1

TTPU bitiruvchilari ixtirolari xalqaro e’tirof etilgan patentlarga ega bo‘lmoqda

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti xalqaro e’tirof etilgan patentlarga ega ixtirochilar yetishtiradigan ziyo maskani ekanidan xabardormisiz?
Unday bo‘lsa, tanishing! Universitetimizda muqaddam kompyuter muhandisligi yo‘nalishida tahsil oladigan talabalarga mutaxassislik fanlaridan ustozlik qilgan, hozirda esa Italiyadagi Turin politexnika universiteti (Politecnico di Torino) Amaliy Fanlar (DISAT) kafedrasida Professor Daniella Tordella ilmiy rahbarligida “Radiozond klaster tarmog’i: atmosfera bulutlari ichidagi Lagranj tebranishlarini kuzatish” yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan bitiruvchimiz – Shahbozbek Abdunabiev.
Shahbozbek Abdunabiev – Professor Daniela Tordella boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan va patentlangan so‘nggi avlod radiozondlar klaster tizimining ixtirochilaridan biri hisoblanadi. Hozirda mazkur innovatsion yechim xalqaro maydondagi Buyuk Britaniya kabi boshqa mamlakatlarga ham tatbiq qilish jarayonida. Tizimning amaldagi qurilmalarga nisbatan afzalligi va ishlash prinsipi ushbu ilmiy maqolada yoritilgan.
Ushbu innovatsion radiozond klaster tizimidan foydalangan holda Italiyaning Udine shahridagi xalqaro Mexanika Fanlari Markazi (CISM)da tashkil qilingan “Bulutlar mikrofizikasi” kursi davomida Udine shahri atmosferasining pastki chegara qatlamida bulutlar oqimining dinamikasi, termodinamik parametrlar va magnit maydon o‘zgaruvchanligini o‘rganish bo‘yicha Shahbozbek Abdunabiev ishtirokida ilmiy tajriba amalga oshirildi.
Bulutlar bo’yicha ilmiy tadqiqotlar 1800-yillarda boshlangan va ular bugungi kunda xalqaro ilmiy hamjamiyatning alohida e’tibori markazida. So’nggi yillarda, bulutlar – atmosferamizning pastki qatlamlarida ham sodir bo’ladigan iqlim o’zgarishlarining asosiy sababchilaridan bo’lishi mumkin.

ixtirochi olim bo‘lishni hohlaysizmi?
Unda Sizga bu orzuingizga erishishingizda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti yordam beradi. Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetini tanlang.




TTPUda “Sanoat korxonalarining raqamli transformatsiyasi” forumi o‘tkazildi

        Joriy yilning 26-27-may kunlari Rossiya Federatsiyasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi rasmiy tashrifi doirasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish bo’yicha turli sohalarda xususan, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, ilg‘or Rossiya tajribasi asosida ilmiy va innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga tatbiq etish hamda texnologiyalarni transfer qilish bo‘yicha bir qator hujjatlar imzolanib, mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

  Shu bilan birgalikda joriy yil 20-iyun sanasida Davlat rahbari boshchiligida  “Muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish” masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, xususan “tarmoq-korxona-oliygoh” tizimini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida hamda ishlab chiqarish sohasidagi tadbirkorlar ehtiyojlaridan kelib chiqib, 27-iyun kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Rossiyaning sanoat sohasidagi yirik “Robototexnika va aqlli boshqaruv tizimlari” konsorsiumi ishtirokida “Sanoat korxonalarining raqamli transformatsiyasi” nomli forum tashkil etildi.

Forumda Rossiyaning 10 ga yaqin yirik korxonalari o‘zlarining ta’lim tizimi va sanoat korxonalari uchun quyidagi yo‘nalishdagi taqdimotlari bilan qatnashdilar:

  • VR konstruktorlari, raqamli egizaklar.
  • Sanoat, komponentlar va dasturiy ta’minot uchun odatiy robot tizimlari. Yechimlarni qo’llash sohasi payvandlash, palletlash, qismlarni mashinalarga yuklash, qismlarni qayta ishlash, bo’yash, qadoqlash, o’qitish ishlab chiqarish jarayonlari.
  •  Qo’shimcha texnologiyalar:

Quyma temir, po’lat yoki rangli qotishmalar bilan to’ldirish uchun qoliplarni to’g’ridan-to’g’ri bosib chiqarish uchun Binder Jetting texnologiyasidan foydalangan holda sanoat 3D qurilmalarining modellari taqdim etildi.

