1

Tajriba-bilimning yagona manbaidir

Qurilish va arxitektura fakulteti talabalari uchun katta afzalliklardan biri bu ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarning qurilish maydonlarida o‘tkazilishidir.

Kafedraning 3-kurs bakalavriat talabalari Geodeziya kursining amaliy qismini Tashkent City LOT6 qurilish maydonchasida olib bordilar. Amaliyotda professor Saidislomxon Usmonov rahbarligidagi talabalar “PE BOMI Construction Engineering Co., LTD” kompaniyasi mutaxassislari bilan birgalikda Geodeziya asboblaridan foydalangan holda sifatni ta’minlash jarayonida ishtirok etdilar. Bu talabalarga nazariy bilimlarini mustahkamlashga va amaliy tajriba orttirishga yordam beradi.




“Milliy libos-millat qiyofasi!”

Milliy liboslarda xalqimizning tarixi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari mujassam etgan bo‘lib, hozirgi kunda milliy liboslar jozibasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va ma’naviy merosini asrab-avaylash, qizlarimiz qalbiga milliy liboslar iftixorini singdirish, milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizga hurmat va sadoqat, milliy liboslarning go‘zalligi va jozibasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsadida, joriy yilning 12 aprel kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida “Milliy libos-millat qiyofasi!” shiori ostida, ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.

Таdbirni universitet birinchi prorektori A.Ashurov ochib berib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi. Ushbu tadbirda universitet talaba-qizlari bilan birga Pavel Benkov nomli san’at maktabi “Tarixiy-teatr liboslari san’ati” kafedrasi o‘quvchilari tomonidan yurtimizning turli viloyatlarining bir-biridan yorqin va jozibali milliy liboslar defilesi o‘tkazildi.

“Alladin unikum” bog‘cha tarbiyalanuvchilarining chiqishlari esa tadbirga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.

Universitet qizlarining chiqishlari, Pavel Benkov nomli san’at maktabi o‘qituvchilaridan tashkil topgan hay’at a’zolari tomonidan munosib baholandi. Barcha ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.




TTPUda Amir Temur tavalludining 687-yilligiga bag’ishlab madaniy tadbir o’tkazildi.

Joriy yilning 5 aprel kuni universitet talabalari hamda akademik litsey o‘quvchi-yoshlari ishtirokida Amir Temur tavalludining  687- yilligiga bag‘ishlab “Jahon tamaddunida Sohibqiron Renessansi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda mehmon sifatida O‘zbekiston Xalq artisti Tesha Mo’minov, Respublika akterlar uyi direktori Munira Raximova va akademik litsey tarix fani o‘qituvchisi Sayyora Xakimova ishtirok etdilar.

Tadbirni universitet birinchi prorektori A.Ashurov ochib berib, o‘z nutqida 9 aprel kuni O‘zbekistonda buyuk davlat arbobi va sohibqiron Amir Temurning 687-yilligi keng nishonlanishi hamda Temur va temuriylar sulolasi davridagi moddiy va ma’naviy meroslar, ularni bugungi kunda xalqimiz tomonidan o‘rganilishi milliy o‘zligimizni anglashga zamin yaratishini qayd etdi.

Akademik litseyning tarix fani o‘qituvchisi Xakimova Sayyora Amir Temur – o‘rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi hamda ilm-fan va madaniyat homiysi bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumot berdi. O‘z davlatining kuch-qudratini oshirish va mustahkamlash uchun birinchi navbatda harbiy va eng muhim iqtisodiy islohotlar o‘tkazdi. Shuningdek, Amir Temur taraqqiyot uchun yagona davlat, o‘zaro totuvlik, ishbilarmonlarga qulay mulkiy va huquqiy sharoit yaratishga, ayniqsa savdo-sotiqni rivojlantirishga alohida e’tibor bergani va bunyodkorlik sohasida ham katta o‘zgarishlar kiritgani to‘grisida tarixiy hujjatlarda saqlangani va zamondoshlarimizga yetib kelgan manbalar yuzasidan ma’lumot berdi.   

