Ilmiy seminar

  • Post category:E'lonlar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi PhD.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi 05.08.06 – “Gʻildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi boʻyicha Ilmiy seminar Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi PhD.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash asosida 05.08.06 – “Gʻildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi boʻyicha tuzilgan Ilmiy Kengash huzuridagi Ilmiy seminarda texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor Yusupov Sarvarbek Sodiqovichning dissertatsiya ishini muhokamasi. Mavzu: “Innovatsion intellektual transport tizimlarini mahalliy sharoitda sinergiyasini asoslash”. Sana: 2022-yil 28-may kuni soat 10:00. Seminar shakli: online (havola)/offline. Manzil: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bosh binosining 2-qavat, MAJLISlar xonasi. Toshkent shahridagi Turin…

Continue ReadingIlmiy seminar

QABUL – IKKINCHI BOSQICH

  • Post category:Yangiliklar

TOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETINING (TTPU) 2022/2023 O‘QUV YILI BAKALAVRIAT BOSQICHIGA QABUL - IKKINCHI BOSQICH QOIDALARI VA HUJJAT TOPSHIRISH MUDDATI QOIDALAR Imtihon sanasi Kirish imtihonining ikkinchi bosqichi 5,6,7 IYUL kunlari mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da boʻlib oʻtadi (roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati - 1 iyul); Roʻyxatdan oʻtishda TIL-Engineering boʻlimida imtihon sanasi sifatida 5-Iyulni tanlang.Uchinchi imtihon sentyabr oyida boʻlib oʻtadi (aniq sanalar va tartibi keyinroq e’lon qilinadi) va imtihondan oʻtgan abituriyentlar birinchi bosqichni oʻtkazib yuborolmaydilar. Kirish imtihonlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida boʻlib oʻtadi. Manzil: Toshkent shahri, Kichik Xalka Yuli, 17, 100095, (Moʻljal: Talabalar shaharchasi, sobiq “Nukus” kinoteatri, “Asia.uz” supermarketi).  …

Continue ReadingQABUL – IKKINCHI BOSQICH

TOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETINING 2022/2023 O‘QUV YILIDA BAKALAVRIAT BOSQICHI BIZNES BOSHQARUV – MENEJMENT YO‘NALISHIGA QABUL QILISH TO‘G‘RISIDAGI NIZOM

Onlayn arizaSana 25-Mart (Juma), 9:00 – 11-May (Chorshanba), 18:00 2022-yil (Birinchi qabul)16-May (Dushanba), 9:00 – 8-Iyul (Juma), 18:00 2022-yil (Ikkinchi qabul)11-Iyul (Dushanba), 9:00 – 31-Avgust (Chorshanba), 18:00 2022-yil (Uchinchi qabul)   Sizning arizangiz – Qabul komissiyasidan tasdiqlovchi elektron xat olganingizdan so‘ng “to‘liq” deb hisoblanadi. Arizangiz qabul qilingandan so‘ng, Siz – Qabul dasturini bekor qila olmaysiz yoki o‘zgartira olmaysiz.Imtihon sanasi2022/2023 o‘quv yili uchun uchta qabul imtihoni o‘tkaziladi: Ikkinchi imtihon 11-iyul kuni Toshkent vaqt bilan soat 9:00 da bo‘lib o‘tadi. Iyul imtihoniga ro'yxatdan o'tish ochiq.Uchinchi qabul sentyabr oyida bo‘lib o‘tadi (aniq sana va tartib qoidalar keyinroq e‘lon qilinadi).Qabul kvotasi200Ta'lim tiliIngliz tiliO‘qish to‘lovi28…

Continue ReadingTOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETINING 2022/2023 O‘QUV YILIDA BAKALAVRIAT BOSQICHI BIZNES BOSHQARUV – MENEJMENT YO‘NALISHIGA QABUL QILISH TO‘G‘RISIDAGI NIZOM

“Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari”: kelgusi rejalar

  • Post category:Yangiliklar

Turin politexnika universiteti (Italiya) Rektori professor Gvido Sarakko boshchiligidagi delegatsiya 16 may kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga tashrif buyurdi. Delegatsiyani TTPU rektori Jamshid Inoyatkhodjaev kutib olib, keng muzokaralar olib borildi. Keyingi o‘quv yili rejalari, yangi “Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari” o‘quv yo‘nalishi ishga tushirish masalalarini muhokama qilindi. professor Guido Sarakko TTPU talaba yoshlari va professor o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida “Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari” va universitetda mavjud yo‘nalishlarning hozirgi kundagi dolzarbligi, ahamiyati va imkoniyatlari to‘g‘risida suhbat qurdi.Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda, qatnashchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.

