boshqalar) oid taqdimot qildi. Shundan so‘ng, vazir universitetning professor-o‘qituvchilari bilan…

Continue ReadingOliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishdi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hududida 4 qavatli bino qurilishi boʼyicha TENDER E’LON QILINАDI

Tender muddati, tender universitetning internet portalida eʼlon qilingan kundan boshlab 20 kalendar kuni deb belgilanadi. Ilovada 1. Binoning bosh plan loyihasi; 2. Arxitektura yechimi loyihasi: 3. Texnik shartlar; 4. Baholash meʼzonlari. Tenderda ishtirok etish boʼyicha savollar yuzasidan universitet bosh muxandisi Eshmuratov Ilxom Аmanturdievichga murojaat qilish mumkin.Тел.: (98) 809 02 11.

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hududida 4 qavatli bino qurilishi boʼyicha TENDER E’LON QILINАDI

Тalabalar bahori-2023

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 27 aprel kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida an’anaviy “Talabalar bahori – 2023” festivali bo‘lib o‘tdi. Festivalni o‘tkazishdan asosiy maqsad universitetda talaba-yoshlarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning ma’naviy va madaniy saviyasini boyitish, sport, san’at, badiiy adabiyotga qiziqishlarini yanada yuksaltirish sanaladi.Tadbir doirasida prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida universitetda tashkil etilgan shaxmat, basketbol, stol tennis musobaqa g‘oliblari sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.Bayramona dastur doirasida, mamlakatimizda joriy yilning 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy voqea - referendum to‘g‘risida, ma’lumot berildi va talabalar o‘rtasida viktorina o‘tkazildi.

Continue ReadingТalabalar bahori-2023

Germaniya universitetlari bilan hamkorlik aloqalari rivojlantirilmoqda

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 27- aprel kuni, Germaniya iqtisodiyotining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi tashabbusi bilan Germaniya universitetlari va davlat idoralaridan tashkil topgan delegatsiya Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Tadbirda Tyuringiyaning iqtisodiyot, oliy ta’lim va raqamli masalalar bo‘yicha davlat kotibi boshchiligida Germaniyaning 6 ta universitetlari, Turingiya davlat idorasi, Germaniya iqtisodiyoti delegatsiyasi vakillari qatnashdi. Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Toshkent shahridagi Turin universitetining texnoparki, laboratoriya va startap loyihalari bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuvda TTPU va Germaniya universitetlari, o'z faoliyatlari to‘g‘risida o‘zaro ma’lumot almashdi. Hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida quyidagi yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Xususan :• Turin politexnika universiteti va Germaniya universitetlari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini…

Continue ReadingGermaniya universitetlari bilan hamkorlik aloqalari rivojlantirilmoqda

“Yangi O‘zbekistonda – yangi tahrirdagi Konstitutsiya”

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 18 va 20 aprel kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida "Yangi O‘zbekistonda - yangi tahrirdagi Konstitutsiya" mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Olmazor Tumani 4-sonli IIB, profilaktika inspektori, leytenant Ismoilova A.F., podpolkovnik, Olmazor Tumani 4-sonli IIB katta inspektori - Yusupov Sh.N.- va universitet xodimlari ishtirok etdi.Davra suhbatida yangi tahrirdagi Konstitutsiya yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi rivojiga xizmat qilishi, eng avvalo esa “Inson qadri uchun” gʻoyasini ustuvor yoʻnalish sifatida belgilashi qayd etildi.

Continue Reading“Yangi O‘zbekistonda – yangi tahrirdagi Konstitutsiya”

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining “Zakovat” klubi 3-bosqich uyini o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 19 aprel kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Zakovat klubining 3-bosqich uyini o‘tkazildi. Uyinni o‘tkazishdan asosiy maqsad, talabalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, darsdan tashqari bilimlarini keng doirada yanada mustahkamlash va turli mavzularda o‘zlarini fikrlarini teran ayta bilish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. O‘yinning uchinchi bosqichida 1-“SU” jamoasi 2-“Posledniy patron” jamoasi 3-“Millon” jamoalari ishtirok etdilar. Qizg‘in kechgan baxsda “SU” jamoasi ikkita savolga to‘g‘ri javob berib 2 ballni, “Posledniy patron” jamoasi beshta savolga to‘g‘ri javob berib 5 ballni va “Million” jamoasi bitta ham savolga to‘g‘ri javob berisholmadi 0 ballni, peshqadamlikka “Posledniy patron” jamoasi chiqib oldi. Tadbir so‘ngida har bir jamoadan ishtirokchilar…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universitetining “Zakovat” klubi 3-bosqich uyini o‘tkazildi
image_pdfimage_print