1

Kiberjinoyatchilik va tavakkalchilikka asoslangan virtual o’yinlarning salbiy oqibatlari

Joriy yilning 20-dekabr kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida “Kiberjinoyatchilik va tavakkalchilikka asoslangan virtual o‘yinlarning salbiy oqibatlari mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Unga Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi, Axborort texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarma kiberhavfsizlik bo‘limi tezkor xodimi, kapitan Sh.E.Mamatqulov hamda ushbu bo‘lim xodimlari B.M.Atakulov va Sh.B.Xudoyberdiyevlar tashrif buyurib, “Ijtimoiy tarmoqlarda hamda internet tarmog‘i orqali 1xBet, MostBet va boshqa bukmekerlik onlayn shaklidagi kazinolarida tavakkalchilikka asoslangan virtual o‘yinlarning salbiy oqibatlari” mavzusida so‘z yuritdilar.

Dastavval, tadbirni universitet birinchi prorektori A.Ashurov ochib berib, axborot kommunikatsion texnologiyalari rivoj topgan sari, uning afzalligi va qulayliklaridan foydalanish bilan bir qatorda, axborot xavfsizligini ta’minlash dolzarb masalaga aylanib borilayotgani e’tirof etildi.

“Hozirgi globallashuv asrida yoshlarning dunyoqarashi kun sayin o‘zgarib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri ularning zamonaviy axborot kommunikasiyalaridan faol foydalanishi, dunyoda ro‘y berayotgan yangiliklar, voqea-hodisalardan tez xabardor bo‘lishi bilan ham izohlanadi. Shu nuqtai nazardan, aholisining katta qismini yoshlar tashkil etuvchi mamlakatimizda ularga nisbatan kibertahdidlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish muhim ahamiyat kasb etadi”, deydi Sh.E.Mamatkulov.

         Tadbir davomida talaba-yoshlarga mavzuga doir foydali ma’lumotlar bilan birga, hozirda tez uchrab turadigan kiberjinoyatchilikka doir hayotiy voqealar aks ettirilgan video lavhalar namoyish etildi. Unda asosan ehtiyotsizlik oqibatida ko‘rilgan jabrlar, kiberjinoyatlardan aziyat chekkanlar va ularni sodir etganlar holati yoritib o‘tilgan.

         Qizg‘in davom etgan davra suhbati so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savolariga atroflicha javob oldilar.




Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida Caterpillar o‘quv markazining ochilishi

2022-yil 12-dekabr kuni CAT@ maxsus texnikaning O‘zbekistondagi rasmiy dileri “Zeppelin Central Asia Machinery” MChJ va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Ushbu memorandum tomonlarning ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi uzoq muddatli o‘zaro manfaatli hamkorligini mustahkamlash, shuningdek, universitet qoshida Caterpillar o‘quv markazini ochishga qaratilgan. Mazkur o‘quv markazda talaba va korxona xodimlari jahonning eng yirik ishlab chiqaruvchilaridan birining greyder simulyatorida yo‘l qurilish texnikasini ekspluatatsiya qilishni o‘rganadilar.

O‘quv markazi negizida Caterpillar va Zeppelin kompaniyalari vakillari ishtirokida ilmiy-metodik seminarlar, mehmon ma’ruzalari va boshqa tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ochilishda “Zeppelin Central Asia Machinery” XK hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rahbariyati, shuningdek, AQSh elchixonasi, Olmazor tumani hokimligi va AHK Germaniya savdo kompaniyasi vakillari ishtirok etdi.

“Caterpillar tog‘-kon sanoati va qurilish uskunalari bo‘yicha dunyodagi yetakchi ishlab chiqaruvchi bo‘lib, u yigirma yildan ortiq vaqt mobaynida O‘zbekistonda o‘zining eng yirik global dileri Zeppelin Uzbekistan orqali taqdim etilgan. Ushbu o‘quv markazining ahamiyati shundaki, u talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi va o‘z sohasi bo‘yicha yuqori malakali va tan olingan mutaxassislardan bilim olib, professional jihozlardan foydalanish imkonin beradi”, deydi texnika fanlari doktori, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Jamshid Inoyatxodjaev.