Tadbir mehmoni O‘zbekiston Xalq artisti Tesha Muminov buyuk bobokalonlarimiz haqida so‘z yuritar ekan, tarixiy shaharlar, go’zal makonlarning ko‘pchiligi Amir Temur va temuriylar davrida vujudga kelganini qayd etdi. Milliy mustaqillik tufayli jahon ma’naviyati va ma’rifati sohasida o‘z o‘rinlariga ega bo‘lgan ajdodlarimizni va ular qoldirgan boy ma’naviy-ma’rifiy merosni teran anglash, o‘rganish va ulug‘lash imkoniyati yuzaga keldi. 

Mehmon Amir Temur bizga meros qilib qoldirgan “Temur Tuzuklari” asaridan so‘zlab, Amir Temurning ayollarga bo‘lgan hurmati va e’tibori, ularni ulug‘laganlari haqida gapirib, shu mavzuga doir she’r o‘qib berdilar.

O‘z so‘zlarining yakunida T.Mo‘minov yoshlarga murojaat qilib shunday buyuk insonlarning o‘gitlarini o‘rganib, ularni tahlil qilib, kelajakda yurt manfaati uchun foydalanish kerakligi haqida aytib o‘tdilar.

Tadbirni universitet musiqa to‘garagi rahbari M. Saparboyev “Vatan” to‘g‘risida musiqali chiqishlari bilan yakunlab berdilar.
Tadbir juda qiziq va mazmunli bo‘lib o‘tdi.




TTPUda shaxmat bo‘yicha “Rektor kubogi” bo‘lib o‘tdi.

TTPUda shaxmat bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi va unda 60 nafarga yaqin universitet va akademik litsey talabalari ishtirok etdi.

Turnir natijalari:

1-oʻrin — Raupov Nasrullo

2-o’rin – Jahongirov Samandar;

3-o‘rin – Abduqayumov Akbar.

G‘oliblarni tabriklaymiz! G’oliblarni taqdirlash marosimi joriy yilning 29 aprel kuni bo‘lib  o‘tadi.




Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo’yicha referendumning mazmun-mohiyati to‘g‘risida davra suhbati

Joriy yilning 30-mart kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi hamda 2023 yil 30-aprelida bolib o‘tishi rejalashtirilayotgan referendumning mazmuni va mohiyati yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni universitet birinchi prorektori A.Ashurov ochib berib, talaba-yoshlarni e’tiborini bo‘lib o‘tadigan referendumga qaratib, yangilanayotgan Konstitutsiyada yoshlarga jumladan ta’lim sohasi, ilm-fanga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Shundan so‘ng so‘z navbati Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori Feruza Abdurashidovna Muhitdinovaga berilib, tadbir qatnashchilariga referendum tushunchasi, xuquqiy asoslari, Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o’zgartirish va qo’shimchalar to‘g‘risida keng qamrovli tushunchalar berildi. Konstitutsiya loyihasi yuzasidan fuqarolarning fikr va takliflari tashkil etilgan “Meningkonstitutsiyam.uz” elektron platformasi va ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolardan 220 mingdan ortiq takliflar qabul qilinib, ularning har to‘rttasidan bittasi loyihadan joy olganligi ta’kidlab o‘tdi. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudi sudyasi X. Sodiqov so‘zga chiqib, Konstitutsiyaning yangi tahriri ijtimoiy, demokratik-huquqiy asoslari va chinakam xalqparvar davlatchilik asoslarini yaratish, aholi farovonligini oshirish, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada yuksaltirishda muhim omili bo‘lishini ta’kidladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini referendum o‘tkazish yo‘li bilan qabul qilish mamlakat tarixida birinchi marta qo‘llanilayotganligi, referendum xalq irodasining bevosita ifodasi ekanligi, referendumda qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega bo‘lishi qayd etildi.

Tadbirda bo‘lib o‘tadigan umumxalq referendumida barcha talaba yoshlarni o‘zlarining fuqarolik pozitsiyasini namoyon etgan holda faol ishtirok etishga chaqirildi.




“Kitob va kitobxonlik – inson maʼnaviyati koʼzgusi”

Joriy yilning 31 mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida kitobsevarlar klubi uchrashuvlari doirasida “Kitob va kitobxonlik – inson maʼnaviyati koʼzgusi” nomli adabiy-badiiy tanlovi boʼlib oʼtdi.

