1

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Buyuk shoirlarni xotirlab” nomli badiiy-adabiy kecha o‘tkazildi

Millatimiz ma’naviyati va adabiyotining so‘nmas siymolari – Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi yurtimizda keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan, joriy yilning 9-fevral sanasida Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Boburning 540 yilligiga bag‘ishlangan badiiy-adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.

         Tadbirni universitet birinchi prorektori A.Ashurov ochib berib, ushbu ulug‘ kunning egalari, buyuk mutafakkirlarning o‘zbek tili va adabiyatiga qo‘shgan ulkan xissasi to‘g‘risida so‘z yuritdi hamda tadbir ishtirokchilariga o‘z minnatdorchiligini izhor etdi.

         Tadbirni olib borgan universitet 1-bosqich talabasi S.Yo‘ldosheva ilk so‘zlarini Alisher Navoiyning “Kelmadi” radifli g‘azali bilan boshladi. So‘ng, universitet 3-bosqich talaba yigit-qizlari Alisher Navoiyning “Xamsa” asarining 5 dostoni to‘g‘risida qisqacha ta’rif berib, dostonlardan namunalar ijro etildilar.

         Ko‘tarinki kayfiyatda o’tgan ushbu tadbirni universtitet 1-bosqich talaba yigit-qizlari va o’z navbatida universitet kitobsevarlar klubi a’zolari tomonidan tayyorlangan videorolik davom ettirdi. Ushbu videorolikda talabalar buyuk siymolarimiz qalamiga mansub g‘azal va ruboiylarni ijro etdilar.

         Badiiy-adabiy kecha davomida universitetning iqtidorli talabalari, universitetda faoliyat yuritayotgan musiqa to‘garagi a’zolari tomonidan Zahiriddin Muhammad Boburning “Lola” g‘azaliga bitilgan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

         Shuningdek, tadbirga mehmon sifatida taklif etilgan O‘zbekiston Davlat Dramma teatri aktyori Shukrullo So‘fiev o‘z nutqida mutafakkirlarning boy merosi, asarlarida ulug‘langan milliy va umumbashariy g‘oyalar, allomalarning ana shunday o‘lmas asarlaridan namunalar ijro etdi.

Aytib  o‘tish joizki, mazkur badiiy-adabiy kecha universitet qoshidagi Akademik litsey o’quvchilari buyuk shoirlarimizning ruboiy-g‘azallari, shuningdek milliy raqs va kuy-qo‘shiqlari bilan faol shtirok etdilar.

          Xulosa qilib shuni ta’kidlash joizki, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburlarning asarlaridagi ezgu g‘oyalardan yoshlarimizni bahramand etish, yigit-qizlarni buyuk ajdodlarimiz merosiga yuksak ehtirom ruhida tarbiyalash eng oliy maqsadlarimizdan biri hisoblanadi. Biz buyuk Navoiy hamda Boburlarning avlodi bo‘lganimiz bilan iftixor qilamiz, hozirgi avlod ham kelgusi avlod ham hazrat asarlaridan chinakam bahramand bo‘lgan avlod bo‘lib yetishib, kamol topadilar degan umiddamiz.




“Kitobxon yoshlar” onlayn Respublika tanlovi

O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan joriy yilning yanvar oyi davomida “Kitobxon yoshlar” onlayn Respublika tanlovi o’tkazilmoqda. Mazkur tanlovda ishtirokchilar telegramdagi maxsus @kitobtanlovbot orqali belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tib, tanlov ishtirokchisiga aylaning!

Tanlov nizomi




Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Davlat akkreditatsiyasi haqidagi sertifikatni qoʻlga kiritdi.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taʼlim sifatini nazorati qilish davlat inspeksiyasi tomonidan ilk bor attestatsiyadan oʻtdi va davlat akkreditatsiyasi haqida sertifikatni qoʻlga kiritdi.

Bu universitetdagi taʼlim xalqaro standartlarga mos kelishi barobarida Oʻzbekistondagi oliy taʼlim standartlariga muvofiq ekanini tasdiqlaydi.




Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida 30 kVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi.

2022-yilning noyabr oyida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hududida quvvati 30 kVt bo‘lgan universitet kampusidagi sport majmuasini elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.