“So‘nggi yillarda biz O‘zbekiston ta’lim sohasini rivojlantirish, qurilish va yo‘l xo‘jaligida malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan loyihalar ustida faol ish olib bormoqdamiz. Biz nafaqat universitetlarni moddiy-texnik jihozlash bo’yicha yordam berishga, balki to’plangan tajribamizni to’liq baham ko’rishga va o’quv jarayonida ishtirok etishga intilamiz. O‘z navbatida, talabalar va bo‘lajak mutaxassislar bilan muloqot sohaga yangicha qarashimizga yordam beradi”. – deydi “Zeppelin Central Asia Machinery” MChJ bosh direktori Mixail Kontsevenko.

Zeppelin Uzbekistan Toshkentdagi Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda 2023-yilga mo‘ljallangan keyingi hamkorlik rejasini ishlab chiqdi.




Konstitutsiyaga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi

Konstitutsiya – nafaqat bugungi kunning qomusi, balki u ertangi kunimiz, qurayotgan jamiyatimiz istiqbolini belgilab beruvchi hujjat, farzandlarimiz yo‘lini yorituvchi chiroqdir. Shunday ekan, jamiyatimiz hayotining mezoni bo‘lgan Konstitutsiyani chuqur va har tomonlama o‘rganishimiz, uning ma’nosiga yetib borib, amaliy hayotimizning doimiy qo‘llanmasiga aylantirishimiz darkor.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan “Yoshlar – Qomusimiz istiqboli xazinasi” mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda universitet birinchi prorektori Alisher Ashurov so‘zga chiqib, “8-dekabr O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” bayram tadbirini ochiq deb e’lon qildi va Bosh Qomusimiz tarixda sinalgan umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan hujjat deb ta’kidladi. Chunki u inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining barcha asosiy g‘oya va qoidalarini o‘ziga singdirgan. So‘ng tadbirni Olmazor tumani hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ziyodulla Sa’dullayev yoshlarga murojaat nutqi bilan davom ettirdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudi sudyasi Sodiqov Xurshid ham tadbir ishtirokchilarini bayram bilan tabriklab, konstitutsiyada fuqarolarning huquq va burchlari, yoshlarga yaratilgan imkoniyatlari to‘g‘risida talabalarga qiziqarli chiqish qildi.

Bayramni universitet talabalari tomonidan tayyorlangan “Konstitutsiya va bag‘rikenglik” mavzusida taqdimot va, videoroliklar davom ettirdi. O‘zbekiston – ko‘pmillatli mamlakat. Bu zaminda asrlar mobaynida turli millat va elat vakillari yashab kelayotgani hamda yurtimizda millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik muhiti hukmron. O‘zbekiston dunyo mamlakatlari uchun bag‘rikenglik borasida namuna bo‘lib kelayotgani ta’kidlandi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Yosh xuquqshunoslar kengash raisi Tursunmetova Go‘zal O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5106-sonli farmoni ijrosi yuzasidan so‘zga chiqib, hozirgi kunda mamalakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirilishi, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirga yosh doirachilarning sahna chiqishlari, hamda yoshlarga sevimli bo‘lgan san’atkorlarning musiqiy chiqishlari tadbirga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.




“Butunjahon OITS ga qarshi kurash kuni” munosabati bilan seminar o‘tkazildi.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti talabalari uchun “1-dekabr OITSga qarshi kurash kuni”ga bag‘ishlab “Zararli illatlarsiz sog‘lom avlod” mavzusida soha mutaxassislari ishtirokida seminar tashkil etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati Toshkent shahar tashkiloti FV bo‘lim boshlig‘i D.Narimonova, Olmazor tuman tashkilotchi ijrochi direktori X.Axmedova, tumanlararo teri-tanosil kasalliklari dispanseri shifokori V.Abdullayeva, tuman Sanitar epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mutaxassislari A.Tadjiddinova va F.Jabborova ishtirok etdi.

Yig‘ilishni universitetning ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Allamova G.A. ochib berib, bu kabi tadbirlarni o‘tkazilishidan maqsad hamda ahamiyati to‘g‘risida to‘xtalib, talabalarni kelgan mehmonlar bilan tanishtirdi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqan X.Axmedova talabalarga Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim oy harakati, uning vazifalari, shu bilan birga sog‘lom turmush tarzi, zararli odatlarning inson hayotidagi oqibatlari, OITS va uning oldini olish to‘g‘risida ma’ruza qildi. So‘ng so‘zni V.Abdullayeva OIV va OITS ning farqi nimada, orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi uning yuqush yo‘llari, oldini olish choralari, teri-tanosil kasalliklari to‘g‘risida talabalarga qiziqarli ma’lumotlar berdi.