Tanlovda klubning aʼzolaridan tashkil etilgan jamoalar to‘rtta shart bo‘yicha bellashdilar. Tanlov juda qiziq va ko‘tarinki ruhda kechdi. Jamoalar bir-biridan qiziq bo‘lgan shartlarni bajarish mobaynida o‘zlarini o‘zbek adabiyoti bo‘yicha nechogʼlik bilimdon ekanligini ko‘rsatibgina qolmay, balki tomoshabinlarga ham yuqori kayfiyat bag‘ishlab ularning eʼtiroflariga sazovor bo‘lishdi.

Bajarilgan shartlar natijalariga ko‘ra, faxrli 1-o‘rinni “Fikr parvozi”, 2-o‘rinni “Javohir” va 3-o‘rinni “Koinot” jamoalari egallashdi. G‘olib va sovrindor jamoalar aʼzolari diplomlar va esdalik sifatida kitoblar to‘plami bilan taqdirlandilar.




Universitetda “Fine art” tasviriy san’at tanlovi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “5 ta muhim tashabbus” doirasida yoshlarning musiqa, adabiyot, rassomchilik, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarish maqsadida, Joriy yilning 29 mart kuni universitet talaba va akademik litsey o‘quvchi-qizlar  o‘rtasida “Fine art” nomli tasviriy san’at tanlovi tashkil etildi. Unda yoshlar turli mavzularda erkin uslubda o‘z iste’dodlarini namoyish qilishdi. 




Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti “Zakovat” klubining 2-bosqich o‘yini o‘tkazildi

Joriy yilning 28 mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Zakovat klubining 2-bosqich o‘yini o‘tkazildi.

Asosiy maqsad – talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning intellectual salohiyatini oshirish va turli mavzularda o‘z fikrlarini teran ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Shu bilan birga, o‘yin turli bahs-munozaralarga kirishish va tez fursatda qaror kabul qilishni o‘rgatadi.

Zakovatning Ikkinchi bosqichida quyidagi jamoalari ishtirok etdilar.

1.“The best”

2.“Turin litsey”

3.“Managers TOP”

4.“Evrika”

Klub uchrashuvining moderatorlari, akademik guruhlar tyutorlari Maxkamov Jamshid va Eshonqulov Mirshod o‘yinga start berishdi.

Tadbir so‘ngida har bir jamoadan ishtirokchilar, o‘tgan o‘yin yuzasidan o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.




TTPU kitobsevarlar klubi a’zolarining uchrashuvlari doirasida mushoira kechasi o‘tkazildi

Joriy yilning 24 mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining yozgi kutubxonasida kitobsevarlar klubi a’zolarining navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvi doirasida mushoira kechasi o‘tkazildi.

Ushbu kechada talaba-yoshlarga ustozlari tomonidan yurtimizda kitobxonlikka berilayotgan e’tibor, kitobning inson hayotidagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.

Klub a’zolari ham bu borada o‘z fikr-mulohazalarini bayon etib, o‘zbek she’riyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan O‘zbekiston xalq shoirlari Zulfiyaxonim, Erkin Voxidov, Abdulla Oripov, Muxammad Yusuf, Halima Xudoyberdiyeva, Xurshid Davron va boshqa o‘zbek shoirlarning ijodiga mansub bo‘lgan she’rlardan yoddan namunalar o‘qib berishdi.

Kecha yakunida esa mushoirada faol ishtirok etgan talabalar badiiy adabiyotlar bilan taqdirlandi.




TTPU va Indoneziya fan va texnologiyalar Muhammadiyah Aisyiyah oliy taʼlim muassasasi uyushmasi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.

2023-yilning 13-mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga Indoneziyaning Toshkentdagi elchixonasi hamda Muhammadiyah Aisiyah oliy ta’lim fan va texnologiyalar uyushmasi delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Magelang Muhammadiya universiteti, Jakarta Muhammadiya universiteti, Surakarta Muhammadiya universiteti, Yogyakarta Muhammadiya universiteti, Muhammadiya universiteti professori Prof. Dr. HAMKA, Muhammadiyah Ache universiteti muhandislik fakultetlari, Ahmad Dahlan universiteti amaliy fanlar va texnologiyalar fakulteti memorandumlar imzolandi. Shuningdek, TTPUning Mashinasozlik, Qurilish va Kompyuter injiniringi fakultetlari bilan Uyushma universitetlarining muhandislik fakultetlari o‘rtasida memorandum imzolandi.