2022-yil 20-dekabrda O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida mamlakatimizda energiya resurslaridan samarali foydalanish muhimligini taʼkidlab, davlat tashkilotlari, yirik sanoat obʼyektlari, aholi xonadonlari faoliyatini taʼminlash uchun qayta tiklanadigan energiya manbalarini tezkorlik bilan joriy etilishga chaqirildi.

Ta’lim muassasalarining “yashil energiya”ga o‘tishini qo‘llab-quvvatlash, qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasini rivojlantirish va mamlakatimizning uglerod neytralligiga erishishga hissa qo‘shish maqsadida, universitet hududida 2011 yildan ishga tushitilgan sport majmuasiga elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida quyosh fotoelektr stansiyasi o‘rnatildi. Quyosh stansiyasining maydoni 150 kv.m. va har biri 535 vatt quvvatga ega 58 ta quyosh panellaridan iborat. Ushbu tizimning avtomatik aqlli boshqaruvi Huawei invertori tomonidan ta’minlanib, u ob-havo sharoitiga qarab, 2400 kv.m sport majmuasining ichki ehtiyojlari uchun quyosh energiyasi ishlab chiqarishni avtomatik ravishda boshqara oladi. Stansiya tomonidan yiliga ishlab chiqariladigan elektr energiyasining o‘rtacha hajmi 44873 kVt/soatni tashkil etib, 25 yildan ortiq kutilayotgan xizmat muddati uchun stansiya 1 041 778 kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarishga qodir. Sport majmuasi va talabalar shaharchasidagi boshqa binolarning tomida joy mavjudligini hisobga olib, universitet fotoelektr stansiyasi quvvatini bosqichma-bosqich oshirishni rejalashtirmoqda.




Hammaga Salom!👋

Qishki dam olish kunlarini mazmunli o’tkazishni xohlaysizmi? Unda biz sizni Onlayn shaxmat klubiga qo’shilishga taklif etamiz!♟🤩

Biz bilan o’z mahoratingizni oshiring va onlayn turnirda ishtirok eting! 📱

Klubga qo’shilish uchun hoziroq quyidagi havola orqali ro’yhatdan o’ting⬇️

https://www.chess.com/club/ttpu-chess-club/join

15 yanvar kuni soat 10:00 klubning ilk turniri o’tkazilib, unda faqat klub a’zolari qatnashishi mumkin.

❗️Muhim: Turnir boshlanishidan 1 soat oldin Join tugmasini bosib oʻyinga qoʻshilishingiz zarur!

Shaxmat klubi bilan miyangizni mashq qildiring!🧠




Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida qo’shimcha IT binosini qurish uchun loyiha smeta hujjatlarini tayyorlash tenderini e’lon qiladi  

Texnik qismning miqdoriy koʻrsatkichi:         90 ball

Narx usulining miqdoriy koʻrsatkichi:             10 ball

Minimal oʻtish ball – 70 ball

Tender muddati: 20.01.2023. Soat: 12:00 gacha

1.  Obyektni oʻrganganligi va ishlarni oʻz vaqtida topshirish toʻgʻrisida kafolat xati (obyekt mavjud xolati va bajarilishi lozim boʻlgan ishga loyiha taklifidan fotosuratlar ilova qilinsin) – 20

2. Tanlov ishtirokchilari tomonidan korrupsiya koʻrinishlariga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha kafolat xatining mavjudligi- 5

3. Tashkilotda faoliyat yurituvchi xodimlar soni 10 va undan yuqoriligi (F.I.Sh., lavozimi hamda ish tajribasi (yil) haqida toʻliq maʼlumot, QR kodi bilan. – 10

4.  Loyiha ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan asbob-anjomlar va kompyuter texnikalari mavjudligi (tasdiqlovchi hujjatlari bilan) – 10

5. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligining Ⅱ va undan yuqori toifadagi obyektlarni loyihalash uchun berilgan litsenziyasi mavjudligi – 10

6. Tashkilotning Davlat idoralari roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma mavjudligi – 5

7. Loyiha – qidiruv ishlarini olib borish muddati (asoslovchi hujjatlar bilan)- 10

8. Bankdan kartoteka mavjud emasligi xaqida asl nusxada malumotnoma – 5

9. Soliq organidan soliq va boshqa majburiy toʻlovlardan qarzdorligi mavjud emasligi toʻgʻrisida malumotnoma mavjudligi – 5

10. Soliq organidan soliq va boshqa majburiy toʻlovlardan qarzdorligi mavjud emasligi toʻgʻrisida malumotnoma mavjudligi – 10

Mijozning manzili: 100095, Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik halqa koʻchasi, 17 uy.

