1

Kirish imtihonlari (1-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

Hurmatli abituriyentlar!

2021-2022 o’quv yili uchun
KIRISH IMTIHONLARINIDAN MUVAFFAQIYATLI O’TGANINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ!

Ushbu rasmiy e’longa alohida e’tibor berishingizni so’raymiz!

21-may kuni bo’lib o’tgan kirish imtihonlariga ko’ra natijalar besh toifaga bo’linadi:

Birinchi toifa:

To’liq 60.00 ball va undan yuqori ball to’plaganlar nafaqat First Level (ikkinchi kurs) ga o’qishga qabul qilinadi, balki stipendiya taqdim etish uchun ham ko’rib chiqiladi (Grant olish tartibi to’g’risida aniq e’lon barcha Qabul sinovlaridan so’ng amalga oshiriladi). Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega bo’lmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) 2021-yil avgust oyining oxiriga qadar topshirishlari shart *. Bir o’quv yili uchun to’lov 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) so’mni tashkil qiladi.

Ikkinchi toifa:

To’liq 50,00 va undan yuqori ball to’plaganlar to’g’ridan-to’g’ri First Level (ikkinchi kurs) ga qabul qilinadi. Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega bo’lmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) 2021-yil avgust oyining oxiriga qadar topshirishlari shart *. Bir o’quv yili uchun o’qish to’lovi 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) so’mni tashkil qiladi.

* Agar abituriyent IELTS sertifikatini o’z vaqtida taqdim etmasa, u avtomatik ravishda Preparatory Year (birinchi kurs) ga o’tadi.

Uchinchi toifa:

To’liq 10.00 va undan yuqori ball to’plagan, ammo 50.00 dan past ball o’lganlar, IELTS sertifikatining mavjudligidan yoki mavjud emasligidan qat’i nazar, dastlabki Preparatory Year (birinchi kurs) ga qabul qilinadi. Bir o’quv yili uchun o’qish to’lovi 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) so’mni tashkil qiladi. Ushbu toifaga IELTS (kamida 5,5 ball) sertifikatini berish muddati – o’quv yili so’ngiga qadar.

To’rtinchi toifa:

0 dan yuqori, ammo 10 balldan past ball to’plaganlar uchun birinchi kursga qabul qilish to’g’risidagi qaror qabul kvotasiga muvofiq barcha kirish imtihonlari tugagandan so’ng qabul qilinadi (taxminiy sana – avgust oxiri – sentyabr oyining boshi).

Beshinchi toifa:

Ayni paytda universitetga 0 yoki undan past ball to’plagan abituriyentlarni qabul qilmaymiz. Superkontrakt va unga ajratilgan joylar soni to’g’risidagi qaror barcha imtihonlar tugagandan so’ng keyin e’lon qilinadi (taxminiy sana – avgust oxiri – sentyabrning boshi).

Abituriyentlar uchun noyob imkoniyat!

10 iyunga qadar Shartnomaning to’liq miqdorini bitta to’lov bilan amalga oshirgan abituriyentlarga shartnoma summasining 10% miqdorida CHEGIRMA beriladi.
Bu barcha toifalarga tegishli.

Shartnomalarni rasmiylashtirish Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti binosida 2021 yil 24-may soat 14:00 dan boshlab amalga oshiriladi.

Qabul komissiyasining ishi uchun mas’ul shaxslar:

Rektor – Inoyatxo’jaev Jamshid Shuxratullaevich

Dekan – Abdullayev Farhod Bahramovich

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti ma’muriyati ushbu ro’yxatdan tashqari shaxslarning faoliyati uchun javobgar emas.

Kerakli hujjatlar ro’yxati:
Ariza beruvchining pasportining asl nusxasi;
Ariza beruvchining ota-onasining pasport nusxasi.