Memorandum doirasidagi hamkorlik ko‘lami akademik hamkorlik, talabalar, professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va boshqalarni o‘z ichiga oladi.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori, DSc. Jamshid Inoyatxo‘jaev,: “Umid qilamizki, ushbu memorandum xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va keyingi tadqiqot imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida institutlar o‘rtasida uzoq muddatli va samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda birinchi qadam bo‘ldi”.

“Elchixona nomidan biz universitetlar oʻrtasidagi hamkorlik tashabbusini qo‘llab-quvvatlaymiz va kelajakda Muhammadiya fan va texnologiyalar uyushmasi bilan hamkorlik barcha uchun samarali bo‘lishiga ishonamiz”, deydi Sintia C. Saeh, Indoneziya Respublikasi elchixonasining birinchi kotibi/axborot, ijtimoiy va madaniyat bo‘limi boshlig‘i.

“Bizning tashrifimizdan maqsad Toshkentdagi Turin politexnika universiteti bilan nafaqat taʼlim, balki ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish sohasida ham yaxshi hamkorlik qilishdir”, dedi Magelang shahridagi Muhammadiya universiteti muhandislik fakulteti fanlari nomzodi Yun Arifatul Fotima.

Tashrif davomida delegatsiya aʼzolari TTPU axborot-resurs markazi, texnopark va mexatronika markazlari bilan ham tanishdilar.




Tarmoq yosh ishchi-xodimlari uchun “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

Joriy yilning 14 mart kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari kasaba uyushmasi Toshkent hududiy bo‘linma Kengashi tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan tarmoq yosh ishchi-xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Ushbu bilimdonlar bahsida Turin politexnika universitetining “Turin bilimdonlari” va “Orzu” jamoasi, “O‘zelektroapparat” AJning “Elektroapparat” “Uzavto-Inzi” QKning “O‘zinzi”, Chilonzor 1-son kasb xunar maktabining “Bilimdon” hamda “O‘zmetkombinat” AJning “Metallurglar” jamoasi ishtirok etishdi.

Mantiqiy va qiziqarli savollardan iborat bo‘lib o‘tgan ushbu o‘yinda jamoalar o‘zlarining intellektual salohiyatlarini namoyish etishdi. O‘yin yakunida 20-savoldan to‘plangan eng yuqori ballar natijasiga ko‘ra “O‘zmetkombinat” AJning “Metallurglar” jamoasi Toshkent viloyati yoshlari o‘rtasida faxrli 1-o‘rinni, Turin Politexnika Universitetining “Turin bilimdonlari” Toshkent shaxri yoshlari o‘rtasida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritishib, Respublika final bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Tadbirda “O‘zmetmashsanoat” kasaba uyushmasi Respublika Kengashi rais o‘rinbosari Sh.Isroilov, Turin Politexnika Universiteti rektori J. Inoyatxo‘jayev va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent shahar kengashi bo‘lim boshlig‘i D.Meliyevlar ishtirok etdi.

Tadbir so‘ngida tashkilotchilar tomonidan g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalarga diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.




Harbiy soha uchun innovatsion qurilmalar

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tomonidan berilgan grant asosida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti muhandislari va talabalari tomonidan yaratilgan “Zirhli tulpor” robot-sapyori.

“Zirhli Tulpor” robot majmuasi – portlovchi moslamalarni masofadan utilizatsiya qilish uchun mo’ljallangan.

“Zirhli tulpor” telekameralar va maxsus qo‘shimchalar yordamida shubhali obyektlarni vizual tekshirish, qidirish va dastlabki tashxis qo‘yish uchun ishlatiladi. Zararsizlangan portlovchi qurilmalarni evakuatsiya qilish uchun majmua maxsus konteynerlar bilan jihozlangan. Robot potensial xavfli ob’ektlarga kirishni ta’minlash uchun texnologik operatsiyalarni bajarishda ham qo’llaniladi.

Robot majmuasini boshqarish mavjud vaziyatga qarab ham kabel, ham radio orqali amalga oshiriladi. Robotning uzluksiz ishlash muddati ikki soatdan to’rt soatgacha. Tırtıl platformasi Zirhli Tulporga 250 mm balandlikdagi ostonalar va 200 mm chuqurlikdagi suv to’siqlarini yengib o’tishga imkon beradi.