Tel: +998 (71) 246-70-82 elektron pochta: info@new.polito.uz




Hurmatli barcha bosqich va barcha yo`nalish talabalari, diqqat, yuqorida 2022-2023 o`quv yili uchun shartnoma to`lovini to`lamagan talabalar ro`yxati keltirilgan.

Muhim eslatma: Siz 2023 yil 7 yanvargacha shartnoma tolov miqdorining kamida 50 foizini to'lashingiz kerak. Agar siz ushbu muddatni o'tkazib yuborsangiz (hatto bir kunga), siz faqatgina 2023-2024 o'quv yilida oqishni qayta tiklash imkoniyati bilan talabalik safidan chetlashtirilasiz. Agar siz ushbu tolovni 2023 yil 7 yanvargacha to'lasangiz, tolov cheki nusxasini dekanatga olib kelishingiz kerak bo`ladi.

Agar siz allaqachon to’lagan bo’lsangiz, iltimos, ushbu xabarga e’tibor bermang.




Erasmus+ dasturi asosida Oliy taʼlim muassasalarining salohiyatini oshirish yo‘nalishida olib borilayotgan “San’at sohasida tadbirkorlikni rivojlantirishning ko‘p tarmoqli kompetensiyalarini rivojlantirish” loyihasi

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy tasviriy sanʼat va dizayn instituti hamkorlikda Erasmus+ dasturi asosida Oliy taʼlim muassasalarining salohiyatini oshirish yo‘nalishida olib borilayotgan “San’at sohasida tadbirkorlikni rivojlantirishning ko‘p tarmoqli kompetensiyalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida “San’at, musiqa va ijodkorlik sohasida tadbirkorlik ko‘nikmalari” nomli o‘quv kursini tashkil qildi. Ushbu dastur doirasida har bir universitet va institutdan jami 18 nafar talabadan iborat to‘rt xil jamoa tuzildi. O‘quv kursi davomida har bir jamoa san’at, musiqa va ijodga yo‘naltirilgan jamoaviy ish ustida ishlab, yakuniy loyiha ishi sifatida o‘z biznes modelini ishlab chiqadi. Kursni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng, talabalar Belgiyada ikki haftalik talabalar seminari va treninglarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Yakuniy loyiha ishi Erasmus+ (CBHE) “San’at sohasida tadbirkorlikni rivojlantirishning ko‘p tarmoqli kompetensiyalarini rivojlantirish” dasturining yopilish marosimida himoya qilinadi.




Khaitov Narzullobek Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 5-fevraldagi PF-555-sonli, 2021-yil 9-sentabrdagi PF-6309-sonli farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 6 dekabrdagi 396-son buyrug‘iga muvofiq “2022/2023 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining oxirgi ikki kursida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarga nomli davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risida”gi 413-sonli buyrug‘i asosida Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti talabalari Prezident hamda nomdor davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi.

Jumladan, Khaitov Narzullobek Fayzullo o’g’li, “Mashinasozlik texnologiyasi” yo’nalishi bo’yicha 3-bosqich talabasi, Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibi.




Tursunov Diyorbek Prezident stipendiyasi sohibi bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 5-fevraldagi PF-555-sonli, 2021-yil 9-sentabrdagi PF-6309-sonli farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 6 dekabrdagi 396-son buyrug‘iga muvofiq “2022/2023 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining oxirgi ikki kursida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarga nomli davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risida”gi 413-sonli buyrug‘i asosida Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti talabalari Prezident hamda nomdor davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi.

Jumladan, Sanoatda xo‘jalik qurilishi va arxitektura yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Tursunov Diyorbek Azamiddin og’li, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasini qo‘lga kiritdi.