Uchrashuv davomida hozirgi kunda “Asr vabosi” nomini olgan ushbu immunitet tanqisligi kasalligini oldini olish, davolash, tarqalish yo‘llari to‘g‘risida videoroliklar, videoslaydlar namoyish etilib, talabalarni ogohlikka da’vat etildi. Tadbir davomida talabalar, mavzu bo‘yicha o‘zlarining qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislaridan javob olishdi.




TTPU da Google developers talabalar klubi ochildi

Google developers talabalar klubi dasturlash sohasida tajriba almashish, nafaqat nazariy, balki amaliy bilimlarni rivojlantirishga yordam beruvchi klublardan biri bo‘lib, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida ham o‘z faoliyatini boshladi.

Unda dasturchi sifatida o’sishga qiziqqan barcha talabalar qatnashishi mumkin. Klubning asosiy maqsadi talabalar texnologiya va startap g’oyalarini o‘zaro almashish, Google texnologiyalaridan foydalangan holda mahalliy hamda global muammolarga yechim topishlarida ko’maklashishdan iborat.

Tadbirda GDG tashkilotchisi, lideri va android dasturchisi Azamat Majidov, Nuruddin Iminohunov va yurtimizdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari GDSC liderlari so’zga chiqib, sohaga oid mavzularda talabalar bilan qiziqarli suhbat o’tkazib, fikr almashdilar.




Talabalar turar joyida navbatdagi uchrashuv

 Kuni kecha TTPU yotoqxonasidagi talabalar bilan universitet mamuriyati o’rtasida uchrashuv o’tkazilib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, yongʻin va texnika xavfsizligi, jamoat tartibini saqlash kabi masalalarda muloqot olib borildi.

Uchrashuvda talabalarga yong’in xavfsizligi qoidalari, yong’inni oldini olishga doir o’tkazilayotgan tadbirlarning maqsad va vazifalari haqida tushuntishlar berilib, yong’inning paydo bo’lish sabablari, favqulodda vaziyatlarda qay holatda harakatlanish, o’t o’chirish uskunalaridan to’g’ri foydalanish, yong’in sodir bo’lganda dastlab e’tibor qaratish zarur holatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.




Italiya universitetlari bilan hamkorlikda Biotibbiyot muhandisligi yo‘nalishi modernizatsiya qilinadi

Shu kunlarda Oʼzbekiston Respublikasida Jahon banki tomonidan moliyalashtirilgan “Oliy taʼlim muassasalarning moddiy texnika bazasini mustaxkamlash” loyihasi doirasida hamda Italiya Respublikasi Oliy oʼquv yurtlari bilan hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish maqsadida Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirining fan va innovatsiyalar boʼyicha oʼrinbosari R.Hakimov boshchiligidagi ishchi guruhi Italiyada xizmat safarini amalga oshirmoqda.

Kuni kecha Rim shahrida Barqaror rivojlantirish uchun universitetlararo tadqiqot markazi (CIRPS) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Unda Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida CIRPS bilan hamkorlikda “Tibbiy uskunalarga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash texnoparki”ni tashkil etish va texnoparkni ilg‘or tibbiyot asbob-uskunalariga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash masalasi muhokama qilinib, uch tomonlama shartnoma imzolandi.

Italiya Respublikasining taʼlim, universitetlar va tadqiqot vazirligi vakillari bilan oliy taʼlimda sifatni taʼminlash, Oliy taʼlim uchun Yevropa sifat kafolati reestrida aʼzolik masalalari boʼyicha uchrashuv oʼtkazildi. Hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar oʼtkazish, doktorantlarni tayyorlash, ularning stajirovkalarini yoʼlga qoʼyish masalalarida muhokamalar oʼtkaziladi. Oʼzbekistonning turli mintaqalaridagi 7 ta davlat oliy taʼlim muassasalaridan yiliga 30 nafar doktorantlar va professor-oʼqituvchilar almashinuvini joriy qilish boʼyicha kelishuvga erishildi.

