1

FAKULTETLAR BO`YICHA TO`LIQ GRANTLAR (1-2-BOSQICH):




Bank ma’lumotlari o’zgardi

Yangi bank rekvizitlari:
Bank: TIF Milliy Bank. AJ “Olmazor” BXM
Bank manzili: Toshkent sh., Olmazor tumani, Qoraqamish-2, 54
H/r: 20208000204790690001
MFO: 00450
INN: 301249598
OKED: 85420
Valyuta hisob raqami: 20208978204790690003 (EUR €)
Valyuta hisob raqami: 20208840904790690003 (USD $)
SWIFT: NBFAUZ2XXXX




Biznes Menejment yo`nalishikirish imtihoni (1-2-bosqich) natijalari e’lon qilindi!




Italiyada Erasmus + “MUSAE: “San’at sohasida tadbirkorlikni rivojlantirishning ko‘p tarmoqli ko’nikmalari”/ Multidisciplinary Skills for Artists’ Entrepreneurship” loyihasi doirasida treninglar o’tkazildi.

2023-yilning 6-iyulidan 13-iyuliga qadar Italiyaning L’Aquila shahrida Erasmus + “MUSAE: “San’at sohasida tadbirkorlikni rivojlantirishning ko‘p tarmoqli ko’nikmalari” loyihasi doirasida 9 ta universitet (O‘zbekiston, Falastin va Tunis) talabalarining treninglari va loyihalari taqdimotlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistondan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti,  K.Bekzod nomidagi Amaliy san’at instituti hamda O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi talabalari qatnashdi . Talabalar turli yo’nalishlarda o’zlarining innovatsion ishlarini taqdim etdilar, ularning har biri aholining turli qatlamlarini, ta’lim va kasbiy sohalarda va hokazolarni qo’llab-quvvatlash uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan to’liq loyihalardir.

Shuningdek, shu davrda loyiha boshqaruvi aʼzolarining yigʻilishi boʻlib oʻtdi, unda talabalar tomonidan taqdim etilgan ishlar, loyiha natijalarini tarqatish, kelgusidagi vazifalar va moliyaviy masalalar muhokama qilindi. Bundan tashqari, keyingi uchrashuvlar va ular bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi.




Kirish imtihonlari (1-2-3-bosqich) natijalari e’lon qilindi!




“Menejment” yoʻnalishi boʻyicha 2023-yil 15-iyul shanba kuni boʻlib oʻtadigan kirish imtihoni vaqti va qatnashuvchilar roʻyxati bilan tanishing. 

Hurmatli abituriyentlar, “Menejment” yoʻnalishi boʻyicha 2023-yil 15-iyul shanba kuni boʻlib oʻtadigan kirish imtihoni vaqti va qatnashuvchilar roʻyxati bilan tanishing. Iltimos, o’zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) va to’lov kvitansiyasini olib keling.




2023-yil 11-iyul, Seshanba kuni kirish imtihonlarida qatnashadigan abituriyentlar ro’yxati

Hurmatli abituriyentlar,  2023-yil 11-iyul, Seshanba kuni kirish imtihonlarida qatnashadigan abituriyentlar ro’yxati va tegishli vaqtlar bilan tanishing. 

Iltimos, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) va kirish imtihoni uchun to’lov kvitansiyasini olib keling.

E’tibor qarating, Menejment yo’nalishi bo’yicha kirish imtihoni 15-iyul kuni bo’lib o’tadi.




Abiturientlar ro’yxati.

Hurmatli abituriyentlar,  2023-yil 10-iyul, dushanba kuni kirish imtihonlarida qatnashadigan abituriyentlar ro’yxati va tegishli vaqtlar bilan tanishing. E’tibor bering, abituriyentlarning ko’pligi va vaqt yetishmasligi sababli, qolgan abituriyentlar 2023 yil 11-iyul, seshanba kuni imtihon topshiradilar. 2023 yil 11-iyul kuni imtihon topshiradigan abituriyentlar ro`yxati 2023-yil 10-iyul kuni e`lon qilinadi.

Iltimos, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) va kirish imtihoni uchun to’lov kvitansiyasini olib keling.

E’tibor qarating, Menejment yo’nalishi bo’yicha kirish imtihoni 15-iyul kuni bo’lib o’tadi.