Barcha savollar bo’yicha raqamlar:
71 246-80-51 / 52,
71 246 63 48

Elektron pochta: admission@new.polito.uz

Manzil: Kichik Kichik Halqa Yoʻli koʻchasi 17, Olmazor tumani, Toshkent 100095, O’zbekiston




Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti o’z Sifat Boshqaruv Tizimi sertifikatini yangiladi

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti “O’zbek-Turk Test Markazi” MChJ QK davlat sertifikatlashtirish organi va IAF (International Accreditation Forum) Xalqaro Akkreditatsiya Forumi a’zosi bo’lgan Xalqaro boshqaruv tizimini sertifikatlashtirish organi TURKAK vakillari tomonidan ISO 9001:2015 xalqaro standarti talablariga muvofiq tashqi audit va qayta sertifikatlashdan muvaffaqiyatli o’tdi.

Audit natijalariga ko’ra, sertifikatlashtirish organi mutaxassislari Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti avtomobilsozlik, mashinasozlik va elektrotexnika sanoati, axborot texnologiyalari va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, sanoat va fuqarolik qurilishi korxonalari va tashkilotlari uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydigan oliy o’quv yurti sifatida ushbu sertifikat standarti talablariga javob berishini tasdiqladilar.

Takidlash joizki, 2015-yilda Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti O’zbekiston oliy o’quv yurtlari orasida birinchilardan bo’lib va ​​texnik universitetlar orasida birinchi bo’lib ISO 9001:2008 xalqaro sertifikatiga ega bo’lgan.

ISO 9001:2015 xalqaro standarti talablariga muvofiq, har yili mustaqil tashqi auditdan o’tadigan, ta’lim va xizmat ko’rsatish jarayonlarini yanada rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini ochib beradigan, ta’lim sohasida samarali sifat boshqaruvi tizimini ta’minlaydigan jarayonlar tashqi audit va xalqaro sertifikatni qayta sertifikatlash natijasi deb hisoblanadi.




1-bosqich kirish imtihoni abituriyentlari ro’yxati

HURMATLI ABITURIYENTLAR,

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga (1-bosqich) qabul imtihonlarida qatnashadigan abituriyentlar ro’yxati va imtihon vaqtini shu yerdan topishingiz mumkin ⬇️:

Imtihonlar ertaga, 2021-yil 21-may kuni, universitet kutubxonasida bo’lib o’tadi!

Abituriyentlarning ota-onalarini ham universitet kampusi bo’ylab sayohat qilishlari, kofe tanaffusdan baxramand bo’lishlari va imtihon jarayonini tomosha qilishlari uchun taklif qilib qolamiz.

Nomzodlar o’z pasporti (asl nusxasi / nusxasi), shuningdek, karantin qoidalariga rioya qilgan holda maska va qo’lqoplariga ega bo’lishlari kerak.

IMTIHONDA OMAD YOR BO’LSIN!!!




Qozog’istondagi eng yaxshi texnik universitetlardan birining vakillari Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga tashrif buyurishdi

Qozog’iston-Britaniya Texnika Universiteti (KBTU) o’quv ishlari bo’yicha prorektori A.Jumasseitova boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga (TTPU) tashrif buyurdi.

Tashrif davomida, mehmonlarni universitetning barcha imkoniyatlari bilan tanishtirish maqsadida, TTPU ma’muriyati ular uchun kampus bo’ylab ekskursiya o’tkazdi. Universitetning mexatronika va inkubatsiya markazlari mehmonlarda katta qiziqish uyg’otdi.

Tashrifning asosiy qismi o’zaro hamkorlik shartlarini muhokama qilishga bag’ishlandi. Universitetlar o’rtasida quyidagi yo’nalishlarda hamkorlik qilish to’g’risida kelishuvga erishildi:

  • o’qituvchilar va talabalar uchun almashinuv dasturini joriy etish;
  • xalqaro tizimlar bo’yicha tajriba almashish;
  • qo’shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish va maqolalarni nashr etish;
  • xalqaro grantlarda hamkorlikda ishtirok etish;
  • hamkorlikda yozgi ta’lim maktabini yaratish.