Laquila universiteti hamkorlik masalalarini hal qilish bo’yicha uchrashuv o’tkazildi.Natijada 2023–2024-yillar davomida Erasmus+ grant loyihasi ko‘magida respublikaning 7 ta oliy ta’lim muassasasi (Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Andijon mashinasozlik instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiallari)da “Biotibbiyot muhandisligi“bakalavriat ta’lim yo‘nalishini innovatsion g‘oyalar va raqamli texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish va tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Xususan, 7 ta oliy taʼlim muassasasida Biotibbiyot muhandisligi taʼlim yoʼnalishining Yevropa standarti asosida oʼquv reja va dasturlari ishlab chiqiladi, oʼqitish materiallari va vositalari tayyorlanadi, 70 dan ortiq professor-oʼqituvchilarning malakasi oshiriladi, har bir oliy taʼlim muassasasida kamida 20 nafardan talabalar ushbu yoʼnalishga ixtisoslashtiriladi.




“Talabalikka bag‘ishlov – 2022”

Joriy yilning 27-oktyabr sanasida Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetning 2022-2023 oquv yiliga qabul qilingan 1-bosqich talabalari uchun “Talabalikka bagishlov” nomli va  “21-oktyabr Ozbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

Dastavval, ma’naviy-ma’rifiy tadbirni Ozbekiston Respublikasi madhiyasi bilan ochib berildi. Song, universitet rektori Inoyatxodjaev Jamshid Shuhratullayevich sozga chiqib, bu yilgi oquv yiliga qabul qilingan talaba-yoshlarga koplab ezgu-tilaklar bildirib, kelajakda yetuk mutaxassis bolib yetishishlarida universitet tomonidan kerakli sharoitlar yaratib berilishini ta’kidladi.

TTPU

Har yili o‘tkaziladigan an’anaviy tadbir davomida, talabalar o‘z qasamyodlarini qabul qilar ekan, butun faoliyatlarini ona diyorimiz va uning buyuk kelajagiga bahshida etishga, Vatan taraqqiyoti yo‘lida astoydil harakat qilib yuqori malakali mutaxassis bo‘lishga, ota-ona oldidagi farzandlik burchini unutmaslik, uni to‘la ado etish uchun bor bilimlarini bag‘ishlashga, tanlangan mutaxassislik bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarni muntazam ravishda o‘zlashtirishga, o‘quv rejasi va dasturlarda belgilangan mashg‘ulotlarni oz muddatida bajarish va o‘quv mashg’ulotlarida doimiy ravishda qatnashishga, olingan kasbiy bilimlardan foydalanib, muxandislik kasbini puxta egallash va mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishga hissa qo‘shish, universitetning ichki qoidalarig rioya qilishni o‘zlarining muqaddas burchi deb hisoblash kabi so‘zlar bilan tantanali ravishda qasamyod qildilar.

TTPU

Shundan so‘ng, 2022-2023 o‘quv yili kirish imtihonlarida eng yuqori ball toplagan talabalarimiz Madaminova Kamola (Mashinasozlik texnologiyasi), Abduganiyev Abdulaziz (axborot texnologiyalari), Shakirov Temur (Sanoatda qurilish xo‘jaligi), Kurbanova Nigora (Menejment)larga kafedra mudirlari tomonidan yo‘nalish ramzlarini (atributlari) tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Talabalarni qutlash maqsadida universitet “Musiqa togaragi” qatnashchisi Shohruh Hasanov va uning rahbari Mansur Saparbaev tomonidan musiqiy chiqishlar taqdim etilib, talabalarimiz Sarvinoz Yo‘ldasheva va Xayitov Narzullobek tomonidan she’rlar o‘qildi.

Ozbek tilimiz, adabiyotini, madaniyatimiz, san’atimizni  gozalligi va nafosatini  talaba-yoshlarimizga oz bolsada anglatish maqsadida, elimiz suygan ko‘plab obrazlar yaratgan, bir qancha film dublyajlarida qatnashgan, Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati, O‘zbekiston Xalq artisti Tesha Muminov tashrif buyurdi. Tesha Muminov ozbek tilining kelib chiqish tarixi, ajdodlarimiz, buyuk adiblaru-shoirlarimiz ijodi togrisida soz yuritdi.

TTPU

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ozi erishgan yutuqlari, universitet ta’lim tizimi, yaratilgan sharoitlar, yaqin ikki yil mobaynida amalga oshirilgan loyihalarni korsatish va talabalarga motivatsiya bolish maqsadida faol va iqtidorli, na’munali, bir qator tanlovlar g‘olibi, o‘zining turli loyihalari bilan dunyo kezgan universitet 3-bosqich talabasi Urunov Asadbek tomonidan juda ma’lumotlarga boy taqdimot namoyish etildi.