Continue Reading“Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari”: kelgusi rejalar

Erasmus+ “MechaUz” loyihasi ishtirokchilarining uchrashuvi.

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 16 may kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida, oliy ta’lim sohasida salohiyatni oshirish bo‘yicha Erasmus+ loyihasi doirasida “MechaUz – g‘oyalar va raqamli texnologiyalar orqali O‘zbekiston bakalavriat dasturlari uchun mexatronika va robototexnikani modernizatsiya qilish” loyihasi ishtirokchilarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. g‘oyalar va raqamli texnologiyalar” mavzusida ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda 13 ta tashkilot, jumladan, O‘zbekistonning 6 ta oliy ta’lim muassasasi, jumladan: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Andijon mashinasozlik instituti, Farg‘ona politexnika instituti va Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institute vakillari ishtirok etdi  Yevropa Ittifoqi davlatining 6 ta universiteti, jumladan: Xalqaro Ellin universiteti (Gretsiya), Janubi-Sharqiy Yevropa…

Continue ReadingErasmus+ “MechaUz” loyihasi ishtirokchilarining uchrashuvi.

Jahon chempionati kubogi Turinda.

  • Post category:Yangiliklar

2022 yil 16 may kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida, "Milan" futbol klubining afsonaviy himoyachisi - Cristian Zakkardo va yosh futbolchilar - “Juventus” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Shuningdek uchrashuvda Donato Albanese - AC MILAN menejeri va Massimiliano Alesi - BMB-OPERA ZAFFERANO o‘zbek-italiya qo‘shma korxonasi bosh direktori ham ishtirok etishdi. Tashrifdan asosiy maqsad, yosh futbolchilar bilan muloqot qilib, ularga master-klass o’tkazish, qiziqtirgan savollariga javob berish va “Juventus” akademiyasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishish.Tadbir ishtirokchilari maroq bilan futbol o’yinchisi bilan suratlarga tushib, esdalik uchun avtograf olishdi. Uchrashuv yosh fulbolchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdirgani shubhasiz.

Continue ReadingJahon chempionati kubogi Turinda.

“Management” yoʻnalishi kirish imtihonlari (1-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

  • Post category:E'lonlar

Hurmatli abituriyentlar, 2022-2023 oʻquv yili uchun “MANAGEMENT” YOʻNALISHI KIRISH IMTIHONLARIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTGANINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ! Ushbu rasmiy e’longa alohida e’tibor berishingizni soʻraymiz! 2022-yil 14-mayda boʻlib oʻtgan “Management” yoʻnalishi kirish imtihoni natijalariga koʻra, abituriyentlar uchta toifaga boʻlingan: BIRINCHI TOIFA: 26 va undan yuqori ball toʻplaganlar birinchi kurs (Preparatory Year)ga GRANT asosida qabul qilinadi. IELTS (kamida 5,5 ball) sertifikatini berish muddati – oʻquv yili soʻngiga qadar. Ushbu toifada oʻqish toʻlovi mavjud emas. IKKINCHI TOIFA: 10 va undan yuqori, ammo 26 dan past ball toʻplaganlar birinchi kurs (Preparatory Year)ga qabul qilinadi. Bir oʻquv yili uchun oʻqish toʻlovi 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh…

Continue Reading“Management” yoʻnalishi kirish imtihonlari (1-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

Kirish imtihonlari (1-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

  • Post category:E'lonlar

Hurmatli abituriyentlar, 2022-2023 oʻquv yili uchun KIRISH IMTIHONLARIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTGANINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ! Ushbu rasmiy e’longa alohida e’tibor berishingizni soʻraymiz! 2022-yil 13-mayda boʻlib oʻtgan kirish imtihoni natijalariga koʻra, abituriyentlar beshta toifaga boʻlingan: BIRINCHI TOIFA: 80,00 va undan yuqori ball toʻplaganlar nafaqat ikkinchi kurs (First Level)ga oʻqishga kiradilar, balki GRANT ham olishadi. Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega boʻlmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) 2022-yil dekabr oyining oxiriga qadar topshirishlari kerak *. Ushbu toifada oʻqish toʻlovi mavjud emas. IKKINCHI TOIFA: 70.00 va undan yuqori, ammo 80.00 dan past ball toʻplaganlar, toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi kurs (First Level)ga qabul qilinadi va…

Continue ReadingKirish imtihonlari (1-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

TTPU DA QABUL IMTIHONI BO’LIB O’TDI.