Hamkorlikni rivojlantirish uchun axborot texnologiyalari sohasida professor-o’qituvchilar almashinuvini boshlash maqsadida professor-o’qituvchilarning birinchi onlayn uchrashuvini tashkil etish taklif qilindi.

Ta’kidlab o’tish joizki, QS jahon reytingiga ko’ra, KBTU dunyodagi TOP-800 universitetlariga kiritilgan va AQShning ABET agentligidan barcha kompyuter mutaxassisliklari bo’yicha xalqaro akkreditatsiyadan. sQS EECA reytingiga ko’ra KBTU Evropa Ittifoqi mintaqasidagi universitetlarning TOP 30 foiziga kiradi.




Ramazon hayiti muborak bo’lsin!

Aziz yurtdoshlar!

👏 Barchangizni, mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – muborak Ramazon hayiti bilan Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti jamoasi nomidan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

🌙 Alloh bu oyda qilgan ibodatlarimizni, jumladan tutgan ro’zalarimizni, qilgan sadaqayu-ehsonlarimizni, bajargan xayrli amallarimizni dargohida qabul qilsin!

🤲 Ushbu ulug‘ ayyom kunlarida yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni samimiy qutlab, ularga tinchlik, taraqqiyot va farovonlik tilab qolamiz!

Hurmat bilan,
TTPU matbuot xizmati




Buyuk muhandis bo’lib tug’ilishmaydi, balki ularga Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida aylanishadi!

Diqqat!!!

Hurmatli abituriyentlar!

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga birinchi faza kirish imtihonlariga ro’yxatdan o’tish davom etmoqda!

Onlayn ro’yxatdan o’tish muddati 2021-yil 16-maygacha, oflayn ro’yxatdan o’tish esa 2021-yil 18-mayga qadar uzaytirildi.
IMTIHONLAR 2021-YIL 21-MAY KUNI UNIVERSITET BINOSIDA BO’LIB O’TADI.

Batafsil ma’lumotni ushbu havola orqali topishingiz mumkin:
http://new.polito.uz/uz/qabul-2021-2022/

📩 Elektron pochta manzilimiz: admission@new.polito.uz
📞 Bizning telefonlarimiz: +99871 246-80-51, +99871 246-80-52
📍Manzilimiz: Kichik Halqa Yoʻli koʻchasi 17, Olmazor tumani, Toshkent 100095, O’zbekiston (Moʻljal: Talabalar shaharchasi, oldingi Nukus Kinoteatri, “Asia.uz” savdo markazi).




Xotira – muqaddas!

G’alaba kuni muborak bo’lsin!

9-may hayotimizdagi unutilmas kun. Dahshatli urush ustidan g’alaba qozongan kunimiz, ozodligimiz va tinch hayotimiz uchun kurashganlarni xotirlash kuni.

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti ma’muriyati va talabalari G’alaba bog’iga ekskursiya o’tkazdilar, faxriylar bilan davra suhbati tashkil etdilar, shuningdek urush qatnashchilarining uylariga tashrif buyurdilar.

G’alaba bog’iga sayohat barcha tashrif buyuruvchilar uchun juda qiziqarli o’tdi. Barcha shafqatsiz urush muhitini, uning azoblari va qo’rqinchili damlarini his etishga muvaffaq bo’ldi.

Ikkinchi jahon urushi faxriylari bilan uchrashuv Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida karantin tufayli onlayn tarzda o’tkazildi. Mehmonlar o’sha qiyin davr haqidagi xotiralari bilan o’rtoqlashdilar.

Bundan tashqari, bu yil biz Olmazar tumanining 4 ta mahallasidan 2-Jahon urushi va Afg’oniston urushida qatnashgan 20 nafar faxriylarning uylariga tashrif buyurib, universitet nomidan sovg’alar topshirdik.

Uchrashivlar qanday bo’lib o’tganini bilmoqchimisiz?