Shu o‘rinda, barcha talabalarga qasamyodlariga sodiq qolgan holda, yurtimiz dovrug‘ini balandlarga yuksaltirib, kelgusida porloq va yorqin kelajakning munosib farzandlari bolishlariga tilakdoshmiz.




TTPU “InnoWeek.uz-2022” Innovatsion g’oyalar haftaligida ishtirok etmoqda

Avval xabar berilganidek, 17-21-oktabr kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Innovatsiyalar Milliy ofisi bilan hamkorlikda yilning eng innovatsion tadbiridan biri bo’lgan “InnoWeek.uz-2022” Innovatsion g’oyalar haftaligini o’tkazmoqda.

TTPU

Ko’rgazmaning asosiy maqsadi- mahalliy va xorijiy vakillarning turli biznes yo’nalishlari uchun eng ilg’or innovatsion texnologiyalar, mahsulotlar, loyihalar, prototiplar va modellarni namoyish etish hamda ilgari surish uchun ishonchli platforma yaratish sanaladi.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti an’anaviy tarzda ushbu haftalikda faol ishtirok etib kelmoqda. Bu yilgi haftalikda ham universitet mashinanasozlik, axborot texnologiyalari, sog’liqni saqlash, mudofaa sohasiga oid 10 dan ortiq loyahalari bilan qatnashdi. Universitet talaba va muhandislari tomonidan yaratilgan ushbu ishlanmalar, ko’rgazma qatnashchilarida katta qiziqish uyg’otdi.

Eslatib o’tamiz, “InnoWeek.uz-2022” Innovatsion g’oyalar haftaligi davom etmoqda.




TTPUda Yaponiya kompaniyalarida ishlash imkonini beruvchi markaz ochiladi

2022 yilning 26 sentyabr kuni, janob Tetsuro Yamasaka boshchiligidagi Balcon Co Ltd (Yaponiya) delegatsiyasi, hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi.

Kun tartibidagi asosiy masala, TTPU qoshida o‘quv markazni tashkil etish bo‘lib asosiy maqsadi universitet talabalariga yapon tili va madaniyati, hamda ishlab chiqarish ko‘nikmalarini o‘rgatish va kelgusida Yaponiyaning nufuzli kompaniyalarida malaka oshirish, hamda ish faoliyatlarini davom ettirishni ta’minlash sanaladi.

Shu bilan birga, Xirosima universiteti, TTPU va Balcom Co Ltd kompaniyasi o‘rtasidagi uchtomonlama xamkorlik asosida TTPUning iqtidorli talabalarining Xirosima universitetining magistratura bosqichida taxsil olishlari uchun Balcom Co Ltd kompaniyasi grant dasturini joriy qiladi.




Jahon chempioni universitetda o’z o’qishini boshladi

     O‘zbekistonlik shaxmatchi, xalqaro grossmeyster, tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempioni, O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida shaxmat bo‘yicha 44-Olimpiada g‘olibi, “O‘zbekiston iftixori” medali sohibi – Nodirbek Abdusattorov Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining “Biznes boshqaruvi – Menejment” mutaxassisligi bo’yicha o‘qishini boshladi.

     Chempion va uning otasi Fazliddin Ochilovni qutlar ekan, Turin politexnika universiteti rektori J.S. Inoyaxo‘jaev O‘zbekiston terma jamoasini 44-Jahon shaxmat olimpiadasidagi tarixiy g‘alabasi bilan yana bir bor tabriklab, bu g‘alabada Nodirbekning beqiyos hissasi borligini alohida ta’kidladi. Uchrashuvda Nodirbek shaxmat bo‘yicha hozirgi mashg‘ulotlari va kelgusidagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi, so‘ng guruhdoshlari bilan yaqindan tanishdi.

Nodirbek va uning otasi universitetda talabalar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlarni ta’kidlab, O‘zbekiston va dunyoning turli oliy o‘quv yurtlarida tahsil olish uchun ko‘plab takliflar bo‘lishiga qaramay, Toshkentdagi Turin politexnika universitetini tanladilar.

Butun universitet jamoasi nomidan Nodirbekni erishgan yutuqlari bilan yana bir bor tabriklab, kelgusi turnirlarda katta muvaffaqiyatlar va zafarlar tilab qolamiz.