TTPUda “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Ma’lumki, bugungi kunga kelib mamalakatimizda, xotin-qizlar huquqlari himoyasining qonunchilik bazasini mustahkamlash bo‘yicha mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi va “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlarning qabul qilingani xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlab, ularning jamiyatdagi o‘rinini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Joriy yilning 15 dekabr kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” tadbirlari doirasida “Biz zo‘rovonlikka qarshimiz!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

            Tadbirda Olmazor tumani Ichki ishlar bo’limi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’linmasi katta inspektorlari – podpolkovniklar S.Sh. Melieva, M.U.Anarbaeva, Y.X.Jo’raeva, mayor S.E.Mavlyanova, kapitan X.N.Berdikulova hamda universitetga biriktirilgan katta inspektor podpolkovnik Sh.N.Yusupovlar ishtirokida huquqbuzarliklar va ularni oldini olish hamda ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish masalalari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirni universitet birinchi prorektori A.Ashurov ochib berib, so‘z navbatini soha mutaxassislariga berdi.

Davra suhbati davomida ham mamlakatimiz xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish, qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilib, ularning oiladagi o‘rnini mustahkamlashda huquqiy manfaatlarini himoya qilish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga doir masalalar muhokama markazida bo‘ldi.

Jumladan, xotin qizlarga ko‘rsatiladigan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari va ulardan himoyalanish, ayollarning jamiyatdagi mavqеini yanada oshirish hamda gеndеr tеnglikni ta’minlash, tazyiq va zoʼravonlikka uchragan shaxslarga himoya orderlarini berilish tartibi va ayollarni reabilitatsiya va himoya qilish markazi to‘g‘risida, shuningdek, yoshlar tomonidan sodir etilayotgan  huquqbuzarliklar va jinoyatlar, ularni oldini olish borasida fikr-mulohazalar almashildi. Tadbir davomida tazyiqqa va zo‘ravonlikka uchragan ayollar murojat etishlari uchun qisqa raqamli ishonch raqamlari, ayollar reabilitatsiya markazi haqida ma’lumot berilib, hayotiy misollar bilan boyitilgan video roliklar namoyish etildi hamda talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berildi.




Koreyalik mutaxassislar bilan muhokamalar oʼtkazildi.

Joriy yilning 12 dekabr kuni, Janubiy Koreyaning Koreya sanoat texnologiya instituti (KITECH) professorlari prof. Dr. Bum Sung Kim, Dr. Boksang Lee TTPUga tashrif buyurdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti direktori prof. Parpiev O.R. boshchiligidagi ilmiy jamoa, “Аlyans Kapital” Investitsion kompaniyasi vakillari hamda TTPU professor oʼqituvchilari va jamoasi qatnashdi.

Tashrif doirasida mehmonlarni universitet birinchi prorektori А.Аshurov kutib olib, universitetning axborot resur markazi, texnopark, mexatronika markazlar bilan tanishtirdi.

Uchrashuv doirasida ekspertlar tomonidan metallar va materiallar kimyosi va texnologiyasi, vodorod energetikasi istiqbollari, ekoinjineriya sohasi hamda ilmiy kadrlar almashinuv dasturlari bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi.




Ijarada yashaydigan talabalar holidan xabar olinmoqda

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti akademik guruhlar tyutorlari ijarada yashayotgan talabalarning yashash sharoiti hamda qish mavsumiga tayyorgarligini o‘rganish maqsadida ular yashab turgan xonadonlarga tashrif buyurishmoqda.

Tashrif chog‘ida talabalar yashayotgan xonadon egalari bilan suhbat o‘tkazilmoqda, shuningdek, is gazidan zaharlanishni oldini olish va texnika xavfsizligi borasida kerakli tavsiyalar berilmoqda.




PhD dissertatsiya himoyasi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi

PhD.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi

05.08.06 – “Gʻildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi boʻyicha Ilmiy Kengashida dissertatsiya himoyasi.

TTPU

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi PhD.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash asosida 05.08.06 – “Gʻildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi boʻyicha tuzilgan Ilmiy Kengashda texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor Muxitdinov Otabek Odil o‘g‘lining dissertatsiya ishi himoyasi.

Mavzu: “Improving the reliability of internal combustion engines of passenger cars by improving the properties of motor oils with antimicrobial additives”.