XUSUSIYATLAR:

• O’lchamlari: Uzunligi 70-80 sm, kengligi 30-40 sm

• Infraqizil kameralar

• Signalni bostiruvchi

• Kamera 360* ko’rinishi

• 500 m radiusda masofadan boshqarish

• Yoritish tizimi

• GPS-kuzatuv

• Mobil kameralar

• Minalar qidirish uchun sensorlar

• Tuproq va sirt dizayni uchun sensorlar

• Yuk ko’tarish qobiliyati 35 kg gacha

• Robotning vazni 160 kg

• Manipulyatorning aylanish burchagi 180*

• Ob’ektni ushlash va ko’tarish uchun 4 ta motor

• Batareya muddati 2 soat

• Kuzatiladigan shassi

• Ob-havodan himoya qilish (chang, namlik)

• Ta’sirga chidamli dizayn.




TTPU vakillari FarPI da

Joriy yilning 20 fevral kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti vakillari Farg ‘ona Politexnika institutiga tashrif buyurib, viloyatdagi maktab bitiruvchilari bilan uchrashdi.

Bitiruvchilarga universitetda sifatli ta’lim olishi uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim yo‘nalishlari, universitetga kirish ballari, xalqaro qo‘shma dasturlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek tashrif doirasida, FarPI talabalari bilan ham uchrashuv uyushtirilib, unda TTPU professori Guido Marchetto talabalarga magistratura bosqichidagi ta’lim yo‘nalishlari, hamda talablar almashinuvi haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.

Tadbir yakunida talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga to‘liq javob berildi.




TTPU da shaxmat bo‘yicha turnir o‘tkazildi

Joriy yilning 14 fevral kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Zahiriddin Muxammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan shaxmat turniri o‘tkazildi. Turnirda universitet talabalari hamda Turin akademik litseyi o‘quvchilari faol qatnashdi.

Qizg‘in davom etgan turnir yakuniga ko‘ra g‘oliblar aniqlandi:

– 1-o‘rinni Turin akademik litsey o‘quvchisi – Otabek Umarov;

– 2-o‘rinni Turin akademik litsey o‘quvchisi – Fazliddinov Shoxjaxon

– 3-o‘rinni universitetning 1-bosqich talabasi Turayev G‘olib hamda 4-bosqich talabasi Xabibullaev Umidjon.
Turnir so‘ngida g‘oliblar sertifikat va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.




Universitetning kitobsevarlar klubi a’zolarining navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi.

Joriy yilning 25 yanvar kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida kitobsevarlar klubi a’zolarining navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning klub a’zolari tomonidan mutolaa qilingan “Alvido…bolalik” qissasi muhokama qilindi.

Tadbir boshida ishtirokchilarda adib to‘g‘risida atroflicha ma’lumot xosil bo‘lishi uchun uning hayoti va ijodi haqidagi videorolik namoyish etildi.

Klub uchrashuvining moderatori akademik guruhlar tyutori Faxriddin Sattiyev asar muhokamasini boshlab berish uchun so‘zni TTPU yoshlar bilan ishlash bo‘yicha 1-prorektori Alisher Ashurovga berdi.

U “Alvido…bolalik” qissasida har doim muhim hisoblangan “tarbiya” masalasiga e’tibor qaratilganligi, asar qahramonlari ayni psixologik o‘tish davrida bo‘lgan o‘smirlar ekanligi va mana shu muhim paytda ularning tarbiyasiga e’tibor qaratilmaganligi sababli jinoyat olamining qaytib bo‘lmas olamiga kirib ketishganligini haqida o‘z fikrlarini aytib o‘tdi.

Asar muhokamasi juda qizg‘in va bahs-munozaralarga boy ko‘tarinki ruhda kechdi va unda eng faol ishtirok etib klub a’zolari e’tirofiga sazovor bo‘lgan 1-bosqich talabasi Abdug‘afforova Madina esdalik sifatida kitoblar to‘plami bilan taqdirlandi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar navbatdagi uchrashuvda buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi Mir Alisher Navoiy hamda buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, tarixshunos va davlat arbobi, boburiylar sulolasi va saltanati asoschisi Zahiriddin Muxammad Boburning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan asarlarni, ularning g‘azal va ruboiylarini mutolaa qilib muhokama qilishga kelishib olishdi.