Veteranlar bilan uchrashuvdan olingan onlayn Zoom konferentsiyasi yozuvi va universitet jamoasi tomonidan ularning uylariga tashriflari haqidagi videoni tomosha qiling.




Buyuk G’alaba Kuni muborak!

Aziz vatandoshlar!

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti rahbariyati va xodimlari sizlarni chin yurakdan bugungi bayram 9-may – Xotira va qadrlash kuni, Buyuk G’alaba kuni bilan muborakbod etadi!

Shafqatsiz va mashaqqatli urushning og’ir yo’llarini bosib o’tgan ota-bobolarimiz tomonidan urushdan keyingi avlodlarga in’om etilgan TINCHLIK va OZODLIK hozirgi kunda bizning mamlakatimiz hayotining asosidir.

Yillar o’tgan sari, avlodlar almashadi, lekin Buyuk G’alaba xalqimizning milliy g’ururi, harbiy shon-sharafi va uning jasurligi ramzi sifatida qalbimizda qoladi.

Faxriylar safi tobora kamayib bormoqda, ammo ularning ismlari va ko’rsatgan jasoratlari bizning xotiramizda abadiy qoladi.

Sizlarga, oilangiz va yaqinlaringizga chin dildan sog’lik va farovonlik, tinchlik va barqarorlik, vatanparvarlik va yurtimizning porloq kelajagiga cheksiz ishonch tilaymiz!

Hurmat bilan,
TTPU ma’muriyati




Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti va Pitsburg Davlat Universiteti “2 + 2” dasturiga talabalarni qabul qilishni boshladi.

4-may kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti rektori Inoyatxodjaev J.Sh. va Pitsburg Davlat Universiteti prezidenti Skott S.A. o’rtasida Zoom onlayn platformasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv PDU va TTPUning “Mashinasozlik” yo’nalishida bakalavriat “2 + 2” dasturiga talabalarni qabul qilish boshlanganiga bag’ishlangan o’zaro tabrik so’zlari bilan boshlandi.

Suhbat davomida tomonlar magistrlik dasturini yo’lga qo’yish rejalari haqida muhokama qildilar. Shuningdek, “Qurilish va arxitektura” yo’nalishi bo’yicha ham “2+2” dasturini ishlab chiqish taklifi muhokama qilindi.

“Universitetimizning eng muhim jihatlaridan biri shundaki, bizning talabalarimiz endi nafaqat Italiya, balki Amerika ta’limini ham olishlari mumkin”, – deydi TTPU marketing bo’limi boshlig’i Oybek Djuraev.




LINKEDIN va TWITTERda ham bizni kuzatib boring!

Do’stlar!

Sizni ajoyib yangilik bilan xursand qilmoqchimiz! Endi Telegram, Instagram, Facebook va YouTubedagi sahifalarimizdan tashqari, LINKEDIN va TWITTERda rasmiy sahifalarimiz mavjud!

Barcha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetining (http://new.polito.uz/uz/) barcha voqealari va yangiliklaridan xabardor bo’ling!




Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti va “Huawei Tech Investment Tashkent” MChJ o’rtasida o’zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Huawei Uzbekistan kompaniyasi delegatsiyasi direktor Lyu Tszyasin boshchiligida Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida universitet rektori Inoyatxodjayev J. Sh. va universitet ma’muriyati mehmonlar uchun kampus bo’ylab ekskursiya o’tkazdi.

So’ngra, har ikki tomonning barcha imkoniyatlari bilan tanishib, O’zbekistonning axborot-kommunikatsiya va telekommunikatsiya infratuzilmasini mustahkamlashdagi hamkorlikning o’zaro manfaatdorligi va ahamiyatini tushungan holda, Huawei Uzbekistan direktori Lyu Tszyasin va Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti rektori Inoyatxodjayev J. Sh. o’zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Unga muvofiq universitet talabalarining raqamli savodxonligini oshirish va malakali IT-kadrlarni tayyorlash bo’yicha qo’shma dasturlar ishlab chiqiladi.