Onlayn va offlayn shaklda bo‘lib o‘tgan tadbir O’zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi, “Sharq Ayoli” xalqaro xotin-qizlar jamoat fondi, “UzautoMotors” AK, “uz-Koram Kompani” MCHJ, “Uzeltexsanoat”, “AVTOTOOYNA” MCHJ va boshqa yirik sanoat-ishlab chiqarish korxonalari vakillari, bir qator ilmiy-tadqiqot institutlari, masalan, Mineral resurslar instituti, Neft va gaz konlari geologiyasi va razvedkasi instituti, mamlakatimizning yetakchi texnik oliy o’quv yurtlari, texnoparklari ishtirok etdi. Ushbu tashkilotlar ilg’or xorijiy tajribani o‘rganish va kelgusida o‘z faoliyatlarida qo‘llash masalalarini muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldilar.




TTPU va “ONESEC” kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi

Joriy yilning 13-iyun kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti moliyaviy-iqtisodiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori  Jaloliddin Yusupov va “ONESEC” kompaniyasi direktori Dmitriy Paleev ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumida tomonlar TTPU talabalarini amaliyotga jalb etish, yoshlar o‘rtasida hamkorlikda ommaviy tadbirlar, tanlovlar, ilmiy-texnika oromgohlari, xakaton va festivallarni o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi. O’zbekistonda STEM ta’limi rivojlantirish doirasida, TTPU talabalari va bitiruvchilarining amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari, shuningdek, mahorat darslari va mehmon ma’ruzalarini o‘tkazish bo‘yicha loyihalarni birgalikda amalga oshirishga kelishib olindi.  Bu esa yoshlarning axborot xavfsizligi sohasiga qiziqishini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.




Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Ota-onalar forumi” bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 1-iyun kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 1, 2 va 3-bosqich talabalarining ota-onalari ishtirokida o‘quv yili yakunlari bo‘yicha “Ota-onalar forumi” bo‘lib o‘tdi.

Forum doirasida ota-onalarga universitet bo‘ylab ekskursiya uyushtirilib, talabalarning bilim olishlari, sport bilan shug‘ullanishlari hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi. Ma’ruzalar zalida bo‘lib o‘tgan tadbirni universitet rektori Olimjon To‘ychiyev kirish so‘zi bilan ochib berib, bugun universitetda talabalar uchun zarur barcha sharoitlar yaratilganligi va bu sharoitlar, qulayliklardan oqilona foydalanish hamda muhim jihat-ota-onalar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash dolzarbligi haqida so’z yuritdi.

Ota-onalar bilan dildan suhbat davomida ularni qiziqtirgan barcha savollariga atroflicha javob berildi.




TTPUda badminton bo‘yicha o‘rtoqlik turniri bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining beshta muhim tashabbuslarini birgalikda amalga oshirish, shuningdek, Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi xorijiy oliy ta’lim muassasalari filiallari o‘rtasidagi hamkorlik Memorandumida belgilangan tadbirlarni tashkil etish maqsadida joriy yilning 22 may kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida badminton bo‘yicha do‘stlik turniri bo‘lib o‘tdi.

Turnirni Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To‘ychiyev tadbirni kirish so‘zi bilan ochib, barcha ishtirokchilarga omad, yorqin g‘alabalar va ajoyib kayfiyat tiladi. Turnirni O‘zbekiston badminton Federatsiyasi murabbiy-menejeri Barno Badalova hakamlik qilib, badminton o‘ynash qoidalari haqida gapirdi.

Turnir do‘stona va qiziqarli muhitda o‘tdi, musobaqalar davomida yoshlar badminton o‘ynash tajribasi va amaliyoti bilan o‘rtoqlashdilar. Barcha jamoalar munosib o‘ynab, yaxshi muvofiqlashtirilgan o‘yinni namoyish etishdi.

Turnir yakunlari bo‘yicha:
1-o‘rinni Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti jamoasi
2-o‘rin Toshkentdagi Turin politexnika universiteti jamoasi
3-o‘rin D. I. Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali egalladi.

Sovrinli o‘rinlarni egallagan jamoalar diplom va medallar bilan taqdirlandi, qolgan ishtirokchilar esa sertifikatlar oldi.

Toshkentdagi Turin politexnika universiteti talabalarini turnirda 2-o‘rinni egallaganlarni tabriklaymiz va turnirning barcha ishtirokchilariga faol ishtiroki va chiroyli o‘yinlari uchun minnatdorchilik bildiramiz!