Sana: 2022-yil 12-dekabr kuni soat 14:00. 

Seminar shakli: offline/online (havola).

Manzil: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bosh binosining 2-qavat, MAJLISlar xonasi.

Masofaviy ishtirok etish uchun online ZOOM havola

Identifikator konferensii: 876 0931 1804

Kod dostupa: 1111




Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi

Kuni kecha Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti birinchi prorektori Alisher Ashurov rahbarligida universitet xodimlari, o‘qituvchi-professorlari hamda talabalari ishtirokida talabalarning huquqiy bilimlarini oshirish, xuquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatni barvaqt oldini olish mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi.

TTPU

Yoshlar bilan o‘tkazilgan tadbirda universitetning yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Allamova G.A., profilaktika katta inspektori, podpolkovnigi Yusupov Sh. va akademik guruhlar tyutori Sattiyev F.O‘. ishtirok etdi. Suhbat davomida talabalarga – har qanday huquqbuzarliklar va jinoiy hatti-harakatlar sodir etganlik uchun yoshidan va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarning tegishli moddalari bilan qonuniy javobgarlikka tortilishi haqida ma’lumotlar berib o‘tildi. Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassisidan atroflicha javob oldilar.




Toshkentda Huawei kompaniyasining “Seeds for the Future 2022” taʼlim loyihasining yopilish marosimi boʻlib oʻtdi

23-noyabr kuni O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari talabalarini IT sohasida bilim va ko‘nikmalarni oshirish maqsadida sakkizinchi marotaba birlashtirgan “Seeds for the future” tanlovining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

14-21 noyabr kunlari O‘zbekistonning yettita oliy o‘quv yurti talabalari ilg‘or texnologiyalar va raqamli yechimlarning dunyo barqaror rivojlanishiga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan har yili o‘tkaziladigan “Huawei Seeds for the Future 2022” o‘quv dasturida ishtirok etdi.

Sakkiz kun davomida Huawei kompaniyasining xalqaro ekspertlari, shuningdek, hamkor tashkilotlar ekspertlari bilan ma’ruzalar, mahorat darslari, ochiq muhokamalar tashkil etildi. Loyiha gibrid formatda Huawei kompaniyasining Toshkentdagi ofisida shtab-kvartiradan jonli efir va texnologik ko‘rgazma zallariga virtual sayohatlar, shuningdek, yetakchilikni rivojlantirish, startaplarni ishga tushirish va biznes g‘oyalarni amalga oshirish bo‘yicha mentorlarning onlayn ishtiroki bilan o‘tkazildi.

Loyihada ishtirok etish uchun O‘zbekistonning 7 ta oliy o‘quv yurtidan 30 nafar talaba tanlab olindi. Ushbu ta’lim loyihasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetidan 5 nafar talaba ishtirok etdi:

• Qoriyev Amirxon
• Mirhakimova Mushtariibonu
• Mirkomilov Abdulvoris
• Turobov Mirkozim
• Hamza Endiсan




Italiyaga tashrif doirasida qator kelishuvlarga erishildi

Xabar berganimizdek, Toshkent shahridagi Turin Politexnika  universiteti rektori J.Sh. Inoyatxodjaev O’zbekiston delegatsiyasi tarkibida, avtomobilsozlik va boshqa sanoat sohalarida rivojlangan mamlakatlarda tatbiq qilingan eng zamonaviy texnologiyalardan foydalanish boʻyicha kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tatbiq etish borasida keng qamrovli hamkorlik aloqalarinin o‘rnatish va kelishuvlarga erishish maqsadida hozirda Italiyada xizmat safarida.

TTPU

Xususan, kuni kecha Italiyaning Turin Politexnika universiteti bilan hamkorlikda “Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari” dual taʼlim yoʼnalishida “Sanoat 4.0” raqamli texnologiyalar, ilgʼor avtomatlashtirish, “Tejamkor ishlab chiqarish” boʼyicha texnik koʼnikmalarga ega boʼlgan kadrlarni 3 yillik oʼquv reja asosida tayyorlash boʼyicha kelishuvga erishildi. Unga ko‘ra, 2023-2024 oʼquv yilidan Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida ushbu yoʼnalishda 100 nafar kadr tayyorlash imkoniyati yaratiladi. Oʼquv jarayonlarining uchdan bir qismi nazariy bilimlar olishga, qolgan qismi esa sanoat muhandisligi boʼyicha yuqori professional amaliy bilim va koʼnikmalarga hamda boʼlajak mutaxassislarni laboratoriya mashgʼulotlariga jalb qilish orqali tayyorlashga qaratiladi.