  • Post category:Yangiliklar

oriy yilning, 13 may kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida 2022/2023 o‘quv yili uchun birinchi kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Abituriyentlar “Mashinasozlik texnologiyasi”, “Avtomobilsozlik texnologiyasi”, “Kompyuter injiniringi”, “Dasturiy injiniring”, "Sanoatda xo‘jalik qurilishi va arxitektura", “Arxitektura va dizayn” bakalavriat yoʻnalishlari boʻyicha kirish imtihonini topshirdilar. Ular bilimi quyidagi savollar bo’yicha baholandi: Matematika: 18 ta savol (vaqt: 40 daqiqa) Oʻqib tushunish: 6 ta savol (vaqt: 12 daqiqa) Mantiq: 6 ta savol (vaqt: 12 daqiqa) Fizika: 12 ta savol (vaqt: 26 daqiqa)Imtihon jarayonlarining shaffofligini nazorat qilish maqsadida, Politecnico di Torino (Italiya) universiteti professorlari imtihonda ishtirok etdilar. Ota-onalar test topshirish jarayonini onlayn kuzatib, o’zlarining qiziqtirgan barcha…

Continue ReadingTTPU DA QABUL IMTIHONI BO’LIB O’TDI.

“Juventus” futbol akademiyasi 3 yoshga to’ldi!

  • Post category:Yangiliklar

Kimlar uchun futbol shunchaki o'yin bo'lsa, kimdir uchun bu oddiy sport. Kimdir uchun esa futbol bu HAYOT! Joriy yilning 7 may kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Markaziy Osiyodagi birinchi bo’lib ochilgan“Juventus”  professional futbol akademiyasining rasmiy ochilishining  3 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Akademiyaning yangi rahbari Mahamatxo‘jaev Toirxo‘ja ochib berdi. So’ng Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Jamshid Inoyatxo‘jaev tabrik so‘zi bilan chiqdi. Akademiya rahbari “Juventus”ning kelgusi rejalari, yosh futbolchilar uchun yozgi oromgoh shuningdek, futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilarining Turin (Italiya)shahrida bo‘lib o‘tadigan “Juventus Academy World Cup 2022” xalqaro turniridagi ishtirok etish imkoniyati haqida to’xtalib o’tdi. Yosh futbolchilarning ota-onalari bilan bir…

Continue Reading“Juventus” futbol akademiyasi 3 yoshga to’ldi!

Abiturientlar ro’yxati, May 2022

  • Post category:Yangiliklar

Hurmatli abituriyentlar, 13-may kuni boʻlib oʻtuvchi kirish imtihonining vaqti va qatnashuvchilar roʻyxati bilan tanishing. Iltimos, o'zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) va kirish to'lovi kvitansiyasini olib keling. Eslatib o‘tamiz, “Menejment” yo‘nalishi bo‘yicha qabul imtihoni 14-may kuni bo‘lib o‘tadi.

Continue ReadingAbiturientlar ro’yxati, May 2022

“UCH AVLOD UCHRASHUVI”

  • Post category:Yangiliklar

Mamlakatimizda har yili 9 may «Xotira va qadrlash kuni» umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Ushbu bayram mustaqil O‘zbekistonda asrlar davomida, o‘lkamizni qahramona himoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalq tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag‘ishlanadi.Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida ham “9 may - Xotira va qadrlash kuni”ga bag’ishlangan “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy kechasi otkazildi. Joriy yilning 28 aprel kuni o’tkazilgan tadbirda Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi 96 yoshli Apponov Abbos bobo, hamda Ozbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi faxriylari - iste'fodagi generallar va katta ofitserlari qatnashib, talabalarga kecha mavzusiga oid ma'lumotlarni va ozlarining qimmatli maslahatlarini berishdi.Kechani tashkil…

Continue Reading“UCH AVLOD UCHRASHUVI”

TTPU va TAQI: HAMKORLIK MASALALARI

  • Post category:Yangiliklar

Rektor Ercan Kahya boshchiligidagi Toshkent Arxitektura-qurilish Instituti delegatsiyasi Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori bilan uchrashdi. Rektor Ercan Kahya TTPUning axborot-resurs markazi, mexatronika, texnopark faoliyati bilan tanishdi.Tashrif davomida o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlari, xususan, arxitektura va dizayn sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, akademik almashinuvni tashkil etish, ilmiy sohalarda qo‘shma loyihalar ishlab chiqish masalalari bo'yicha kelishib olindi.