TTPU talabalari harbiy-vatanparvarlik sport bellashuvlarida ishtirok etdi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining beshta muhim tashabbusini amalga oshirish boʼyicha imzolangan memorandum doirasida tashkil etilgan harbiy-vatanparvarlik o‘yinlarida, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida faoliyat olib borayotgan 9 ta xorijiy universitetlar filiallari talabalaridan tuzilgan jamoalar o‘zaro bellashdilar. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalaridan iborat jamoa ham o‘z iqtidorlarini namoyish qilgan holda ushbu harbiy-vatanparvarlik o‘yinlarida faol qatnashdilar.

Mudofaa vazirligiga qarashli Olmaliq shahridagi dala o‘quv maydonida vatanparvar, jismonan chiniqqan va epchil bir guruh faol talaba yoshlar – turnikda tortinish, to‘siqlarni yengib o‘tish, jangovor qurolni qismlarga ajratish va yig‘ish nishonga o‘q otish shartlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.

Harbiy qism ofitserlaridan iborat hakamlar hay’ati jamoalarni adolatli va shaffof baholab borish bilan bir qatorda ishtirokchilar bilan o‘z bilim va ko‘nikmalarini o‘rtoqlashdi. Murosasiz va shiddatli kechgan bellashuvlar yakunida eng kuchlilar aniqlanib, qimmatbaho va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.




Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiyaning Koreya Respublikasiga tashrifi natijalari

Joriy yilning 6-9 may kunlari, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To‘ychiyev boshchiligidagi delegatsiya Koreya Respublikasiga xizmat safarini amalga oshirdi.

Xizmat safarining ilk kunida Seoul Digital Foundation prezidenti Yosik Kang bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda raqamlashtirish sohasida sun‘iy intellektni joriy qilishda ilmiy tadqiqot olib borish, talaba yoshlarning mazkur sohaga oid startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda AKT sohasida aholini bilim va ko‘nikmalarini oshirish borasida hamkorlik qilish masalalari muhokama etildi.

Natijada, joriy yilning 10-12-oktabr kunlari aqlli shahar, sun’iy intellekt va robototexnika sohasida faoliyat olib boruvchi dunyoning 230 dan ortiq tashkilotlari tomonidan 20 mingga yaqin mutaxassislar, olimlar hamda talabalar ishtirok etishi rejalashtirilgan Seoul Digital Foundation tomonidan tashkil etiladigan Seoul Smart Life Week tadbirida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari o‘z ishlanmalari bilan ishtirok etishlari bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, Koreya Dasturiy Sanoat Assotsiatsiyasi (Korea Software Industry Association) raisi oʻrinbosari Kim Don Chol bilan muzokaralar oʻtkazildi. Uchrashuvda IT korxonalar talablaridan kelib chiqib TTPUning IT yoʻnalishidagi o‘quv dasturlarini takomillashtirish va TTPU talabalari o‘qishni bitirishiga qadar Assotsiatsiyaning “Xalqaro IT Sertifikat”ni olish masalalari muhokama etildi.

Xizmat safarining ikkinchi kunida delegatsiya a’zolari “Korea Dron Sanoati Assotsiatsiyasi” raisi Chon Min Pak, “Skyports” korxonasi bosh direktori Hyuk Pak, “Jin-Air korxonasi” rahbari Sun Jin Kin hamda “Accesswe UAV system korxonasi” ijro etuvchi direktori Jun Bom Lee bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuv doirasida bugungi kunda Oʻzbekistonda dronlarga boʻlgan katta ehtiyoj yoʻnalishlari, ularni ishlab chiqarish texnologiyalarini transfer qilish va dasturiy taʼminot ishlab chiqish masalalari muhokama etildi. Uchrashuv yakunida, “Korea Dron Sanoati Assotsiatsiyasi”, “Skyports”, “Jin-Air”, “Accesswe UAV system” korxonalari hamda TTPU oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shuningdek delegatsiya a’zolariBizData korxonasining ijro etuvchi direktori Teyjin Kim bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda katta hajmdagi maʼlumotlar (BigData) orqali avtomobilsozlik, farmatsevtika, qishloq xoʻjaligi hamda tabiiy resurslarni tejash boʻyicha innovatsion loyihalarni amalga oshirish va TTPU talabalarining yozgi amaliyotini oʻtash masalalari muhokama etildi.