Uchrashuv doirasida Italiyaning CIM4.0-kompetentsiya markazi bilan hamkorlik borasida muzokara oʼtkazildi. Аndijon mashinasozlik institutida Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetining “Sanoat 4.0 akademiyasi” tashkil etilishiga kelishildi. Аkademiyada avtomobilsozlik va boshqa sanoat sohalarida rivojlangan mamlakatlarda tadbiq qilingan eng zamonaviy texnologiyalardan foydalanish boʼyicha kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi tashkil etiladi.

TTPU

Tashrif doirasida Italiyaning Yuventus futbol akademiyasi bilan hamkorlikni kengaytirish borasida uchrashuv oʼtkazildi. Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida tashkil qilingan “Juventus Academy Tashkent” akademiyada ishtirok etadigan 50 nafar Oʼzbekistonlik yoshlarga Italiyada oʼtkaziladigan “YUVENTUS” Xalqaro turnirida ishtirok etish va Yevropaning yetakchi jamoalari bilan uchrashish imkoniyatini yaratish va hamkorlikni kengaytirish muhokama qilindi.




TTPU da bayram tadbiri o‘tkazildi

Joriy yilning 17 noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida “Xalqaro talabalar kuni” hamda “18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun” munosabati bilan bayram tadbiri o’tkazildi.
Tadbirni universitet birinchi prorektori Alisher Ashurov ochib berib, talabalarni ushbu bayramlar bilan qutladi, ularning kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi. So‘ng “Yil talabasi-2022” ko‘rik tanlovida faol ishtirok etgan talabalarni tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Universitet “Musiqa to‘garagi” qatnashchisi Shohruh Hasanov va uning rahbari Mansur Saparbaev tomonidan ijro etilgan musiqiy chiqishlar bayram qatnashchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.
Kuni kecha “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan bo‘lib o‘tgan sport musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi.
Bayramning ikkinchi qismi O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bayramiga bag‘ishlandi. Talabamiz Imomalieva Shahlo davlatimiz bayrog‘i to‘g‘risida qiziqarli va foydali ma‘lumotlari bilan taqdimot qildi, talabalarimiz tomonidan davlat bayrog‘iga bag‘ishlab tayyorlangan video namoyish etildi.




TTPU rektorining Italiyaga xizmat safari.

Italiya Respublikasidagi oliy ta’lim, jumladan, doktorantura bosqichida sifatni ta’minlash tajribasini o‘rganish, ikki mamlakat oliygohlari o‘rtasida ilm-fan, ta’lim sohalarida keng qamrovli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va kelishuvga erishish maqsadida, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori J.Sh.Inoyatxodjayev, O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida 2022 yilning 16 noyabr sanasidan 23 noyabr sanasiga qadar xizmat safari bilan Italiyaga jo‘nab ketadi.




Oʻzbekistonda sakkizinchi bor Huawei kompaniyasining “Seeds for the Future” taʼlim loyihasiga start berildi

2022-yil 14-noyabr kuni Oʻzbekiston talabalari uchun Huawei kompaniyasining hisob boʻyicha sakkizinchi “Seeds for the Future”  taʼlim loyihasini ishga tushirish marosimi boʻlib oʻtdi. Marosim Toshkent axborot texnologiyalari universitetida (TATU) Oʻzbekistondagi yettita oliy oʻquv yurti talabalari va rahbariyati vakillari ishtirokida boʻlib oʻtdi.

TTPU

“Seeds for the Future” dasturi butun dunyo boʻylab 137 ta mamlakat va mintaqadan 500 ta universitet talabalarini birlashtirgan yetakchi taʼlim loyihasi hisoblanadi. Shu kunga qadar dastur doirasida 12 000 nafar eng yaxshi talaba amaliyot oʻtadi, Huawei kompaniyasining Xitoydagi bosh qarorgohiga tashrif buyurgan ishtirokchilar hamda 2020 va 2021-yillar loyihalari onlayn ishtirokchilari ham shular jumlasidan.