Umid qilamizki, ushbu uchrashuv IT-ta’lim sohasidagi iste’dodlarni qo’llab-quvvatlash va O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari sohasini yanada rivojlantirishda katta qadam bo’ladi.




2021-2022 o’quv yili uchun qabul boshlandi!

▪️ O’zbekistondagi nufuzli texnik universitetlardan birida o’qishni istaysizmi?
▪️ Yevropa standartlari asosida ta’lim olishnichi?
▪️ Italiyaning yetakchi universitetining dunyo tan olgan diplomiga sazovor bo’lishnichi?
▪️ chet ellik professorlar tomonidan ta’lim olishni va chet ellik do’stlaringiz bo’lishinichi?
▪️Xorijiy filmlarda ko’rgan chet el universiteti muhitidan zavqlanishnichi?
▪️ innovatsion g’oyalaringiz va loyihalaringizni amalga oshirishnichi?
▪️ bilimlaringizni amalda qo’llash uchun zamonaviy uskunalar va mashinalar bo’lishinichi?
▪️ Italiya, Germaniya, Yaponiya va boshqa mamlakatlardagi talabalar almashinuv dasturlari yordamida bilimlaringizni oshirishnichi?
▪️ akademik, ijtimoiy va madaniy talabalik davrini unutilmas qilib o’tkazishnichi?

Agar hech bo’lmaganda, savollardan bittasiga javobingiz “Ha!” bo’lsa, unda
Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga marhamat!

2021-2022 o’quv yiliga qabul boshlandi!

Bu yil bizda 50 ta grant joylari mavjud!
Shunday ekan hujjat topshirishga shoshiling!

Birinchi bosqich qabul imtihonlari uchun ro’yxatdan o’tish muddati 2021-yil 16-may.

Batafsil: http://new.polito.uz/uz/qabul-2021-2022/




Maktablar va o’quv markazlari o’quvchilari Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga tashrif buyurishdi.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti ko’plab abituriyentlarda katta qiziqish uyg’otmoqda. Ko’plab maktablar o’quvchilari TTPUga tashrif buyurib, universitetning barcha imkoniyatlari va sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.

Ekskursiyalar universitet faoliyati va uning Evropaning muhandislik sohasidagi eng yaxshi o’nta universitetlaridan biri bo’lgan Turin Politexnika Universiteti (Italiya) bilan hamkorlikda tashkil topilganligi tarixi bilan qisqacha tanishishdan boshlandi. O’quv mashg’ulotlari faqat ingliz tilida olib borilishi, o’quv dasturi to’liq TPU-Italiya tomonidan tashkil etilgani va universitetni tugatgandan so’ng 2 ta diplom, – bittasi TPU-Italiya tomonidan berilishi va o’z navbatida ushbu diplom dunyoning 120 dan ortiq mamlakatlarida tan olinishi, ikkinchisi esa Toshkent shahridagi Turin universiteti tomonidan taqdim etilishi – maktab o’quvchilarida katta taassurot qoldirdi.

So’ngra volontyor talabalar universitet kamusi – 2 ta o’quv binolari, yopiq va ochiq kutubxonalar, sport majmuasi, basketbol va futbol stadionlari va hozirda skeytbord rampasi va tirmashib chiqadigan qoya, ya’ni skaladrom joylashgan yangi skeyt parki bilan tanishdilar.

Shuningdek, maktab o’quvchilari innovatsion g’oyalarni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan mexatronika markazi va texnoparkdagi universitet talabalarining so’nggi loyihalari bilan yaqindan tanishdilar.

Umid qilamizki, biz mehmonlarimizni universitetimizning imkoniyatlari bilan imkon darajasida to’liq tanishtira oldik.

Siz bilan yana ko’shamiz degan umiddamiz!




Jaholatga qarshi ma’rifat!