Natijada BizData va TTPU oʻrtasida ishlab chiqarish korxonalari uchun suvni qayta ishlash texnologiyalarini transfer qilish va AI boʻyicha muhandislarni tayyorlash hamda talabalar yozgi amaliyotini o‘tash boʻyicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

Kunning ikkinchi yarmida Koreya Xalqaro Sanoat Hamkorlik Instituti direktori Chon Ok Re bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv doirasida bugungi kunda sanoat korxonalarning kadrlarga boʻlgan talabi boʻyicha oʼquv dasturlarini ishlab chiqish va ishga tushirish, IT sohasida kadrlarni tayyorlash borasida Janubiy Koreya ilg‘or tajribasini joriy etish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qo‘yish masalalari muhokama etildi.

Uchrashuv natijasiga ko‘ra, Koreya Xalqaro Sanoat Hamkorlik instituti bilan TTPU keyingi oʻquv yilidan boshlab dasturlash, sunʼiy intellekt, IT muhandisligi, mobil ilovalarni dasturlash hamda mediadizayn yoʻnalishlari boʻyicha birgalikda taʼlim dasturlarini amalga oshirish boʻyicha kelishuv imzolandi.

Xizmat safarining uchinchi kunida Yeungnam universiteti Prezidenti Choi Oe-chool bilan Janubiy Koreya tajribasi asosida TTPUda IT muhandisligi yoʻnalishlarida kadrlarni tayyorlashda 2+2 modeli asosida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, professor o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

Natijada bakalavr talabalari uchun ikki yil TTPUda keyingi ikki yilni Yeungnam universitetida davom ettirish imkoniyatini yaratish orqali qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil qilish, IT muhandisligi sohasida sanoat korxonalarining aniq ehtiyojlaridan kelib chiqib malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularni Janubiy Koreyaning yirik IT korxonalarida amaliyotini taʼminlash, ikkala universitetlarning oʻzaro almashinuvini tashkil qilish boʻyicha kelishuv imzolandi.

Xizmat safarining toʻrtinchi kunida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Janubiy Koreyaning avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan Ajin Industrial Co. kompaniyasiga tashrif buyurildi va kompaniyaning faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Kompaniyaning ijro etuvchi direktori Sea Junho bilan TTPU talabalarini amaliyot o‘tashlari va qo‘shma taʼlim dasturlari bitiruvchilarini mazkur korxonada ishlash istiqbollari muhokama etildi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari Kyonbuk texnoparki huzurida tashkil etilgan Elektromobil Akkumulyatorlarini Qayta Ishlash R&D Markazi va Kelajak Avtomobillar Markazi faoliyatlari bilan yaqindan tanishdilar.

Muzokaralar natijasida TTPUda Elektromobil Akkumulyatorlarini Qayta Ishlash R&D Markazini Kyonbuk Texnoparki bilan hamkorlikda Koreya grant mablagʻlari asosida tashkil etish va ushbu yoʻnalishda TTPU izlanuvchilarini Koreya Respublikasiga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborishga kelishib olindi.

Shu bilan TTPU rektori Olimjon Toʻychiyev boshchiligidagi delegatsiya Koreya Respublikasiga xizmat safarini yakunlab 10-may Toshkent shahriga yetib keldi




Tarmoq yosh ishchi-xodimlari uchun “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

Joriy yilning 7 may sanasida, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari kasaba uyushmasi Toshkent hududiy bo‘linma Kengashi tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan tarmoq yosh ishchi-xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Bilimdonlar baxsida “O‘zkabel”, “O‘zavtolizing”, “O‘zavtoInzi”, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, “O‘zmetkombinat” va Turin akademik litseyi jamoalari ishtirok etdi.

Mantiqiy va qiziqarli savollardan iborat bo‘lib o‘tgan ushbu o‘yinda jamoalar o‘zlarining intellektual salohiyatlarini namoyish etishdi. O‘yin yakunida 10-savoldan to‘plangan eng yuqori ballar natijasiga ko‘ra, Toshkent viloyatidan “O‘zmetkombinat” zakovatchilari 1-o‘rinni va Toshkent shahridan Turin Politexnika Universiteti zakovatchilari 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, Respublika final o‘yinida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Tadbir so‘ngida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalarga Toshkent xududiy kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.




“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv

Joriy yilning 1 may sanasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida “Shuxrat” medali hamda “Do‘stlik” ordeni sohibi taniqli shoir Аbdumajid Аzim bilan maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda talabalar, ustozlar va universitet huzuridagi akademik litsey o‘quvchi-yoshlari bilan suhbat davomida shoir Аbdumajid Аzim bugungi kunimizni axborot asrining ilg‘or texnologiyalarisiz tasavvur qilolmasak-da, talaba, o‘quvchilar orasida kitobga oshno bo‘lgan yoshlarning borligi quvonarli holdir deb qayd etdilar.