Vatanni asrash, har bir insonning burchi

        Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini munosib kutib olish va uni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash, aholida milliy armiyadan faxrlanish va unga boʻlgan ishonch hissini oshirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida universitetda qishki ta’til davri bo’lishiga qaramay, joriy yilning 12-yanvar kuni onlayn tarzda “Vatanni asrash, har bir insonning burchi” mavzusida tadbir oʻtkazildi.

  Tadbirda mehmon sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti hodimi, ijtimoiy-gumanitar kafedrasi dotsenti, polkovnik Hotamov Shuhrat Nasirovich –tashrif buyurdi. Shuningdek, universitet birinchi prorektori A.Ashurov, Yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i G.Allamova, Universitetga biriktirilgan Olmazor tumani Ichki ishlar bo’limi, profilaktika katta inspektori  podpolkovnik Sh.Yusupovlar, Yoshlar bilan ishlash bo’limi metodistlari X.Kamilova, universitet musiqa to’garagi rahbari M.Saparbaev, Tyutorlarimiz -universitet oila va xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslaxatchisi F.Nabihanova, M.Esonqulov, F.Sattiev, J.Mahkamovlar hamda universitet iqtidorli talabalari Urunov Asadbek va Rustamov Dilmurodlar o’zlarining “Elektro mobillar uchun universal akkumulyator modular” va “Innovatsion harbiy to’plam” nomli loyihalarining taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.

Mazkur tadbirda onlayn shaklda ishtirok etganlar o’z fikr mulohazalari bilan qatnashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutahassisidan atroflicha javob oldilar.




“Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti 1- bosqich akademik guruh tyutori Eshonkulov Mirshod boshchiligida, talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida, ”Qatag‘on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida talabalar Vatanimiz mustaqillikka erishishi, millatimiz g‘ururi, uning qadriyatlarini, boy ma’naviyatini asrab qolish yo‘lida jonini qurbon qilgan millat fidoyilari Abdulla Qodiriy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon kabi ulug‘ ma’rifatparvar ajdodlarimizning hayoti, ijodi, ilmiy faoliyati bilan tanishdi. Muzeyining har bir bo‘limi xalq orasidan, qatag‘on qurbonlari oilasi, avlodlari tomonidan taqdim etilgan va muzeyda arxiv hujjatlaridan olingan tarixiy manbalar bilan boyitilgan.

Muzey ilmiy xodimlari tomonidan “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui hamda “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyining barpo etilish va tarixiy ahamiyati to‘g‘risida ma’ruza va tanishtiruvlari talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Jamiyatni ma’naviy yuksaltirishda, yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muzeylarning alohida o‘rni bor. Ularda jamlangan tarixiy manbalar, xalqning o‘tmishi aks etuvchi ekspozitsiyalar bizni ajdodlar hayoti, kurashi va boy merosi bilan tanishtiradi. Muzeylarning ijtimoiy-siyosiy hayotimizda bajaradigan vazifalaridan biri ta’lim va tarbiya o‘chog‘i ekanligidir.




Talaba-yoshlarining cholg‘u musiqa ijrochiligini rivojlantirish maqsadida universitetda musiqa to‘garagi faoliyat ko‘rsatmoqda
 

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusning Birinchi tashabbusi bo’lgan yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarish maqsadida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Estrada hamda milliy cholg‘u asboblari” bo‘yicha to‘garak tashkil etildi.

Universitetda talaba-yoshlarning qobiliyati rivojlantirish, bilim olishga va yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida shakllanishi, ularni hayotga har tomonlama tayyorlash, mamlakatimiz taraqqiyotida muhim o‘rin egallay oladigan yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan iste’dodli yoshlarning ilmiy-ijodiy salohiyatini oshirish va talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning amaliy-ijodiy qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlashda ushbu to‘garakning o‘rni beqiyos!

O’zbekiston Davlat Konservatoriyasi bitiruvchisi, O’zbekiston Davlat Filarmoniyasida ko’p yillar faoliyat yuritgan, tajribali mutahassis Saparbaev Mansur boshchiligida to’garakda 20 dan ziyod yoshlar o`z iste`dodlarini namoyon qilmoqda.