Aynan shu shior ostida Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida talabalar va Mirzo G’olib masjidi imom xatibi M. Sultonxonov va Toshkent Islom Instituti hadislar va islom tarixi kafedrasi katta o’qituvchisi A. Toshpo’latovlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Tadbirni TTPU ning yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori A. Ashurov ochib, yoshlarning ma’naviy kamolotini mustahkamlashning muhimligi to’g’risida gapirdi: “Har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, inson tanasida unga qarshi immunitet shakllanadi. Agar biz yoshlarimizni Vatanga, boy tariximizga muhabbat, ajdodlarimiz diniga sadoqat ruhida tarbiyalamoqchi bo’lsak, avvalo yoshlar ongida “ommaviy madaniyat” ga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishimiz kerak, turli yod g’oyalar, bizning milliy ma’naviyatimizga zid bo’lgan salbiy holatlarga qarshi immunitetni yaratishimiz kerak, shuningdek, faqat ezgulik va vatanparvarlikka qaratilgan targ’ibot orqali talabalarning ma’naviy kamolotini yanada rivojlantirishga hissa qo’sha olamiz”.

Keyingi so’z A. Toshpo’latovga berildi: “Jaholat va g’azabni yo’q qiladigan eng kuchli qurol bu ma’naviyat va ma’rifatdir va bunga erishishning eng yaxshi usuli bu kitob o’qishdir”. U o’z nutqida ta’limning islomiy nuqtai nazardan muhimligi va dunyoviy hamda diniy bilimlarga ehtiyoj borligini ta’kidladi.

M. Sultonxonov o’z nutqida ham ijobiy, ham salbiy ma’lumotlarni o’z ichiga olgan ommaviy madaniyat, ijtimoiy tarmoqlarning ta’siri haqida keng ma’lumot berdi. U oliyjanoblik, tinchlikparvarlik va insonparvarlik kabi qadriyatlarni aks ettiruvchi Islom dinining madaniy mohiyati haqida so’zlab berdi. Ma’ruzachi Islom va jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo’shgan ajdodlarimizning boy madaniy merosini chuqur o’rganishga chorladi.

Suhbat davomida talabalar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishga muvaffaq bo’lishdi. Ushbu uchrashuv talabalarimizning ma’naviy yetukligini yanada rivojlantirishda o’z izini qoldirdi degan umiddamiz.




Ramazon Muborak!

Aziz do’stlar!

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti Sizni kirib kelgan muqaddas Ramazon oyi bilan muborakbod etadi.

Xonadoningizdan sog’lik-salomatlik, fayz-u baraka, oilaviy baxt, yuzingizdan tabassum, qalbingizdan mehr-muhabbat va yaxshiliklar hech qachon arimasin. Barcha qilayotgan ibodatlaringizni Alloh qabul aylasin!




“DMG MORI Russia” nemis-yapon stanok ishlab chiqarish konserni vakillari Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga tashrif buyurishdi.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti rektori J. SH. Inoyatxodjayev “DMG MORI Russia” akademiyasining direktori I. G. Tonkix boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

DMG MORI dastgohsozlik sanoatida birinchi o’rinni egallaydi va metallga ishlov berish texnologiyasini rivojlantirish bo’yicha dunyoda yetakchi sifatida tan olingan.

“DMG MORI Russia” delegatsiyasining tashrifi universitet kampusi va uning ilmiy-texnik bazasi bilan tanishishdan boshlandi. Tashrif davomida tomonlar mashinasozlik sohasidagi o’quv bazasini yanada takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar.

“DMG MORI Russia” akademiyasining direktori I. G. Tonkix talabalarga DMG MORI stanoklar bilan ishlash amaliyotini o’tkazish uchun laboratoriya yaratish taklifi bilan chiqdi. Bu talabalarga jahon standartidagi stanok ishlab chiqarish sohasida bilim va tajriba orttirishga, shuningdek, chet el muhandislari bilan raqobatbardoshligini oshirishga imkon beradi.