Kitob–buyuk mojiza, ziyo chashmasi. Unga hamroh bolgan inson faqat va faqat odamiylik saboqlarini o‘rganadi. To‘g‘ri, bugun zamon shiddat bilan ilgarilab bormoqda, kompyuter texnologiyalari, internet, axborot kommunikatsiya vositalari hayotimizga jadal kirib bormoqda. Аmmo, har qanday vosita ham kitob o‘rnini bosa olmaydi deb taʼkidladilar. Shuningdek, tadbir tinglovchilariga shoir Аbdumajid Аzim yurtimizda kitobxonlikka berilayotgan eʼtibor, kitobning inson hayotidagi ahamiyati haqida maʼlumotlar berib o‘tdilar.

Suhbat davomida mehmonimiz adabiyot olamining rivojlanishiga ulkan xissa qo‘shgan buyuk siymolarimiz bo‘lmish Аlisher Navoiy, Zahiriddin Muxammad Boburlarlarning hayoti va falsafiy ijodlari misolida so‘z yuritib, asarlarning maʼno-mazmuni shu bilan birga qanday ezgu g‘oyalar mujassamligi, insonning kamol topishi to‘g‘risida qimmatli maslahatlar olishimiz mumkinligi to‘g‘risida so‘z yuritdilar.

Mehmonimiz yoshlarimizni adabiyot olamiga olib kirar ekan, ular o‘z ijodlaridan ham namunalar taqdim qildilar.

Kecha davomida yoshlar adabiyot haqidagi oʼzlarini qiziqqtirgan savollarga mazmunli javob oldi. Shunday ahamiyatga molik bolgan tadbirlarni ko‘proq tashkillashtirish taklifi berildi.




Universitetga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

        Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida, universitetga biriktirilgan Bektemir tumani “Iyk ota” va “Soxil” mahalla yoshlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

        Uchrashuvda universitet rektori Olimjon To‘ychiyev yoshlar bilan tanishib, ularning birinchi navbatda bandligini ta’minlash, hayotda o‘z o‘rnini topishi va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha suhbat o‘tkazildi.

       Uchrashuv so’nggida yoshlarga universitet rahbariyati tomonidan o’quv kurslari uchun 1000 000 so’mlik vaucher hamda esdalik sovg’alari topshirildi. Shuningdek, yoshlarga universitet bo‘ylab sayohat uyushtirilib, talabalar loyihalari bilan tanishtirildi.

       Aytish kerakki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar “Inson qadri uchun” tamoyiliga asoslangani bilan ahamiyatlidir. Buni bugungi amaliy sayʼ-harakatlar misolida ham koʻrish mumkin.




Universitetda “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bitiruvchilari bandligini taʼminlash hamda ish beruvchilar bilan ochiq muloqot jarayonida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida joriy yilning 26-aprel kuni universitetda  “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” Job-Fair – 2024 boʻlib oʻtdi.

Mazkur yarmarka universitetda an’anaviy tashkil etilib,  bu yilgi tadbirda “UzAuto Motors” AJ “UzAUTO MOTORS POWERTRAIN”, MChJ “OʻzEraeAlternator” QK, BYD, UZTELECOM, IT Bilim, Cyber Science, Tashkent Traktor Zavodi, ADM Global, UZINFOCOM, “Kwangjin autosystem” MCHJ, Huawei, Enter Engineering kabi sanoat ishlab chiqarash, informatsion texnologiyalar va boshqa sohalarning 40 ga yaqin korxonalari ishtirok etdi.

Tadbir davomida ish beruvchi tashkilot vakillari o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari va tashkiloti haqida ko‘rgazmali hamda tarqatma materiallari bilan talabalarni tanishtirdi. Yarmarkada bitiruvchi talabalar o’z sohasining yetakchi kompaniyalar bilan tanishish va u yerdagi ish o’rinlari haqida ma’lumot olish, ishga joylashish va amaliyot  bo’yicha maslahat olish imkoniga ega bo‘ldilar.

Yarmarka doirasida 20 ga yaqin ish beruvchi korxonalar va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti o’rtasida keng qamrovli hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar imzolandi.

Mazkur yarmarkadafi faol ishtiroki uchun barcha qatnashchilarga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz! Umid qilamizki, bo’sh ish o’rinlari yarmarkasi barcha ishtirokchilar uchun foydali bo’ldi.