“Musiqa asboblarini chalishni o‘rganish, birinchi navbatda, hissiy intellekt, qo‘l, barmoq va oyoqlarda ishlash mahoratini rivojlantirishga yordam beradi. Bu esa, o‘z navbatida, insonning kognitiv qobiliyatlarni yaxshilaydi”, deydi to’garak rahbari Saparbaev Mansur

 Mazkur to‘garakda sanʼatsevar yoshlar rubob, gitara, fortopiano kabi cholg’u-asboblarni chalish hamda vokal darslarida o‘z ovoz tembrlarini sozlab, qo‘shiq kuylashni qunt bilan o‘rganib kelmoqdalar. Shu jumladan, iqtidorli faol talabalar tomonidan Jahon musiqa durdonalari yuksak estetik mahorat bilan ijro etilmoqda.

  2022-2023 o’quv yili mobaynida “Yoshlar bilan ishlash” bo ‘limi tomonidan tasdiqlangan yillik ish rejaga muvofiq o‘tkazib kelinayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarda to‘garak qatnashchilari faol ishtirok etib kelishmoqda.




TTPUda Kitobsevarlar klubi o‘z faoliyatini boshladi

Joriy yilning 20 dekabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining kutubxonasida kitobsevarlar klubining ramziy ochilishiga bagʼishlangan madaniy-maʼrifiy kecha oʼtkazildi. Kechada kitobsevar talabalar, ustozlar va tashrif buyurgan mehmon – “Shuhrat” medali sohibasi, adabiy targʼibot va tadbirlarni uyushtirish boʼlimi boshligʼi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Farogʼat Musurmonovna Xudoyqulova qatnashishdi.

Madaniy-maʼrifiy kechani TTPU yoshlar bilan ishlash boʼyicha birinchi prorektori Аshurov Аlisher Mavlonovich ochib berib, klub aʼzolarini ushbu muhim sana bilan tabrikladi va oʼz nutqida kitobsevarlar klubini tashkillashtirilishi universitetimiz talabalari uchun nechogʼlik ahamiyatli ekanligini taʼkidlab oʼtdilar.

Klub tashkilotchisi va kecha moderatori akademik guruhlar tyutori Faxriddin Oʼrolovich Sattiev tadbir ishtirokchilariga kitobsevarlar klublarining shakllanish tarixi, afzalliklari va maqsadlari, klub aʼzolarining uchrashuvlarini tashkillashtirish formatlari toʼgʼrisida taqdimot namoyish qildi.

Shundan soʼng tabrik uchun soʼz navbati tadbir mehmoni Farogʼat Musurmonovna Xudoyqulovaga berildi. U kishi universitetimizda shunday klub tashkil qilinganligidan va uning ochilish marosimida faxriy mehmon boʼlib turganligidan juda xursand ekanligini va oʼzini xuddi yoshlik davridagi badiiy muhit ogʼushiga tushib qolganday his qilayotganligini aytdi. Soʼzi davomida kitob oʼqish asarda ilgari surilayotgan gʼoyani qanday anglash mumkinligi haqida tushunchalar berib oʼtdilar.

Аkademik guruhlari tyutori Eshonqulov Mirshod Neʼmatovich ham kecha ishtirokchilariga kitob mutolaasidan kitobxonga boʼladigan 10 ta asosiy foyda haqida taqdimot namoyish qilib berdi.

Kecha soʼngida ishtirokchilar har oyda bir yoki ikki marotaba oʼqilgan asarlar muhokamasiga kutubxonamizda uchrashuvlar oʼtkazib turishga kelishib olindi hamda tashrif buyurgan mehmonga esdalik sovgʼalari topshirildi.




Himoyaga tavsiya

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti huzuridagi PhD.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli ilmiy kengashda 2022 yil 20 dekabr kuni, 05.01.08 “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” ixtisosligi bo‘yicha talabgor Alishev Sherqo‘zi Abdumannonovichning “Ko‘p bosqichli o‘zgaruvchan parametrli ob’ektlarni adaptiv boshqarish algoritmlari” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga dissertatsiya ishining taqdimoti muvaffaqiyatli o’tkazildi va himoyaga tavsiya etildi.