Belorussiya Davlat Universiteti rektori Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga tashrif buyurdi.

2021-yil 6-aprel kuni universitetlararo hamkorlikni yo’lga qo’yish maqsadida Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti (TTPU) rektori J. SH. Inoyatxodjayev Belorussiya Davlat Universiteti (BDU) rektori A. D. Korol boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Suhbat davomida tomonlar universitetlarning imkoniyatlari bilan tanishdilar va universitetlar o’rtasida ta’lim, fan va texnologiyalar sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun qo’shma hamkorlik tomonlarini muhokama qildilar.

Ushbu uchrashuv har ikkala universitet uchun yaqin hamkorlik va yangi marralarni zabt etish uchun qadam bo’ladi deb umid qilamiz.




Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida fan olimpiadalari o’tkaziladi!

Hurmatli talabalar!

2021-yil 7-9 aprel kunlari Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti talabalari o‘rtasida matematika, fizika va kimyo fanlaridan universitet fan olimpiadalari bo‘lib o‘tadi.

✅07.04.2021, soat 15:00 da – Kimyo fanidan (207-auditoriya).

✅08.04.2021, soat 15:00 da – Matematika fanidan (207-auditoriya).

✅09.04.2021, soat 15:00 da – Fizika fanidan (207-auditoriya).

Barcha xohlovchilarni olimpiadalarda kutib qolamiz va barcha ishtirokchilarga Omad tilab qolamiz!




Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga Prezident maktabi va “Sehriyo” maktabi bitiruvchi sinf o’quvchilari tashrif buyurishdi.

Maktab o’quvchilari uchun kelajakdagi kasbni va ta’lim olishni davom ettirish uchun oliy o’quv dargohni tanlash oson qaror emas. Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti faoliyati bilan tanishish uchun maktab o’qituvchilari rahbarligida Prezident maktabi va “Sehriyo” maktabining o’quvchilari tashrif buyurishdi.

Universitet bilan tanishtiruv ko’ngilli talabalar tomonidan universitet kampusi bo’ylab sayohatdan boshlandi. Ekskursiya davomida o’quvchilar universitetning barcha imkoniyatlari: ulkan kutubxona, ma’ruza zallari, laboratoriyalar, mexatronika markazi, texnopark va sport bloki bilan tanishishga muvaffaq bo’lishdi.

So’ng, marketing bo’limi boshlig’i Jo’rayev O. ta’lim yo’nalishlari, bitiruvchilarning kelajak istiqbollari va qabul uchun qo’yiladigan talablar to’g’risida batafsil ma’lumot berdi.

Universitet bilan tanishiv uchrashuvi ba’zi o’quvchilarga kelajakdagi kasbini va o’qishni davom ettirishlari uchun OTM tanlashda qaror qabul qilishlariga yordam beradi deb umid qilamiz.




Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida “Sport Day” (“Sport kuni”) o’tkazildi

Hech kimga sir emas, sog’lom turmush tarzining asosiy omili bu – sportdir. Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti “Sport Day” talabalar sport musobaqalari kunini bir necha sport turlari bo’yicha o’tkazdi:

▪️yugurish marafoni
▪️stol tennisi
▪️badminton
▪️basketbol
▪️frisbi
▪️armrestling
▪️skeytbord

Bundan tashqari, uzoq kutilgan “Navruz Cup – 2021” futbol musobaqasi final uchrashuvi ham o’tkazildi. Final o’yini Turin United va Neajidenniki jamoalari o’rtasida bo’lib o’tdi. Ushbu shiddatli o’yinda, 2 : 2 hisobi qayt etilib, so’ngra penaltilar seriyasida 5 : 6 hisobida Neajidenniki jamoasi chempionga va kubog sovrindoriga aylandi.

G’olib bo’lgan futbol jamoasi a’zolariga va barcha sport turlari bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritgan ishtirokchilarga sertifikat va sovg’alar taqdim etildi.