TTPUda “Talabalar bahori”

25-aprel sanasida universitetda an’anaviy “Talabalar bahori” festivali bo‘lib o‘tdi.  Ushbu festivalda universitet talaba-yoshlari hamda akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida sportning shaxmat, suzish hamda arm wrestling turlari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar taqdirlandi. Shuningdek, universitet talaba-qizlari hamda musiqa klubi a’zolari tomonidan raqs va musiqiy chiqishlar taqdim etildi.




Universitetda Navruz Cup shou bo‘lib o‘tdi

Universitetimizda an’anaviy o’tkaziladigan bu yilgi “Navro’z Cup”da 16 ta talabalar jamoasi ishtirok etdi.

24 aprel kuni, TTPUda talabalar hamda professor-o‘qituvchilar jamoasi o‘rtasida Navruz Cup futbol shou o‘yini o‘tkazildi.  Professorlar jamoasi universitetning turli kafedralari professor-o‘qituvchilari hamda xodimlaridan, talabalar jamoasi esa TTPUda talabalar o‘rtasida o’tkazilgan Navro‘z kubogi sohibidan tashkil topdi.

Do’stona va taasurotlarga boy bo’lgan o’yinda talabalarning  “Dortmund” jamoasi  g‘alabasi bilan yakunlandi.

G’olib jamoaga esdalik sovg’alar, kubok va medallar topshirildi.




“Sil kasalligi va OIV infeksiyasi bilan zararlanishdan himoya qilish,psixotrop va giyohvand moddalar isteʼmol qilishning oldini olish”mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalar turar joyida (TTJ) istiqomat qiluvchi talabalar ishtirokida “Sil kasalligi va OIV infeksiyasi bilan zararlanishdan himoya qilish, psixotrop va giyohvand moddalar isteʼmol qilishning oldini olish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbati talabalarga foydali bo‘lishi maqsadida, Talabalar shaharchasi Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi  hududiy shifokori G.Q.Uteyanova, hududiy hаmshiralari M.Aliyeva, G.Musayeva, sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchisi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazidan narkolog O.I.Sotnikovalar taklif qilindi.

Talabalar shaharchasi Markaziy Ko‘p tarmoqli poliklinikasidan tashrif buyurgan shifokorlar tomonidan universitet TTJsida yashayotgan talabalarga sil kasalligi va OIV infeksiyasi bo‘yicha umumiy tushunchalar berilib, bu kasalliklar hozirgi kunda aholi orasida tez-tez uchrayo‘tgani va uning tarqalishi yo‘llari haqida so‘z yuritildi. Shu bilan birga, kasallikdan bilan zararlanishdan himoya qilish yo‘llari hamda ushbu kasallik aniqlangan holda tezlik bilan shifokorlarga uchrashish kerakligi haqida talaba-yoshlarga eslatma berildi.

Davra suhbatining ikkinchi qismida, Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazidan tashrif buyurgan mutaxassislar talabalarga psixotrop va giyohvand moddalar isteʼmol qilishning salbiy ta’sirlari haqida aytib o‘tishdi. Shuningdek, giyohvandlikka ruju qo‘ygan insonlar bilan ishlash jarayonida nafaqat bemorning o‘zi balki, ularning oila a’zolari bilan ham ishlashga to‘g‘ri kelishini ta’kidladilar.

  Shu bilan birga, hozirgi kunda omma orasida rivojlanayotgan, ayniqsa yoshlar o‘rtasida keng tarqalayotgan elektron sigaretalar haqida so‘z yuritildi. Ushbu elektron sigaretalarning salbiy ta’sirlari, ularni doimiy chekish orqasida kelib chiqayotgan kasalliklar to‘g‘risida talabalarga to‘liq ma’lumot berishdi.

 Tadbir so‘ngida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga to‘laqonli javob olishdi. Shuningdek, davra suhbatida faol qatnashgan talabalarga esdalik sovg’alari taqdim etildi.




TTPUda umumxalq hashari bo‘lib o‘tdi

16-17 mart kunlari Navro‘z bayrami arafasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Obod va fayzli mahalla-yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq hashari bo‘lib o‘tdi. Unda universitet ishchi-xodim, professor-o’qituvchilari va talabalar hamjihatlikda faol ishtirok etib, universitet hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlshtirish ishlarini o’tkazdi.