Tartib intizom- muvaffaqiyat garovidir

Joriy yilning 14 sentyabr kuni yotoqxonadagi talabalar bilan universitet mamuriyati o’rtasida yig’ilish o’tkazildi.

Yig‘ilishda universitet rektori Inoyatxodjayev J., universitet birinchi prorektori Ashurov A., yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Allamova G., xotin-qizlar va oila masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Nabixanova F., rector maslahatchisi Boymatov N., TTJ kommendanti – Nurahmedov К, profilaktika inspektori – mayor Yusupov O., akademik guruh tyutorlari va universitet yotoqxonasida yashovchi talabalar ishtirok etdi.

Yig’ilishda talabalarga yotoqxona ichki tartib qoidalari to’liq tanishtirildi, hamda ularga qat’iy amal qilish belgilandi. Talaba yotoqxona binosi, mulki va jihozlarini asrab-avaylashi va boshqa umumiy foydalanish joylarini har doim toza va tartibli tutishi lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazishlari, muntazam sport bilan shug‘ullanishlari uchun universitetda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.




TTPU xodimlari “El-yurt umidi” jamg’armasining stipendiya sovrindorlari bo’ldi.

TTPUning “Qurilish muhandisligi va arxitektura” kafedrasi xodimlari Abdurakhim Nabijonov va Mukhammad-Bobur Zokhidovlar “El-yurt umidi” jamg’armasining stipendiya tanlovida MAGISTRATURA ta’lim dasturi bo‘yicha g‘olib deb topildi.

“Men o’qituvchilar oilasida tug’ilganman. Ilm-fan va texnika sohasidagi birinchi ustozim bo‘lgan otamdan juda minnatdorman. Yoshligimdan ilmiy mavzularni muhokama qilishga odatlanganmiz va ilmiy terminologiyani tushunish qiyin bo’lsada, otam doimo yordam berar edi.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetini tamomlab, aniq fanlar bo’yicha dars berishni boshladim. O‘sha davrda mamlakatning porloq kelajagini barpo etishga o‘z hissamni qo‘shishim mumkinligini angladim va yuqori malakali o‘qituvchi bo‘lishni maqsad qildim. Hozirda, TTPUda o‘qishim davomida yuqori malakali xorijiy professor-o‘qituvchilardan olgan bilimlarni amaliyotda qo‘llash, muhim tajribalarni to‘plash orqali kafedrada yordamchi professor-o‘qituvchi (laborant) bo‘lib faoliyat yuritmoqdaman.

Endilikda men o’zimning akademik va ilmiy salohiyatimni kengaytirish maqsadida Italiyadagi Politecnico di Torino Universitetida oq’ishimni davom ettirmoqchiman. Chunki men, Mexatronika – avtomatlashtirish uchun dasturiy ta’minot texnologiyalari bo’yicha magistratura yo’nalishiga muvaffaqiyatli tanlandim va “El-yurt umidi” jamg’armasining stipendiya sovrindori bo’lishga muvaffaq bo’ldim” – deydi Abdurakhim Nabijonov.

Ikkinchi sovrindorimiz Mukhammad-Bobur Zokhidov, Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetini 2020 yilda tamomlab, u ham hozirda universitetning “Qurilish muhandisligi va arxitektura” kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. Mukhammad-Bobur Zokhidov, Germaniya davlatidagi Dresden Texnika Universiteti (Technical University of Dresden) “Ilg’or hisoblash va qurilish muhandisligi strukturalarini o’rganish” (Advanced computational and civil engineering structural studies) fakultetiga magistratura bosqichiga o‘qishga kirib, “El-yurt umidi” jamg’armasidan grant olishga muvaffaq bo’ldi.

Ikkala sovrindorlarimizni ushbu muvaffaqiyatlari bilan tabriklab, kelgusi ishlarida zafarlar tilab qolamiz!




TTPU huzuridagi Ilmiy kengashda PhD ilmiy darajasini olish uchun birinchi dissertatsiya ishi himoyasi boʼlib oʼtdi

Bugun 2022 yilning 19 avgust kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti huzuridagi PhD.22/01.02.2022 T.144.01 raqamli Ilmiy kengashda 05.08.06 – “Gʼildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi boʼyicha texnika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun birinchi dissertatsiya ishi himoyasi boʼlib oʼtdi.