TTPU

2022-yil 14-noyabr kuni Oʻzbekistonda talabalarga AKT texnologiyalari sohasida oʻz koʻnikma va bilimlarini oshirish, yetakchilik koʻnikmalarini mustahkamlash boʻyicha maʼruzalar tinglash, sayyoramiz va jamiyatimizning barqaror rivojlanishini taʼminlash uchun raqamli yechimlarni joriy etishning muvaffaqiyatli holatlarini oʻrganish, boshqa mamlakatlardan ishtirok etayotgan talabalar bilan madaniy qadriyatlarni almashish, shuningdek Xitoy anʼanalari va madaniyati bilan tanishish imkonini beruvchi “Seeds for the Future 2022” loyihasiga sakkizinchi yil start berildi. Bu yil loyihada Oʻzbekiston talabalari Avstriya, Ruanda va Serbiya talabalari bilan birga ishtirok etadi.

TTPU

“Seeds for the Future” loyihasi butun dunyo boʻylab minglab talabalarni yagona hamjamiyatga birlashtirgan oʻziga xos tadbir boʻlib, u talabalarga raqamli bilimlarini mustahkamlash va yangi koʻnikmalarni egallash, dunyoqarashini kengaytirish va yangi doʻstlar orttirish imkonini beradi. Loyiha ishtirokchilari universitetlarni tamomlab, osongina IT-mutaxassislariga aylanishadi va butun AKT sohasini rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshadi. Bu yil loyihamizda Oʻzbekistonning yettita universitetidan talabalar ishtirok etmoqda, bu IT sanoati ekotizimidagi barcha hamkorlar tomonidan sifatli kadrlar zaxirasini yaratishga va malakali kadrlar tayyorlashga qiziqish kattaligidan darak beradi”, — deya taʼkidladi Huawei kompaniyasining Oʻzbekistondagi direktori Chen Szyakai.

Oʻtgan yillarda loyiha doirasida TATUʼning 50 nafar talabasi Xitoyga borib, kompaniyaning bosh ofisida amaliyot oʻtadi. Pandemiya munosabati bilan 2020-yil “Seeds for the Future” loyihasi TATU va Toshkent shahridagi Inha universiteti ishtirokchilari uchun onlayn tarzda tashkil etildi. Oʻtgan yili loyiha Oʻzbekistonning toʻrtta universiteti – TATU, Toshkent shahridagi Amiti universiteti, Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universiteti (sobiq Yeoju texnika instituti) va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari uchun  Huawei kompaniyasining Oʻzbekistondagi ofisida gibrid formatda oʻtkazildi. Raqamli rivojlanish va texnologiyalarni joriy etish iqtisodiyot va jamiyatning turli jabhalariga taalluqli ekanini inobatga olib, joriy yilda nafaqat IT yoʻnalishlariga ixtisoslashgan OTMʼlar talabalari, balki Toshkent xalqaro taʼlim universiteti va “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Мilliy tadqiqot universiteti talabalari ham loyihada ishtirok etish uchun taklif etildi.

TTPU

“Seeds for the Future” Huawei kompaniyasi tomonidan oʻzining korporativ ijtimoiy masʼuliyatini bajarish doirasida amalga oshirilayotgan global dasturdir. 2017-yilda Oʻzbekistondan “Seeds for the Future” loyihasining 4 nafar ishtirokchisi Pekinda boʻlib oʻtgan “Bir belbogʻ, bir yoʻl” xalqaro sammitida ishtirok etish uchun taklif etilgan boʻlib, unda vakillarimiz sammitda ishtirok etgan 30 ta davlat va hukumat rahbarlari oldida oʻz loyihalarining taqdimotini oʻtkazishdi. 2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasining XXRʼdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Shenchjen shahrida boʻlib oʻtgan taqdirlash marosimida ishtirok etdi va loyiha ishtirokchilarini samimiy tabriklab, IT sohasida yosh mutaxassislarni tayyorlash qanchalik muhimligini taʼkidladi.