Barqaror transport tizimlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tashkil etish

O‘zbekistonning 4 ta Oliy ta’lim muassasalari Yevropa Ittifoqining Erazmus plyus dasturi doirasida yangi “Barqaror transport tizimlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tashkil etish” loyihasi 2024-yil 1-mart kuni o’z faoliyatini boshladi. Bugun Turin Politexnika Universiteti loyihaning rasmiy ishga tushirish anjumani bolib o‘tdi.

Loyihaning umumiy qiymati 800 ming yevro bo‘lib, 2024-2027 yillar mobaynida amalga oshiriladi.

Loyiha ishtirokchilari:

Hamkor-universitetlar:

  1. Mitrovitsa universiteti – Loyiha koordinatori
  2. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti
  3. Kosovo amaliy fanlar akademiyasi
  4. Toshkent davlat transport universiteti
  5. Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
  6. O‘zbekiston milliy universitetining Jizzax filiali
  7. Mariboru universiteti (Sloveniya)
  8. Krit politexnika universiteti (Gretsiya)
  9. Madrid politexnika universiteti (Ispaniya)
  10. Turin politexnika universiteti (Italiya)

Akademik bolmagan hamkorlar

  1. Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi
  2. “Transport ilmiy-tadqiqot markazi” Mas’ulyati cheklangan jamiyat
  3. W3 raqamli yechimlar laboratoriyasi
  4. “SAMARKAND AUTOMOBILE FACTORY” MChJ QK (SAF)

Loyiha doirasida O‘zbekistondan ishtirok etayotgan oliy ta’lim muassasalarida Barqaror transport tizimlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tashkil etish rejalashtirilgan. Innovatsion va yangi texnologiyalardan foydalangan kompleks o‘quv dasturlarini ishlab chiqish orqali Yevropa Ittifoqining ilg‘or tajribalarini O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga joriy etish belgilangan.

Shu bilan birga, ishtirokchi universitetlar zarur laboratoriya jihozlari bilan ta’minlanadi, dasturiy ta’minot va adabiyotlar xarid qilinadi, 72 nafar professor-o‘qituvchilar Yevropa universitetlarda malaka oshiradi. Kamida 70 ta yangi o‘quv kurslar to‘plamidan iborat bakalavriat va magistratura fan dasturlari ishlab chiqiladi.

Transport sohasida kamida 10 ta turli manfaatdor soha korxona mutaxassislar uchun treninglar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Loyiha doirasida tashkil etilgan Bakalavriat dasturining 2-va 3-kurs talabalaridan 12 nafari Yevropa universitetlarida almashinuv dasturida ishtirok etish belgilangan.

Loyihadan foydalanish milliy standartlar va Boloniya deklaratsiyasiga muvofiq 5 ta oʻquv dasturini (4 ta bakalavriat va 1 ta magistratura) akkreditatsiyadan oʻtkazish va bakalavr darajasidagi 1 ta oʻquv dasturini modernizatsiya qilish orqali amalga oshiriladi.




Qizlar o‘rtasida “Zakovat” o‘yini o‘tkazildi

Joriy yilning 5 mart kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va akademik litsey ayol xodimlari va talaba-qizlari o‘rtasida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To’ychiyev tabrik so‘zi bilan ochib berib, barcha universitetda faoliyat ko‘rsatayotgan ayollarni, talaba qizlarni kirib kelayotgan bayram bilan tabrikladi.

Shundan “Zakovat” o‘yini boshlanib, ushbu bellashuvda tyutorlar tomonidan tayyorlanib kelingan bir-biridan qiziqarli, bayramona 10 ta savollar o`rtaga tashlandi.

Tadbir davomida, universitetimizda tashkil etilgan “Mening do‘ppim” chellenji, shuningdek qizlar o’rtasida tashkil etilgan badminton bo’yicha musobaqa g‘olibi va barcha qatnashchilariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbirga mehmon sifatida taklif etilgan P. Benkov nomli san’at maktabi o‘quvchilari tomonidan go’zal liboslar defilesi tadbirga bayramona kayfiyat ulashdi. O‘yin yakunida g‘olib jamoa esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.




Akademik va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

     Joriy yilning 1-mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Tabiiy-matematik fanlar kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor, Kimyo fanlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi – To’lyaganov Dilshat Ubaydullayevich Samarqand davlat tibbiyot universitetida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

    Tadbir davomida akademik Tulyaganov Dilshod Ubaydullayevich oʻzining ilmiy va amaliy faoliyati, akademik darajasigacha yetib kelishdagi mashaqqatlari va mehnatlari haqida talabalarga soʻzlab berdi. Akademik Tulyaganov Dilshod Ubaydullayevich bugungi kunda yoshlarimizga yaratilayotgan qulayliklar va ilm sohasidagi imkoniyatlar haqida soʻz yuritib, talaba yoshlarni yaratilayotgan bunday imkoniyatlarda unumli foydalanishga chaqirdi.