Asosiy ko’rsatkichlar




Universitetda inson huquqlari himoyachisi Malala Yusufzoyning asari muhokama qilindi

Joriy yilning 23 iyun kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida kitobsevarlar klubi a’zolarining navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvi o‘tkazildi. Aksariyat talabalar yozgi ta’tilga chiqib ketganliklari sababli uchrashuv Zoom platformasi orqali onlayn formatda bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda universitetimiz xotin-qizlar maslahat kengashi raisi F.Nabixanova tomonidan mutolaa qilish uchun tavsiya etilgan pokistonlik inson huquqlari himoyachisi Malala Yusufzoyning “Men Malalaman. Tik turib ta’lim olgan va tolibonlar tomonidan xo‘rlangan qizaloq” avtobiografik asari muhokama qilindi.

Tadbir avvalida ishtirokchilarda Malala Yusufzoy to‘g‘risida atroflicha ma’lumot xosil bo‘lishi uchun uning hayoti va faoliyati haqidagi videorolik namoyish etildi.

Klub uchrashuvining moderatori akademik guruhlar tyutori Faxriddin O‘rolovich Sattiyev asar muhokamasini boshlab berish uchun so‘zni TTPU yoshlar bilan ishlash bo‘yicha birinchi prorektori Alisher Ashurovga berdi.

TTPU

A.Ashurov birinchi navbatda Malala shaxs sifatida juda kuchli va jasur inson ekanligi, o‘sha paytlarda 11 yashar qizaloq bo‘la turib qo‘rqmasdan barcha qizlar ta’lim olishga haqli ekanligini baralla ayta olishi alohida tahsinga loyiqligini aytdi. Britaniyalik jurnalist Kristina Lamb bilan hamkorlikda yozilgan ushbu avtobiografik asar juda yuksak saviyada yozilgani va o‘sha davlatlardagi real xayot aks ettirilganligi sababli o‘quvchini o‘ziga tortishini ta’kidlab o‘tdi.

So‘z navbati F.Nabixanovaga berilgach, u o‘z nutqi davomida davlatimiz xotin-qizlarni har qanday kamsitilish va tahqirlanishdan huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan himoya qiladigan barcha yirik xalqaro shartnomalarga qo‘shilganligini shuningdek, xotin-qizlarning sifatli ta’lim olishlari, qasb-hunar egallashi va ishga qabul qilinishi hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun qulay imkoniyatlar yaratilganligini misollar keltirib gapirib berdi.

TTPU

So‘zining yakunida u so‘ngi yillarda o‘qishni istaydigan qizlar soni ko‘payib borayotganligini va xozirga kelib oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning 47 %ni xotin-qizlar tashkil etayotganini aloxida mamnuniyat bilan ta’kidlab o‘tdi.

Klub a’zolari uchrashuv moderatorining muhokama mavzusiga doir berayotgan savollariga mulohazali fikrlarini bildirishib, asar qahramonlari – Malala, uning ota-onasi, qarindosh-urug‘lari va do‘stlari shaxsiyatini tahlil qilishga, Svat vodiysida yuzaga kelgan siyosiy ahvolni yoritib berishga harakat qilishdi.

Asar muhokamasi juda qizg‘in va bahs-munozaralarga boy ko‘tarinki ruhda kechdi va unda faol ishtirok etib klub a’zolari e’tirofiga sazovor bo‘lgan talaba qizlarga universitet tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.




TECNOVE kompaniyasi vakillari TTPUga tashrif buyurdi.

Joriy yilning 21-iyun kuni, Ispaniyaning TECNOVE kompaniyasining moliyaviy masalalar bo‘yicha direktori Guzman Martin boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda TTPU va TECNOVE kompaniyalari, o‘z faoliyatlari to‘g‘risida o‘zaro ma’lumot almashdi. Hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida quyidagi yo‘nalishlarni muhokama qildilar.

Xususan :

• Turin politexnika universiteti va TECNOVE kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash;

• TTPU Texnoparki bilan xalqaro hamkorlik: mashinasozlik yo‘nalishida, maxsus texnikalarga xizmat ko‘rsatish va foydalanish, biotibbiyot muhandisligi sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Ma’lumot o‘rnida: TECNOVE kompaniyasi, 35 yillik tajribaga ega bo‘lib, Yevropa mamlakatlarida 10 dan ortiq o‘z markazlariga egadir, umumiy ovqatlanish zonalari, modulli binolar va vaqtinchalik statsionar inshootlarni ta’mirlash va qurish bilan shug‘ullanadi.




Universitetimizning Stol Tennisi ishqibozlari!!

“Yoshlar kuni” munosabati bilan 19-iyun kuni soat 14:30da “Rektor kubogi” musobaqasi o’tkaziladi.
Qatnashishni xohlaysizmi?
Albatta, g’oliblarga sovg’alar mavjud
Qatnashish uchun shart juda oddiy
1️ Ism familyangizni @Abduxalil2001 yozib qoldiring

2️.Zalga sport kiyimi va albatta krossovkada keling.





Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi Ph.D.22/01.02.2022. T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy seminar

20-iyun kuni soat 14.00 da Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Ma’muriy binosining 2-qavat, MAJLISlar xonasida, 05.08.06 – G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi boʻyicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Ph.D.) ilmiy darajasiga talabgor Qambarov Ikrom Nigmatullaevichning “Avtomobil yig‘ish stansiyalariga robot manipulyator integratsiya qilish usulini ishlab chiqish” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi uchun Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi Ph.D.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy seminar majlisi bo’lib o’tadi.

Meeting ID: 854 7183 8945

Passcode: 1111

PhD.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli

Ilmiy Kengash qoshidagi

Ilmiy seminar raisi                                                                                      K.A. Sharipov




TTPUda suzish bo‘yicha “Rektor kubogi” va master-klass o‘tkazildi

Joriy yilning 30-may sanasida, Suv sport turlari Respublika Oliy Sport Mahorati Maktabi tomonidan universitet talaba-yoshlari o‘rtasida suzish bo‘yicha mahorat darsi (master klass) tashkil etildi. Tadbirda Oliy Sport Mahorati Maktabi murabbiysi Vangelis Divin xamda O‘zbekiston Milliy yoshlar terma jamoasi a’zolari Ma’sud Dilmurodov va Doniyor Salimovlar ishtirok etishdi. Unda talabalarga turli uslubda suzish bo‘yicha ma’lumot berilib, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga rioya qilishga chaqirildi.
So‘ng talabalar o‘rtasida 50 metr masofaga suzish bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqa natijalari:

1 oʻrin – Ergashev Fozil
2 o’rin – Muxammadjonov Ilyos;
3 o‘rin – Аbdurasulov Dovud.
Gʻolib va ishtirokchilar diplom va esdalik sovgalar bilan taqdirlandi.




Gitara ishqibozlari uchun master-klass va tanlov o‘tkazildi

Joriy yilning 29-may sanasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi katta o‘qituvchisi Jo‘rabek Madraimov tomonidan musiqa ishqivozlari va gitara cholg‘u asbobida o‘z bilimlarini oshirmoqchi bo‘lgan talabalarga mahorat darsi (master klass) o‘tkazildi.
Tadbir davomida musiqa to‘garagi rahbari M.Saparbayev boshchiligida Havaskor gitarachilar tanlovi ham bo‘lib o‘tdi. Unda musiqa to‘garagi a’zolari hamda gitara cholg‘u asbobida o‘ynashni bilgan universitet talabalari va akademik litsey o‘quvchilari bellashdilar. Tanlov natijasiga ko‘ra;

1-o‘rin: Hasanov Shohruh
2-o‘rin: Akbaraliyev Habibulloh
3-o‘rin: Irgashev Fozil egalladi.
Tadbir so‘ngida har bir ishtirokchi sertifikatlar va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.




TTPU rektorining Saudiya Arabistonga xizmat safari.

2023-yil 29-may sanasidan 1-iyun sanasiga qadar, Saudiya Arabistonning Qirol Abdulloh fan va texnologiyalar universitetida tashkil etiladian “Times Higher Education” tashkilotining “Global Sustainable Development Congress” tadbirida ishtirik etish maqsadida, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori J.Sh.Inoyatxodjayev, Moliya-iqtisodiyot va innovatsiya ishlari bo‘yicha prorektor J.A.Abdujalilov bilan birga Saudiya Arabistonning Thuval shahriga xizmat safariga jo‘nab ketadi.




2023-YIL BITIRUV DIPLOMLARINI TANTANALI TAQDIM ETISH MAROSIMI🎓

2023-yil 24-may kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida bitiruvchilarga tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda «Mashinasozlik texnologiyasi», «Аxborot texnologiyalari», «Sanoatda xoʼjalik qurilishi va arxitektura», «Аvtomobil muhandisligi» yo‘nalishlarini tamomlagan 200 dan ortiq bitiruvchilar taqdirlandi.
Diplomlarni Italiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi – Agostino Pinna, Turin politexnika universiteti rektori (Italiya) – Guido Sarakko va Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektori – Jamshid Inoyatxodjayevlar topshirdi.

Bitiruvchilarimizni chin yurakdan tabriklaymiz va o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish yo’lida muvaffaqiyatlar tilaymiz.




Biznes Menejment yo`nalishikirish imtihoni (1bosqich)natijalari e’lon qilindi!