Tadqiqotchi Yusupov Sarvarbek Sodiqovichning “Innovatsion intellektual transport tizimlarini mahalliy sharoitda sinergiyasini asoslash” mavzusidagi himoyasi yuzasidan taqdimot maʼruzasi tinglandi.

Yigʼilish anʼanaviy va onlayn shaklda uygʼunlashgan holda oʼtkazildi. Maʼruzadan soʼng, ilmiy ish boʼyicha muhokama boʼlib, unda tadqiqotchi yigʼilish aʼzolari savollariga javob berdi.

Shundan soʼng, tadqiqotchining rasmiy opponentlari soʼzga chiqib, dissertatsiya boʼyicha oʼz xulosalarini berib, mavzuning dolzarbligi, ilmiy yangiligiga toʼxtaldilar.

Yigʼilish yakunida, ilmiy kengash qaroriga koʼra, Yusupov Sarvarbek Sodiqovichga texnika fanlari boʼyicha falsafa doktori ilmiy darajasini berish joiz deb topildi.




“Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari” yo’nalishi bo’yicha sinov imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 26-27 iyul kunlari, TTPUning yangi “Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari” yo’nalishi bo’yicha sinov (MOCK) imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Imtihon “UzautoMotors” AJ Asaka shahridagi zavodida onlayn shaklda, to’liq ingliz tilida o’tkazildi.




Erasmus+ CBHE MechaUz konsorsiumi yig’ilish va trening faoliyatini Viana-do-Kasteloda davom ettirmoqda

19-iyul kuni MechaUz loyihasi konsorsiumi ishlab chiqarish va ta’lim ob’ektlariga tashriflar bilan samarali vaqt o‘tkazdi.

Tashrif CITIN – Industrial Technological Interface Center markazidan boshlandi, u yerda loyiha hamkorlari markazga ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini amalga oshirish imkonini beruvchi texnologiya va metodologiyalar bilan tanishdilar. CITIN direktori Serxio Lopes markazda olib borilayotgan ishlar, xususan, sanoat 5.0 ga o‘tish bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar haqida juda qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etdi. Serxio Lopes bu borada O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. So‘z yosh va kichik kompaniyalarga o‘z biznes-rejalarini to‘liq ishlab chiqish, loyihalarini amalga oshirish uchun mablag‘ olishda yordam berish bilan shug‘ullanuvchi INCUBO startap inkubator tashkiloti haqida ma’lumot bilan davom etdi.

Keyinchalik konsorsium IPVC Mashinasozlik laboratoriyasiga sayohat qildi. Laboratoriyada avtomobilsozlik sohasiga, ayniqsa, ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatishga katta e’tibor qaratilgan. Toshkentdagi Turin politexnika universiteti mutaxassislari laboratoriya texniklari bilan avtomobillarni qurish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha juda samarali suhbat o‘tkazdilar.

Nihoyat, qishloq xo‘jaligi maktabiga tashrif uyushtirildi. Maktab mutaxassislari o‘simliklarni kesishish va vinochilik bo‘yicha o‘zlarining ilmiy tadqiqot ishlarini taqdim etdilar.




Viana do Castelo Politexnika universitetida Loyiha hamkorlarining 4-chi uchrashuvi boshlandi

Joriy yilning 18-iyuldan 23 iyulgacha, Portugaliyaning Viana-du-Kastelo politexnika institutida, Erasmus+ CBHE loyihasi doirasida “MechaUz – innovatsion g‘oyalar va raqamli texnologiyalar orqali O‘zbekistonda bakalavriatda mexatronika va robototexnikani modernizatsiya qilish” 2-trening va loyiha-hamkorlarning 4-uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

18 iyul kuni loyiha hamkorlari institutda loyiha faoliyati bilan bog’liq juda muhim masalalar va jihatlarni muhokama qilish uchun yig’ilish o’tkazdilar.

Uchrashuv IPVC prezidenti Karlos Rodrigesning kirish nutqi bilan boshlandi. Uning taʼkidlashicha, Yevropa va Oʻzbekiston universitetlarining ushbu loyiha doirasidagi hamkorligi loyiha faoliyati yakunlangan davrda ham tarmoqni barqaror rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.