    Shuningdek, akademik universitetining tarixi va buguni bilan tanishish maqsadida, Samarqand davlat tibbiyot bilan universitet tarixi muzeyiga ham tashrif buyurdi. Uchrashuv yakunida akademik Tulyaganov Dilshod Ubaydullayevichga Yurtimizda ilm-fan sohasida malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashda qoʻshayotgan fidokorona hissasi, koʻp yillik samarali va halol mehnatlari hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorligi uchun Tashakkurnoma taqdim etildi.




TTPU da buyuk bobokalonlarimiz tavallud kunlariga bag’ishlangan ijodiy kecha o’tkazildi

O‘zbek she’riyati va adabiyoti jahon ma’rifatparvarlari tasavvurida, eng avvalo, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur singari ulug‘ siymolar timsolida gavdalanadi.
O‘zbek xalqining buyuk mutafakkir shoirlari Alisher Navoiyning 583 yilligi va Zahiriddin Muhammad Boburning 541 – yilligi tavallud topgan kunlari munosabati bilan Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida “Buyuk siymolarni xotirlab” deb nomlangan bayram tadbiri o’tkazildi.
Tadbirni universitet birinchi prorektori A.Ashurov ochib berib, ushbu ulug‘ kunning egalari, buyuk mutafakkirlarning o‘zbek tili va adabiyatiga qo‘shgan ulkan xissasi to‘g‘risida so‘z yuritdi hamda tadbir ishtirokchilariga o‘z minnatdorchiligini izhor etdi.

Tadbir mehmoni – O’zbekiston xalq artisti, “Do‘stlik”ordeni sohibi Saidkomil Hamroyevich tashrif buyurib, bu ikki ijodkorning hayoti va ijod yoʻllari, bizga yetib kelgan boy adabiy merosi va asarlardagi ezgu, tarbiyaviy jihatlar haqida soʻz yuritdi. So‘ng “Shodlik” doirachilar Jamoasi o‘z chiqishlari bilan tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Tadbirda talabalar shuningdek universitet qoshidagi akademik litsey o‘quvchilari tomonidan buyuk allomalarimiz g’azallaridan namunalar, sahna ko’rinishlari tadbir ishtirokchilariga namoyish etildi.

Badiiy-adabiy kecha davomida universitetning iqtidorli talabalari, universitetda faoliyat yuritayotgan musiqa to’garagi a’zolari tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azaliga bitilgan kuy-qo’shiqlar ijro etildi.




Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida8-dekabr Konstitutsiya qabul qilingan kunga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

Joriy yilning 6 dekabr kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston – yangilangan Konstitutsiya” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda universitet birinchi prorektori – A.Ashurov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudyasi – X.Sodiqov, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi – O.G‘ulomova, Farmasevtika instituti xalqaro ta’lim fakulteti o‘qituvchisi – X.Mamatova hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi “Yosh huquqshunoslar Kengashi” NNT raisi – G‘.Tursunmetovalar qatnashdi.

Tadbirni universitet birinchi prorektori A.Ashurov kirish so‘zi bilan ochib, Konstitutsiyamizning har bir moddasini chuqur bilish, unga rioya qilish har birimizning burchimiz ekanligi qayd etildi.

Tadbir davomida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi O.G‘ulomova hamda Farmasevtika instituti xalqaro ta’lim fakulteti o‘qituvchisi X.Mamatovalar so‘zga chiqib yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdilar. Jumladan, Konstitutsiya takomillashtirilishi jarayonida, xalqimizning faol ishtiroki, isloh qilingan Bosh qomusimizdan o‘rin olgan yangi normalar va ularning hayotimizdagi ulkan ahamiyati xususida so‘z yuritildi.

Shuningdek, so‘zga chiqqan Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudyasi X.Sodiqov yangi tahrirdagi Bosh Qomusimizda “Inson – jamiyat – davlat” tamoyili asos qilib olingani, yaʼni har bir moddada inson qadri, uning huquq va erkinliklari aks topgani haqida aytib o‘tdi.

  O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi “Yosh huquqshunoslar Kengashi” NNT raisi G‘.Tursunmetova davra suhbatini qiziqarli va interaktiv o‘tkazish uchun talaba-yoshlar bilan savol-javob o‘tkazib, ularni qiziqtirgan barcha savollariga javob berdi.