Hurmatli abituriyentlar,

2023-2024 oʻquv yili uchun

KIRISH IMTIHONLARIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTGANINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ!

Ushbu rasmiy e’longa alohida e’tibor berishingizni soʻraymiz! 2023-yil 20-may da bo`lib o`tgan kirish imtihoni natijalari bilan tanishing.

TTPU
TTPU
TTPU
TTPU

Bundan tashqari, 20-May oyidagi qabul testiga ko’ra, natijalar to’rt toifaga bo’linadi:

BIRINCHI TOIFA:

40 va undan yuqori toʻplaganlar, birinchi kursga qabul qilinadilar va O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi tomonidan TOʻLIQ GRANT ajratiladi. Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega boʻlmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) 2023-yil dekabr oyining oxiriga qadar topshirishlari shart *.

IKKINCHI TOIFA:

35 va undan yuqori, ammo 40.00 dan past ball toʻplaganlar, birinchi kursga qabul qilinadilar va Iyul oyidagi kirish imtihon natijasiga koʻra TOʻLIQ GRANT uchun koʻrib chiqiladi. Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega boʻlmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) 2023-yil dekabr oyining oxiriga qadar topshirishlari shart.

UCHINCHI TOIFA:

15.00 va undan yuqori, ammo 35.00 dan past ball toʻplaganlar 2023-2024 oʻquv yilida birinchi kursga qabul qilinadilar. Ushbu toifaga IELTS (kamida 5,5 ball) sertifikatini berish muddati 2023 yil Dekabr oyining soʻngiga qadar.

TO`RTINCHI TOIFA:

15 balldan kam ball toʻplaganlar belgilangan qabul chegarasidan oʻta olmaganlari sabab Iyul oyida bo`lib o`tadigan kirish imtihoni natijalariga ko`ra talabalik safiga qabul uchun ko`rib chiqiladi.

Qabul komissiyasining ishi uchun mas’ul shaxslar:

Rektor – Inoyatxodjayev Jamshid Shuxratullaevich

Dekan – Abdullayev Farhod Bahramovich

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti ma’muriyati ushbu roʻyxatdan tashqari shaxslarning faoliyati uchun javobgar emas.

Kerakli hujjatlar roʻyxati:
Ariza beruvchi pasportining asl nusxasi;
Ariza beruvchining ota-onasining pasport nusxasi.

Barcha savollar boʻyicha raqamlar:
71 246-80-51 / 52,
71 246 63 48

Elektron pochta: admission@polito.uz

Manzil: Kichik Kichik Halqa Yoʻli koʻchasi 17, Olmazor tumani, Toshkent 100095, Oʻzbekiston




TTPUda stol tennisi bo‘yicha master klass o’tkazildi.

Joriy yilning 19 may kuni, Oʼzbekiston stol tennisi Federatsiyasi tomonidan universitet talaba-yoshlari oʼrtasida ston tennisi boʼyicha maxorat darslari (master klass) tashkil etildi. Tadbirda Xalqaro Olimpiya oʼyinlariga tayyorlash boshqarma boshligʼi Burxonxoʼjaeva Nodira Saidikramovna, Toshkent shahar stol tennisi boʼlimi ijrochi direktori Melikuziev Аkbar hamda Oʼzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya instituti talabalari – bir qator xalqaro va respublika musobaqa gʼoliblari ishtirok etishdi. N.Burxonxoʼjaeva yoshlar oʼrtasida stol tennisni ommalashtirishda Oʼzbekiston Federatsiyasining oʼrni va rivojlanishi toʼgʼrisida soʼz yuritib talabalarni stol tennisi bilan kuproq shugʼullanishga chorladi. Yosh sportchilar universitet talabalariga maxorat darslarini oʼtkazib turli oʼyin uslublarini qoʼllashni taqdim etdilar hamda ular bilan oʼzaro bellashdilar. Oʼtkazilgan maxorat darslari talabalarda stol tennisga boʼlgan qiziqishlarini yanada uygʼotdi va kelgusida musobaqalarni hamkorlikda tashkil etishga kelishildi.




“G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” mutaxassisligi bo‘yicha doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun malakaviy imtihon bo‘lib o‘tadi.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida 2023-yil 25-may soat 14:00 da 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” mutaxassisligi bo‘yicha doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun malakaviy imtihon bo‘lib o‘tadi.

Malakaviy imtihon topshirish uchun nomzodlar:

– Mavlonov Jamshid Ro’ziboyevich

– Abdukarimov Nurmuxammad Abdunabi o’g’li