TTPU bitiruvchilari ixtirolari xalqaro e’tirof etilgan patentlarga ega bo‘lmoqda
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti xalqaro e’tirof etilgan patentlarga ega ixtirochilar yetishtiradigan ziyo maskani ekanidan xabardormisiz?Unday bo‘lsa, tanishing! Universitetimizda muqaddam kompyuter muhandisligi yo‘nalishida tahsil oladigan talabalarga mutaxassislik fanlaridan ustozlik qilgan, hozirda esa Italiyadagi Turin politexnika universiteti (Politecnico di Torino) Amaliy Fanlar (DISAT) kafedrasida Professor Daniella Tordella ilmiy rahbarligida “Radiozond klaster tarmog'i: atmosfera bulutlari ichidagi Lagranj tebranishlarini kuzatish” yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan bitiruvchimiz - Shahbozbek Abdunabiev. Shahbozbek Abdunabiev - Professor Daniela Tordella boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan va patentlangan so‘nggi avlod radiozondlar klaster tizimining ixtirochilaridan biri hisoblanadi. Hozirda mazkur innovatsion yechim xalqaro maydondagi Buyuk Britaniya kabi boshqa mamlakatlarga ham…