IPVC vakillari loyiha bilan bog’liq asosiy masalalarni muhokama qilish, o’qituvchilar va muhandislar uchun treninglar, shuningdek, madaniy tadbirlarni o’z ichiga olgan keng ko’lamli tadbirlar kun tartibini tayyorladilar. Boshqa vakillar ham Ish paketlarining hozirgi holati va loyihaga oid boshqa masalalar haqida juda foydali taqdimot qildilar.

TTPU vakili Seyran Asanov ham, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida tashkil etilgan i-Labs haqida ma’lumot berdi. Taqdimotlarda qayd etilishicha, loyiha doirasidagi laboratoriyalarni ishlab chiqishda barcha OTMlar yaxshi natijalarga erishgan.

Toʻliq matn bu yerda




Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti (TTPU) ishchi guruhining 2022-yil 25 iyun – 05 iyul kunlari Italiyaning Turin shahriga xizmat safari bo‘yicha HISOBOT

2022 yil 25 iyun – 05 iyul kunlari Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti rektori J.Sh.Inoyatxodjayev boshchilidagi delegatsiya Italiyaning Turin Politexnika Universietiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

  1. “Politecnico di Torino” universiteti (Italiya Respublikasi) bilan 2021/2022 o‘quv yili yakuni natijalari va kasb-hunar ta’limi bo‘yicha takliflar muhokama qilindi va maqqulandi;
  2. 2022/23 o‘quv yiliga rejalar kelishildi va shartnoma imzolandi.
  3. “Juventus Academy Tashkent” akademiyasi “Juventus” S.p.A. bilan rasman 3 yillik shartnoma imzoladi va akademiyaning tarbiyalanuvchilari “Juventus” S.p.A.ning yozgi va qishki futbol lagerlariga tashrif buyurish imkoniyatiga ega bo‘ldilar;
  4. Sanoat sohalarida mutaxassislarni tayyorlash uchun professional ta’lim tashkil etish;
  5. Akademik mobillik dasturi bo‘yicha grantlar soni oshirildi.
  6. Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari ta’lim yo‘nalishini 2022 yil sentyabr oyidan tashkil etish bo‘yicha shartnoma loyihasi muxokama qilindi va shartnoma puli 40 ming yevroga arzonlashtirilishiga erishildi.

                    




TTPU da O‘zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyaviy  qonun loyihasining muhokamasi  bo‘lib o‘tdi.

2022 yilning 14 iyul kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti xodim, professor  o‘qituvchi va talabalari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonun  loyihasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

TTPU

Videokonferensaloqa shaklida tashkil etilgan tadbirda, Olmazor tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Shamsiddin Amonov ishtirok etib, Konstitutsiyaga kiritilishi kutilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning ahamiyati, dolzarbligi haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi Konstitutsiyaning 60 dan ortiq moddalariga tuzatishlar, shuningdek 6 ta yangi moddalarning kiritilishi nazarda tutmoqda.
Tadbir davomida ishtirokchilar Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, qiziqtirgan savollarga javob oldilar.




TTPU DA TALABALAR ALMASHUVI DAVOM ETMOQDA

2022 yilning 24 iyun kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida Italiyada o’qish uchun stipendiyalarni qo’lga kiritgan talabalar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. 40 ga yaqin TTPU talabalari Erasmus almashinuv dasturi doirasida 2022 yil kuzgi semestrini Politecnico di Torinoda (Italiya) o’qish imkonini qo’lga kiritdilar. Aksariyat talabalar semestr davomida oylik 850 evro miqdorida stipendiya oladi, shuningdek, ularning ikki tomonlama chiptalari qoplanadi.

TTPU

Interaktiv shaklda o’tkazilgan uchrashuvda, TTPU o’quv va ilmiy ishlar bo’yicha prorektori Fulvio Rinaudio talabalar bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida talabalar Italiyada yashash va o’qish haqida  qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.

Ma’lumot uchun: Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Politecnico di bilan 2-va 3-kurs talabalari uchun Erasmus almashinuv dasturini amalga oshirmoqda. Unga ko’ra 2022 yil kuzgi semestrida, Universitetning “Mashinasozlik texnologiyasi” va “Kompyuter injiniringi” talabalari Italiyada o’z bilimlarini oshirib keladilar.

Italiya bilan bir qatorda, Turin talabalari Polsha, Ispaniya, Germaniya, Rossiya, Qozog’iston, Janubiy Koreya, Litva kabi mamlakatlarda almashinuv dasturlari bo’yicha bir yoki ikki semestr o’qishlari mumkin.