Continue ReadingTTPU va TAQI: HAMKORLIK MASALALARI

2022-yil 19-aprel kuni TTPU rektori J.Sh.Inoyatxodjaev universitetning tayyorlov kursi talabalari bilan uchrashdi.

  • Post category:Yangiliklar

“Ochiq suhbat” formatida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda universitetda ta’lim olish afzalliklari, xorijiy universitetlar bilan almashuv dasurlari imkoniyatlari, hamda universitet hayotiga oid boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi. Talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.

Continue Reading2022-yil 19-aprel kuni TTPU rektori J.Sh.Inoyatxodjaev universitetning tayyorlov kursi talabalari bilan uchrashdi.

“Juventus”ga yangi rahbar tayinlandi!

  • Post category:Yangiliklar

18 Aprel kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida bo'lib o'tgan yigʻilishda Toshkent shahridagi "Juventus Academy Tashkent" futbol akademiyasining yangi rahbari tanishtirildi. Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti rektori Inoyatxodjaev Jamshid Shuxratullaevich tomonidan hozirgi kunga qadar "Italiyadagi O'zbekiston Yoshlari Assotsiyatsiyasi" prezidenti, O'zbekiston Yoshlari Umumjahon assotsiatsiyasining Italiyadagi vakili sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Maxamatxo'jayev Toirxo'ja Faxriddin o'g'li, "Juventus Academy Tashkent" futbol akademiyasi boshqaruvchi menejeri sifatida tanishtirildi. Yangi tayinlangan menejer oldiga "Juventus Academy Tashkent" futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilarini joriy yilning iyun oyida Italiyaning Turin shahrida bo'lib o'tadigan "Juventus Academy World Cup 2022" xalqaro musobaqasida munosib ishtirok etishini ta'minlash ustuvor vazifa etib tayinlandi. Ma'lumot o'rnida, "Juventus Academy…

Continue Reading“Juventus”ga yangi rahbar tayinlandi!

Korrupsiyaga qarshi kurash

  • Post category:Yangiliklar

2022-yil 14-aprel kuni Turin Politexnika Universitetida “Korrupsiyaga qarshi kurash” va “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish” hozirgi zamonamizning dolzarb mavzularida talabalar o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimi A.Ergashev, Olmazor tumani 4-sonli IIB Yoshlar bilan ishlash inspektorlari: mayorlar R.Nasirov va O. Yusupovlar ishtirok etdi.Ma’ruzachilar o‘z nutqlarida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan muhim huquqiy baza yaratilganini ta’kidladilar.Qabul qilingan qonunlarning mohiyati va mazmuni atroflicha tushuntirilib, ularda jamiyat hayotining turli jabhalari rivojida qonunga xilof xatti-harakat va huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilmasligiga asosiy e’tibor qaratildi. Tadbir davomida yoshlarni mas’uliyat va hushyorlikka da’vat etuvchi tematik videorolik namoyish…

Continue ReadingKorrupsiyaga qarshi kurash

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektorining 2-7 apreldagi Italiyaga xizmat safari natijalari

  • Post category:E'lonlar

2022 yil 2-7 aprel kunlari “Oʼzavtosanoat” АJ delegatsiya aʼzolari Italiyaning Turin Politexnika universiteti bilan hamkorlikda mamlakatimizda avtomobilsozlik sohasida taʼlim klasterini yaratish va bu orqali taʼlim sifatini koʼtarish boʼyicha bir qator masalalarni muhokama qilish maqsadida Italiyaning Turin shahriga xizmat safarini amalga oshirdi. Delegatsiya aʼzolarini Turin Politexnika universiteti rektori Guido Sarakko boshchiligidagi administratsiya xodimlari kutib oldi, rasmiy tashrif doirasida universitet hududida joylashgan oʼquv va ilmiy laboratoriyalar bilan tanishuv, avtomobilsozlik sohasidagi tadqiqot markazlari va korxonalariga tashrif amalga oshirildi. Rasmiy uchrashuvda delegatsiya aʼzolari Oʼzbekiston xududlarida Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda mashinasozlik sohasida oʼrta boʼgʼin mutaxassislarni tayyorlash uchun oʼquv muassasalarni tashkil etish boʼyicha muzokaralar oʼtkazdi.Muzokaralar…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektorining 2-7 apreldagi Italiyaga xizmat safari natijalari
image_pdfimage_print